Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги давлат солиқ ҚЎмитаси солиқ академияси


O’ZBEK XALQ PEDOGOGIKASI – O’QITUVCHI ODOBNING DASTLABKI VA BEBAHO MANBAI



Download 1,35 Mb.
bet67/143
Sana21.02.2022
Hajmi1,35 Mb.
#4860
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143
O’ZBEK XALQ PEDOGOGIKASI – O’QITUVCHI ODOBNING DASTLABKI VA BEBAHO MANBAI
Ahloqiy pand-nasihatlarning, ta‘lim-tarbiyaning ijodkori ham, asrlar davomida yoshlarni kamolot sari yetaklab, ularga hayot ilmini, turmush saboqlarini o’rgatib kelgan to’ng’ich ustoz ham-hayot, xalqdir. Yer yuzidagi barcha kishilar singari turkiy qabilalar ham qadim zamonlardayoq hayotiy ehtiyoj taqozosi bilan o’z bolalarini sog’lom, baquvvat, mehnatsevar, katta-kichiklarni izzat-hurmat qiladigan, xushaxloq, botir, jamoani, vatanni himoya qila oladigan kishilar bo’lib ulg’ayishlarini orzu qilganlar. Tarbiya sohasida to’plagan tajribalarini, orzu-istaklarini umumlashtirib maqol, topishmoq, ertak, rivoyat, hikoyat, doston kabilar shaklida ifodalab yoshlarga, oila a‘zolariga, boshqalarga o’rgatganlar. Shu tariqa o’zbek xalq pedogogikasi vujudga kelgan. Unda ijobiy axloqiy sifatlar, fazilatlar ulug’lanadi, salbiy illatlar esa qoralanadi. O’zbek xalq pedagogikasining shaxs va jamiyat uchun foydali, ilg’or, axloqiy g’oyalari og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib, folklor asarlari, milliy oilaviy urf-odatlar, an‘analar sifatida bizgacha yetib kelgan.
O’zbek xalqi pedagogikasi asarlarida murabbiy, ustozning hurmati, mo’‘tabat inson sifatida ulug’lanadi. “Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l”, “Ustoz otangdan ulug’”, “Ota-ona bolani dunyoga keltiradi, ustoz esa uni yuksaklikka, osmonga ko’taradi” kabi hikmatlarda murabbiy, ustozlarning mehnati, qadr-qimmati ulug’langan.
O’zbek xalqining etnopedagogikasi umuminsoniy va milliy tarbiyaning qudratli omili, vositasidir. Turkiy xalqlar o’z bolalarini yoshlikdan uy-ro’zg’or mehnatiga o’rgatishga katta e‘tibor bergan. O’zbek xalq pedagogikasi bolalarga-kimki yaxshi mehnat qilsa, yaxshi buyum tayyorlasa, u yaxshi usta, degan g’oya singdirilgan. Bundan tarbiya jarayonida: “Avval bil, keyin qil”, “Avval o’rgan, keyin o’rgat”, “Aql ko’pga yetkazar, hunar ko’kka”, “Ustoz shogird-jonsiz kesak”, “Ustoz ko’rmagan shogird-har maqomda yurg’alar” kabi maqollarning ahamiyati katta bo’lgan.
Xalq doimo yosh avlodni aqlli, odobli, go’zal fazilatli inson bo’lib kamol topishini orzu qilgan va shunga intilgan. Bunday orzu-istaklar Abdulqosim Firdavsiyning Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi hayotini aks ettiruvchi “SHohnoma” asarida quyidagicha tasvirlanadi.
Aql yo’l ko’rsatib, dilni etar shod,
Har ikki olamda aqlli obod.
Hamisha aqlingni rahnamo etgil,
Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.
(“SHohnoma” 1-kitob, Toshkent., 1975 yil. 35-36 betlar).
O’zbek xalq pedagogikasida ota-onaning namuna, ibrat ko’rsatishiga katta e‘tibor berilgan. “Bolalarga go’zal tarbiya berish uchun, ota-onalarning o’zlari go’zal axloqli, tarbiyali bo’lishlari shartdir ... Agar ota-onalar o’z umr-yo’ldoshlari bilan go’zal ravishda umr kechirsalar, ularni hurmatlasalar, bolalar ulardan oliyjanoblik va xushmuomalalik odobini o’rganadilar”. (Donolar tarbiya xususida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1982 yil, 42-43 betlar).
O’zbek xalq pedagogikasida qo’llanib kelingan tarbiya usullari yoshlarga o’zaro izzat-hurmatda bo’lish, qadr-qimmatni anglash, samimiylik, iltifotlilik, haqiqatlilik, mardlik, jasurlik, mehribonlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga xizmat qilgan. Bolani elga manzur, odobli farzand qilib tarbiyalash ota-onaning burchi hisoblangan. O’zbek xalqi yaratgan maqol, naql, afsona, rivoyat, hikoyatlarda ma‘naviy axloqiy ideallar, ibratli, qiziqarli o’gitlar shaklida bayon etilgan. “Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan”, “Har kim ekkanin o’radi”, “Bola aziz, odobi undanda aziz” kabi maqollar shular jumlasidandir.
Hikoyat. Naql qilishlaricha, podsho ayonlari bilan ovdan qaytayotganida yo’lda kelayotgan bir bolani ko’rib qoladi. Otidan tushib, bolaga salom beradi. Vazir bundan taajublanib, “SHohim nega bunday qildingiz?”, -deganda u: “Bu bola ustozimning nabirasi. Ustozga hurmatim tufayli unga salom berdim”,-degan ekan. Bu naqlda halqimizning ustozga, muallimga bo’lgan chuqur hurmati ifodalangan. “Har kimki hayotdan olmasa ta‘lim, unga o’rgata olmas hech bir muallim”, “Hayot ustoz, xalq muallim” kabi hikmatlar juda o’rinli aytilgan.
Bayon qilingan pedagogik fakt va mulohazalar o’qituvchining axloqiy fazilatlari tarbiyachilik ishining tarbiyashunoslik ilmining tarkibiy qismi sifatida xalq pedagogikasi zaminida vujudga kelib, asrlar davomida sayqallanib, takomillanib borganidan dalolat beradi. O’zbek xalq pedagogikasi asarlari, o’zbek oilasining bola tarbiyasi bobida to’plagan tarixiy tajribasi, milliy axloqiy qadriyatlarimiz o’qituvchi odobining bebaho manbai, bitmas tuganmas sarchashmasidir.
1917 – 1991 YILLARDA O’QITUVCHILIK KASBI VA O’QITUVCHI ODOBI MUAMMOSI
1917 yil to’ntarishidan so’ng Sovet davlati maorif sohasida yangi siyosatni amalga oshirdi. Ta‘lim va tarbiya dindan ajratildi. Maktablar bolalarga faqat dunyoviy bilimlarni o’rgatadigan, matirealistik dunyoqarash, marksistik sinfiylik g’oyasini singdiradigan qilib qayta qurildi. Eski maktablarda ishlab kelgan o’qituvchilarni qayta tarbiyalash va yangi sovet o’qituvchilarini tayyorlash ishiga kirishildi.
Sovet davlati maktab va o’qituvchilarni jamiyatning sinflarga bo’linishini tamomila yo’q qilish quroliga. Jamiyatni kommunistik asosda qayta qurish vositasiga aylantirish vazifasini kun tartibiga qo’ydi. Bunday usul ma‘naviyatimizga qanchalik ziyon yetkazgani tarixdan ma‘lum. Sobiq ittifoqda buyuk davlatchilik, ruslashtirish, boshqa millat kishilari o’zligini anglashiga yo’l qo’ymaslikka intilishdek hayriilmiy siyosat amalga oshirildi. Keyingi 40 –30 yil mobaynida xalq ta‘limi sohasida mablag’ ajratishning ilmiy printsplari buzildi. Maktablar va o’qituvchilarning moddiy ahvoli boshqalarga nisbatan yil sayin pasaya bordi. Qobiliyatli kishilar, ayniqsa erkaklar xalq xo’jaligining boshqa sohalariga ishga o’tib ketdilar. Pedagogika o’quv yurtlariga kiruvchi va uni bitiruvchilarga nisbatan talabchanlik bo’shashtirildi. Natijada pedagoglikka qobiliyati yo’q, bilimi past yuzlab yoshlar har yili respublika o’qituvchilari tarkibiga qo’shildi.
Insoniyat yaratgan bilimlarni egallagan taqdirdagina kommunist bo’lish mumkin, degan ta‘limot asosida sovet o’qituvchilari yoshlarga ko’proq nazariy bilimlar berishga intildilar, maktablar borgan sari bolalarni hayotga, mehnatga tayyorlashdan uzoqlasha bordi. O’qituvchi odobi sohasida sovet pedagogikasi gumanizm, demokratizm, kollektivizm, vatanparvarlik, internatsionalizm printsiplariga asoslanish lozimligini e‘lon qildi. Bolalarni hurmatlash, o’z kasbini sevish, o’qituvchilik burchini anglash, halollik, vijdonlilik, adolatli bo’lish kabi jahon pedagogikasida asrlar davomida shakllangan va tajribada isbotlangan pedagogik axloqiy talablarni ilgari so’rdi. Lekin bu yuksak umuminsoniy axloqiy normalar milliy zamindan ajratilgani, biryoqlama kommunistik mafkuraviylikka asoslangani tufayli amalga oshmadi, balandparvoz gap erishish amri mahol bo’lgan orzuga aylanib qolaverdi. O’qituvchilarning amaliy faoliyati, ta‘lim-tarbiya ishlari markazda tuzilgan yagona o’quv rejalari, yagona dastur, hamma Respublikalar uchun bir xil darsliklar, bir yo’nalishdagi ish shakllari va usullarini qo’llash lozimligi bilan cheklab qo’yildi. O’qituvchilarning erkinligi, ijodkorligi amalda yo’qqa chiqarilgan edi. Pedagogik axloq ko’rsatilgan bo’lsa ham, amalda har bir o’qituvchidan to’liq (yuz foiz) o’zlashtirish berish, “Ikkisiz va ikki yilliksiz ” ishlash talab etildi. Muallimlar insonparvarlik, odamgarchilik kshrsatish niqobi ostida axloq qonuniyatlariga, odob normalariga zid ravishda harakat qilishga da‘vat etildi. Natijada o’quv dasturi materialini o’zlashtirmagan bolaga ham “o’rta” (ijobiy) baho qo’yildi, qo’shib yozishlar, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida ta‘magirlik, manfaatdorlik illatlari avj oldi, kadrlar tayyorlash sifati juda pasayib ketdi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, mamlakatimiz xalqi oldida iqtisodiy va ma‘naviy mustaqillikka ham erishish vazifasi kun tartibiga qo’yildi. O’zbekistonda, uzluksiz ta‘lim tizimining tarkibiy qismi sifatida, umumiy ta‘lim maktablari va o’quvchilarining maqsadi – har bir bolada mavjud bo’lgan qobiliyat va layoqatlarni erkin rivojlantirish, ilm asoslarini, umuminsoniy va milliy-ma‘naviy, madaniy, qadriyatlarni o’rganish, yuksak axloqiy fazilatlirni, fuqarolik burchini, milliy g’urur tuyg’usini ustirish, yoshlarni mehnat faoliyatiga, mustaqil hayot kechirishga yo’naltirishdan iborat. O’qituvchi odobi sohasidagi ilmiy pedagagik tadqiqotlarva amaliy ishlar O’zbekiston va jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixiy tajribasi asosida tashkil etilishi lozim.
Pedagagik axloq, o’qituvchilik faoliyatiga doir yuqorida bayon qilingan tarixiy tajribalar, bu sohada aniqlangan ilmiy qonuniyatlar, xulosalar; o’tmishda turli mamlakatlar tajribasida o’zini oqlagan, ilmiy-axloqiy qoidalar, printsiplar, normalar, talablar, mezonlar – “O’qituvchi odobi” qo’llanmasini yaratish uchun ilmiy-nazariy zamin vazifasini bajardi.

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish