KASB ODOBINING TARKIBI
Professional pedagogik axloq, shaxsning axloqiy onggi singari, axloqiy bilimlarni egallash asosida hosil bo’ladi. O’qitkvchining Kasb axloqi uning xissiy kechinmalari, axloqiy ideallar va e‘tiqod bilan uzviy birlikda yaxlit xolad shakllanadi. Pedagogiklik faoliyati va pedagogik ong bilan chanbarchas bilan bog’liq bo’lgan axloqiy bilimlar, axloqiy his-tuyg’ular, axloqiy e‘tiqod o’qituvchi odobining tarkibiy qismlarini tashkil etadi.
AXLOQIY BILIMLAR
-
Axloqqa doir bilimlar bu, jamoada odamlar xulqini tartibga soluvchi axloqiy tushunchalar, tamoyillar, talablar, qoidalardan iborat. Kishining axloqqa doir bilimlari to’la yoki chala bo’lishi mumkin. Axloqiy bilimlar o’zgaruvchandir. Ta‘lim-tarbiya jarayonida, o’zini tabiyalashda ayrim axloqiy tasavvurlar, qarashlar o’zgarishi mumkin. Masalan, mustaqillik tufayli O’zbekistonda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar ta‘sirida kishilarimizning axloqqa doir tushunchalari, qarashlarida katta o’zgarishlar ro’y bermoqda. Qur‘oni Karim, Hadislarning o’zbek tilida chop etilishi, Markaziy Osiyolik mutafakkirlar, davlat arboblarining asarlari nashr etilishi natijasida kishilarda, ayniqsa, yoshlarda umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida yangi axloqiy tushunchalar, axloqiy qarashlar, bilimlar shakllanmoqda.
-
O’qituvchining pedagogik odobiga doir bilimlari to’laligi va barqarorligi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Muallimlik kasbini egallayotgan har bir yigit-qiz pedagogik axloqqa doir tushuncha, qoidalarni bilib oladi. Bu talim-tarbiya, pedagogik amaliyot jarayonida sodir bo’ladi. O’quvchilik ixtisosini egallash jaraynida bo’lajak muallim pedagogik axloqiy qadriyatlarni o’zlashtiradi. Talim-tarbiya ishining pedagogik faoliyatining axloqiy asoslarini tushunish yaxshilik adolat masulyati kabi axloqiy qadryatlarini anglash O’zbekistonda ro’y berayotgan mafkuraviy o’zgarishlar umuminsoniy va milliy-axloqiy talabalarni o’zlashtirib olishga ko’maklashadi. Bu jarayonda pedagog o’quvchilarning axloqiy tarbiyachisi ekanligini anglaydi.
- Bo’lajak o’qituvchi pedagogika o’quv yurtida bolalarni axloqiy tarbiyalashning mazmuni, shakl va usullarini, bolaning axloqiy shakllanish qonuniyatlarini o’rganadi. Axloq muammolariga ilmiy yondashuvni egallaydi. Pedagogik faoliyatda axloqiy talab va qonun-qoidalarni o’zlashtirish natijasida o’qituvchining axloqiy bilimlari takomillashadi.
-
O’qituvchiga nisbatan qo’yiladigan axloqiy talablar jamiyatda mavjud bo’lgan axloqiy odatlarga, pedagoglik burchiga mos kelishi lozim. Pedagogik odob qoidalarida o’qituvchining o’z kasbdoshlari, o’uvchilar, ota-onalarga munosabati, muomalasi, uning xatti-harakatlariga doir yo’l-yo’riqlar ifodalanadi.
-O’qituvchi odobinig talab va qoidalari muayyan bir vaziyatda amalga oshiriladi. Masalan, o’quvchiga baqirish, do’q urish odobdan emasligini, odobli o’qituvchi suhbatdoshining so’zini o’rinsiz bo’lmasligi lozimligini hamma biladi. Lekin ayrim o’qituvchilar amalda ba‘zan bu qoidani buzadilar.
-
O’qituvchida axloqiy bilimlar hosil bo’lishiing asosiy yo’llaridan biri umuminsoiy va milliy-axloqiy qadriyatlarni bilib, anglab olishdir. Vatanparvarlik, insonparvarlik, baynalmilalchilik kabi axloqiy tamoyillar pedaogik odobda o’qituvchining faoliyati bilan bog’liq tarzda talablarga aylanadi va muallimning xulqini, xatti-harakatlarini tartibga solib turadi.
-
Pedagogik faoliyatning xususiyatlaridan biri axloq bilan bog’liq har bir masalada muallim o’z nuqtai nazariga ega bo’lishi va uni himoya qila olishidir. O’qituvchining nuqtai nazari, bahosi jamoada mavjud axloqiy qarashlarga, baholashlarga mos bo’lishi talab etiladi. Agar muallim yangi ijtimoiy hodisalarni baholashga o’zining sub‘ektiv nuqtai nazaridan yondoshsa, mojarolar kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish mushkul bo’ladi va tarbiyaviy ishga salbiy ta‘sir etadi. Bunga doir misollarni pedagogik amaliyotda, badiiy adabiyotda ko’plab uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |