Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги наманган муҳандислик – Қурилиш институти


TUPROQNING YEMIRILISHI VA UNGA QARSHI KURASH TADBIRIY



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/71
Sana22.02.2022
Hajmi3,35 Mb.
#98749
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
2-qism

 
36


TUPROQNING YEMIRILISHI VA UNGA QARSHI KURASH TADBIRIY 
CHORALARI 
dots. A.Dadaxodjaev, kat. o’q. M.Mamajonov, 
tal.O. Maxmudov (NamMQI) 
 
Yerning ustki unumdor qatlamining yemirilishiga tuproq yemirilishi,yoki 
tuproq eroziyasi deyiladi.Eroziya (lotincha erosio-o’yilish, kemirish) suv va shamol 
ta’sirida tuproqning yemirilish jarayonidir. Tuproqning suv ta’sirida yemirilishiga suv 
eroziyasi, shamol natijasida yemirilib, uchirilib ketilishiga esa shamol eroziyasi yoki 
deflyatsiya deyiladi.Namangan viloyati yer va iqlim sharoitiga asosan suv eroziyasi 
ko’proq uchraydi. 
Suv eroziyasi ham ikkiga: yoppasiga yuvilish yoki yuza eroziya va uzunasiga 
ro’y beradigan yoki jarlik eroziyasiga bo’linadi. Shuningdek, oqar suvlarning 
ta’siriga qarab suv eroziyasi yuza oqar suvlar (qor va yomg’ir suvlari) ta’sirida ro’y 
beradigan eroziya va sug’orish suvlari natijasida yuzaga keladigan irrigatsion 
eroziyaga ajratiladi. 
Yoppasiga yuvilish (yuza eroziya) ko’proq tarqalgan bo’lib. Tuproqning yuqori 
gorizontlari yonbag’irlar bo’ylab oqadigan suvlar ta’sirida yuvilib yuzaga keladi. 
Oqar suvlar ta’sirida tuproq qalinligi kamayadi, tuproqning unumdor qismidagi turli 
o’lchamdagi zarrachalar bilan birga oziq moddalar ham yuvilib, nishabligi kam va 
tekis maydonlarga olib borib yotqiziladi. Yuvilgan joylarda ekinlar hosili keskin 
kamayadi, yuvilib keltirilgan yotqiziqli erlarda esa o’simlik g’ovlab o’sadi va hosil 
pishib etilmaydi hamda hosil nisbatan ozroq bo’ladi. 
Uzunasiga bo’ladigan yoki jarlanish eroziyasi – yonbag’irlardan kelayotgan 
kuchli suv oqimlari ta’sirida tuproqning chuqurlatib, o’yilib yuvilishi hisoblanadi. 
Bu jarayon bir necha bosqichda kechadi: dastlab uncha katta bo’lmagan (20-25 sm) 
chuqurchalar hosil bo’ladi va u kengayib, 0,3-0,5 dan 1-1,5 m ga qadar bo’lgan 
chuqurchalar yuzaga keladi. 
Rivojlanish tezligiga qarab geologik (normal) va tezlashgan eroziya turlari 
ajratiladi. 
Geologik eroziya – o’simliklar bilan qoplangan tuproq yuzasidan 
zarrachalarning asta-sekin yuvilish jarayoni bo’lib, bunda tuproq paydo bo’lishi 
davomida yuvilgan tuproq qatlamlari qayta tiklanadi. 
Tezlashgan eroziya – insonlarning aktiv faoliyati bilan bog’liq bo’lib, tuproq 
yuzasidagi o’simliklar yo’qotilib yuborilganda va yerdan notug’ri foydalanilganda 
yuzaga keladi (antropogen eroziya). Bunda eroziya jadalligi keskin kuchayib
yo’qotilgan tuproq qatlamlari qayta tiklanmaydi. 
Tezlashgan eroziya jadalligi quyidagi gradatsiya asosida baholanadi (M. N. 
Zaslavskiy bo’yicha, 1983): 
Yuza eroziyalangan yerlar uchun: juda kuchsiz yuvilish-o’rtacha yillik yuvilish 
miqdori-0,5 tG’ga 
Kuchsiz 
yuvilish 
0,5-1,0 
tG’ga 
O’rtacha 
yuvilish 
1,0-5 
tG’ga 
Kuchli 
yuvilish 
5-10 
tG’ga 
37


Juda kuchli yuvilish 
>10 tG’ga 
Uzunasiga yuvilgan maydonlar uchun: 
Intensivligi kuchsiz jarlarning o’rtacha yillik o’sishi 0,5 m 
Intensivligi o’rtacha 
0,5-1,0 m 
Intensivligi kuchli
1,0-2,0 m 
Intensivligi juda kuchli 2,0-5,0 m 
Intensivligi nihoyatda kuchli >5 m 
Irrigatsion (sug’orilma) eroziya 
O’rta Osiyoning sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida tuproqning irrigatsion 
eroziyasi keng tarqalgan bo’lib, u suv eroziyasining bir ko’rinishidir. Yer nishabligi 
katta bo’lgan yerlar o’zlashtirilib, paxtachilikda foydalana boshlashi natijasida 
keyingi yillarda ana shunday eroziya maydonlari ko’payib bormoqda. Masalan, 
O’zbekistonning sug’oriladigan rayonlarida irrigatsion eroziya maydonlari 1990 yilda 
695, 1 ming gektar bo’lgan bo’lsa, 2010 yilga kelib taxminan 1051,9 ming gektarni 
tashqil etdi. 
O’zbekiston tuproqshunoslarining ma’lumotlariga ko’ra, qiya maydonlarda bir 
marta egatlab sug’orilganda suv oqizib ketadigan tuproq gektariga 22-50 tonnaga, 
o’ta qiyaliklarda esa 690 tonnaga etadi. Masalan, 3-5

nishab maydonlardagi oqava 
suvlarni 94 foiz tuproq atigi 6 foiz qum borligi aniqlangan. 
Bir yilda har gektardan o’rtacha 100 t tuproqinng yuvilib ketishi 100 kg azot va 
115 kg fosfor yo’qolishi demakdir.
Nishabligi katta joylarda dalaga suv yuqori oqim bilan oqib kelganda uning 
oqish tezligi kritik qiymatga yetadi va egatni yuvib keta boshlaydi. Kritik tezlik 
tuproqning erozion turg’unligiga, mexanik tarkibi, donadorligi va boshqa xossalariga 
bog’liq. 
Irrigatsion eroziya oqibatida tuproqning suv-fizik, agrokimyoviy va 
mikrobiologik xossalari keskin yomonlashadi, unumdorligi pasayadi, paxtaning 
hosildorligi 30-40 foiz va undan ko’proq kamayadi, tolaning sifati pasayadi va chigit 
sekin unib chiqadi. 
Viloyatimiz xududida 
Chortoq,Yangiqo’rg’on,Chust,Pop,To’raqo’rg’rg’n,Kosonsoyxu susan Namangan 
adirliklarida qishloq xo’jalik ekinlari va tuproqlar suv eroziyasidan zarar ko’radi. 
Bunday oqibatlarni bartaraf etish uchun quydagi agra texnik va gidromeleorati 
tadbirlarni oshirish lozim.

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish