Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номли


O’SMIRLARNI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLASHNING



Download 3,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/161
Sana21.06.2022
Hajmi3,35 Mb.
#689619
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161
Bog'liq
MILLIY KONFRENSIYA 202

O’SMIRLARNI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLASHNING 
PSIXOLOGIK ASOSLARI 
 
A.R.Ismoilova., 
UrDU o`qituvchisi 
 
Hozirda yoshlarda milliy ong, milliy mafkura, o’ziga xos milliy g`urur, milliy 
tafakkur va iftixorni tarbiyalash borasida Respublikamizda juda ko’plab ishlar amalga 
oshirilmoqda.
2017 – 2021 – yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim va tarbiya tizimini 
tubdan o’zgartirish, uni yangi zamon talab darajasiga ko’tarish, barkamol avlodni
tarbiyalash yo’nalishlari belgilab berildi. Bu bizning bugungi kunda oldimizga 
qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga, jamiyatimizning 
yangilanishnishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli uchun amalga oshirayotgan 
islohotlarimizga, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli, mustaqil 
irodali mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqdir. 


154 
Hozirgi kunda davlatimiz, jismoniy madaniyat o’qituvchilari va trenerlar 
oldiga yanada murakkab vazifalarni qo’ymoqda. Bu ham bo’lsa, sportchilarning 
ruhiyatini o’zgartirish, o’zbek sportini jahondagi eng taraqqiy etgan sportlar qatoriga 
ko’tarish, mutaxassislar va sportchilar ongida sport psixologiyasini shakllantirish, 
ularda jismoniy tarbiya va sport psixologiyasining muhim elementlari bo’lgan faollik, 
mehnatsevarlik, irodaviylik, o’zini tuta bilishlik, mustaqillik, chidamlilik, epchillik, 
matonatlilik, shuningdek, o’z xatti-harakati uchun javobgardlik hissini o’stirish, keng 
darajada fikrlash kabilarni shakllantirishning psixologik mexanizmlarini ishlab 
chiqish zarur. 
Respublikamizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar, shuningdek, 
jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi sport psixologiyasi sohasiga ham 
taalluqlidir. «Bugun biz qanday davlat quryapmiz?», «Uning siyosiy va ijtimoiy 
negizi, qiyofasi qanday bo’lishi kerak?», «Yangi demokratik davlat shakllanishiga 
jismoniy tarbiya va sportning ta’siri qanday bo’ladi?» kabi savollarga javob topish, 
bu xususida fikr yuritish fursati yetdi. 
O’quvchi va yoshlarda jismoniy tarbiya muammolarini ijobiy hal etishda 
irodani shakllantirishning ahamiyati juda kattadir. Bu masalani kuchli taassurot 
qoldirarli darajada hal etish uchun iroda psixologik qonuniyatlarining rivojlanish 
tomonlarini hisobga olish zarur.
Iroda o’quvchilarning qiyinchiliklarini yengish jarayonida shakllanib boradi. Bu 
o’quvchilarning o’quv rejasini o’zlashtirishida turli xil jismoniy mashqlarni 
bajarishda hamda tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishida vujudga keladi.

O’quv rejasi bilan bog`liq bo’lgan qiyinchiliklar: gimnastika, yengil atletika, 
bosketbol, suzish va xokazolar. 

Darsni tashkil qilishda sport zali va maydonchalarining yetishmasligi bilan 
bog`liq bo’lgan qiyinchiliklar. 

Darsni o’tkazishda sport anjomlarning yetishmasligi bilan bog`liq bo’lgan 
qiyinchiliklar. 

Yosh va individual xususiyatlarga bog`liqligi hamda o’quvchilarning darsni 
tashkil qilishda umumiy sharoitlarga sub’ektiv munosabati. 

O’quvchilarning gimnastika, yengil atletika va harakatli o’yin mashqlarini 
bajarishda individual va yosh xususiyatlari bilan bog`liq sub’ektiv munosabatlari. 

O’quvchilarda aniq harakatlarni bajarishda irodaviy sifatlarni vujudga keltirish 
va yo’naltirishda individual va yosh xususiyatlari bilan bog`liq bo’lgan sub’ektiv 
munosabatlar. 
Aralash uslublardan foydalanib, irodaviy sifatlarni tarbiyalashda ichki 
qiyinchiliklarni yengib o’tishni hisobga olish lozim. Jismoniy tarbiya darsida ichki 
va ichki qiyinchiliklarini bartaraf etish o’quv materiallari xarakteriga rejadagi me’yor 
talablariga hamda o’quvchilarning individual xususiyatlariga qarab belgilanadi.
Ko’p hollarda V-VII sinflarda jismoniy kuch sifatlarining pastrivojlanganligi, u 
yoki bu mashqlarni bajarishda o’ziga ishonchning yo’qligi, jarohat olishdan qo’rqish 
holati, uyalish umuman jismoniy madaniyat darsiga salbiy munosabatda bo’lish 
kabilar umumiy qiziqishning pasayib ketishiga olib keladi.


155 
Maktabda tashkil etilgan qiziqarli jismoniy tarbiya darsi o’quvchilarda ijobiy 
irodaviy sifatlarni shakllantiradi. Xuddi shuningdek, xar bir darsda bajariladigan 
maxsus jismoniy mashqlar, o’quvchilarning irodaviy faolliklarini o’stirishga kuchli 
ta’sir etadi. Masalan, o’quvchilarda mustaqil fikrlashni o’stirish uchun ular bilan 
birgalikda bir guruh muskullarni o’stiruvchi mashqlar o’ylab topish, shulardan yengil 
va og`ir mashqlarni tanlab olish va birgalikda bajarish, darsning asosiy qismida bir 
necha mashqlarni taqqoslash kabilan juda muhimdir.
O’quvchilarda chidamlilikni o’stirish maqsadida mashqlarni yuqori mahorat bilan 
bajarish, ba’zi bir mashqlarni maksimal darajada bajarish, qisqa vaqt ichida aniq 
ko’rsatkichlarga erishish qiyin sharoitlarda mashqlarni yuqori texnik va taktik 
mahorat bilan almashtirib, balandlikka sakrash, qarama-qarshi tomondan chopib kelib 
sakrash, vaziyatni qiyinlashtirib sakrash mashqlarini takror-takror bajarish. 
Irodaviy sifatlarni vujudga keltirish maqsadida, jismoniy madaniyat darsida 
o’quvchilarning bor kuchini sarf qilish asosida o’z-o’zini irodaviy majburlashga 
o’rgatish. 
Irodaviy kuch uslubini tashqi va ichki turlarga ajratish mumkin: 

o’quvchining sezgi organlariga ta’sir etib turgan tashqi hodisasiga va 
qo`zg`ovchilarga bog`liq bo’ladi; 

ichki irodaviy kuch o’quvchining o’zidagi mavjud bo’lgan o’zining 
yo’nalishlari asosida paydo bo’ladi. 
O’qituvchi maktabda, o’quvchilarda irodaviy chidamlilikni tarbiyalashda 
qo’yidagi uslublardan foydalanishni tavsiya qilamiz: uyga berilgan mashqlarni talab 
qilish, o’z kuchiga ishontirish, to’g`ri bajargan mashqlarni baholash, majburlash, 
musoboqalashish, maqtash, V-VII sinflarda o’z-o’zini rag`batlantirish, qiyin 
mashqlarni mustaqil bajartirishga o’rgatish, o’ziga-o’zi ta’sir etish, o’z-o’zini xursand 
qilish, o’ziga-o’zi buyruq berish uslublaridan foydalanish. 
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish har bir o’quvchining kundalik hayotida 
doimiy va shaxsiy maqsadlaridan biri bo’lishi bilan birga, o’zining kamolot sari 
rivojlanib borishi, vatanni sevishi va himoya qilishi o’quvchi uchun sharofatli 
ishlardan biriga aylanishi zarur.
O’z-o’zini rabiyalash bu har bir o’quvchining erkin faoliyatidir. O’quvchilarda 
o’z-o’zini tarbiyalash erkinlik extiyojlarini o’stirish uchun har bir o’quvchi o’z-o’zini 
tarbiyalash qonuniyatlarini bilish lozim: 

o’quvchining o’zi o’z-o’zini tarbiyalash uslublarini yaxshi bilishi;

o’quvchilar jamoasini yuqori rivojlangan jamoaga aylantirish;

o’quvchilarning o’zlari mustaqil ravishda o’z-o’zini tarbiyalashni kundalik 
xayot tarziga aylantirmoqlari, o’z-o’zini tarbiyalash uchun barcha kuchini safarbar 
qilishga odatlanishi; 

o’quvchi o’zini anglash va o’zini bilish darajasini aniqlashi.
Ta`lim muassasalarida o’quvchilar jamoasining mustahkam bo`lishiga va 
ularda tashkilotchilik sifatlarini rivojlantirish o`qituvchining qobiliyatiga bog`liq 
bo’ladi. Jumladan, jismoniy madaniyat o’quvchiqituvchisining talabchanligi, 
o’quvchilar jamoasi bilan to’g`ri va o’zaro hurmat munosabatlarini o’rnatish, hamda 
o’quvchilarda jamoasini to’g`ri boshqarishda quyidagilarga aloxida e’tibor berish 


156 
lozim: talabchanlikni to’g`ri baxolash, o’zini ishontirish, sport musoboqalarida 
to’g`ri raqobatlashish, bir-biriga yordamlashish, jismoniy zaif o’quvchilarni to’g`ri 
tushunish va ular to’g`risida kayfiyatini ko’tarish.

Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish