MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KATTALAR
MEHNATI BILAN TANISHTIRISH
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistri Sh.
Haydarova
Аннотация: Makolada bolalar mehnati turlari va uning tarbiyaviy
ahamiyati, uyin orqali bolalarni mehnat kilishga yrgatish vazifalari
kursatib berilgan.
Kalit so'zlar : mehnat, tarbiya, o’yin, oila, kattalar, ota –ona, muhit
Аннотация: В статье описаны виды детского труда и его
воспитательное значение, задачи обучения детей работе через
игру.
Ключевые слова: коктейль, воспитание, игра, семья, взрослые,
родители, среда.
Annotasion: The article describes the types of child labor and its
educational significance, the tasks of teaching children to work through
play.
Key words: cocktail, education, play, family, adults, parents,
environment.
O`sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga yondashish bu axloqiy
tarbiyaning muhim vazifasi hisoblanadi. Har bir bola maktabgacha
tarbiya yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur, albatta. Bolalar
maktabgacha ta`lim tashkilotida, oilada bajariladigan uncha murakkab
bo`lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak.
Mehnat shundagina muayyan tarbiyaviy ta`sir ko`rsata oladi va bolalar
mehnatning ma`naviy mohiyatini anglab olishlariga tayyorlab
78
boriladi.Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar mehnatiga qiziqish bilan
qaraydilar, o`z o`yinlarida va hayotida ularga taqlid qiladilar, o`zlaricha
biror ish qilishni xoxlaydilar. Ular yetti yoshlarigacha o`z-o`ziga xizmat
ko`rsatish, tartib intizom va ozodalikni, o`simliklarni parvarish qilish
bo`yicha uncha murakkab bo`lmagan mehnat ko`nikmalarini osongina
o`rganib oladilar. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar muntazam
xilma-xil ishlarni bajaradilar, kattalar bolalar ko`z oldida mehnat
qiladilar. Bolalar bog`chasi ishida mehnat tarbiyasini amalga
oshirishning o`z qiyinchiliklari mavjud: kattalar mehnatining anchagina
qismi bolalar ko`z o`ngida amalga oshmaydi. Shuning uchun
maktabgacha ta`lim tashkilotida ishlovchi kattalar mehnatini ularga
yaqinlashtirish yo`llarini qidirib topish, bolalarda mehnat malakalarini
shakllantirishda kattalar mehnatining bolalar rivojlanishiga ta`siri
beqiyos. Bolalar oldida kattalar mehnati haqida gapirganimizda, biz yo
qilingan mehnat natijasi ( yasalgan buyum, yig`ishtirishdan keyingi
tartib va tozalik, yuvilgandan keyingi ozodalik va boshqalar), yoki aniq
mehnat harakatlari bolalar uchun yetarlicha ko`rgazmali bo`lishini
nazarda tutamiz.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mehnat ta'limi asosiy
vazifalaridan biri kattalar ishi bilan tanishish va unga hurmatni
rivojlantirishdir.
Bolalar
bog'chasidan
boshlab
bolalar
oddiy
vositalardan foydalanishni, turli xil materiallarning xususiyatlarini
o'rganishni, o'z-o'zini parvarish qilish ko'nikmalarini egallashni,
guruhda tozalik va tartibni kuzatishni, gullarga qarashni, stollarni
o'rnatishni, o'yinchoqlarni tozalashni o'rganadilar. Uyda, ular doimiy va
vaqtincha bajarilishi mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish orqali ota-
onalarga yordam berishadi. Bolalarni mehnat tarbiyasida oila, ota-
onalar o'rnakining mustahkamligi muhim rol o'ynaydi. Ota-onalar o'z
mutaxassisligi bo'yicha muvaffaqiyatli ishlaydigan, o'z kasbini
sevadigan va bolalarga mehnat haqida ma'lumot beradigan oilalarda
mehnat ta'limi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Ota-onalar o'zlarining
mehnat vazifalariga vijdonan munosabatda bo'lishlari, boshqalarning
mehnatiga bo'lgan hurmat bolalarga juda katta ta'sir qilishini chuqur
anglab yetishlari lozim. Kuchli ish muhiti, kattalarning shaxsiy
namunasi bola uchun juda muhim rag'batdir.
Bolalar mehnatining muhim belgisi uning ma`lum maqsadga
qaratilganligidir. Bog`cha yoshidagi bolalarning biror jarayonga oid
harakat bo`lib, u faqat kattalarning rahbarligi natijasidagina amalga
79
oshirilishi mumkin. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o`ziga xos
tomonlaridan biri bolalar mehnatining o`yin bilan bog`liqligidir.
O`yin jarayonida biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks
ettirishga yo`naltirilgan bo`ladi.Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini
bajarishda uni o`yin shakliga aylantirishadi. Shu bilan birga o`zining
xususiyati, mazmuni, yuzaga kelish sababiga ko`ra mehnat va o`yin bir-
biridan farq qiladi. Mehnatda maqsad qo`yiladi, uni amalga oshirish,
natijaga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi.
O`yinda esa boalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi.
O`yinda mehnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u
mehnat singari bolalarga quvonch bag`ishlaydi, ular o`zlarida qoniqish
hissini sezadilar.
Maktabgacha yoshidagi bolalar mehnatining asosiy turi o`z-o`ziga
xizmatdir. Bu kichik bolalar uchun ancha mashaqqatli ish. Shuning
uchun bu yoshdagi bolalarni mehnatning bu turiga o`rgatishda
ko`pincha o`yin vaziyatlaridan foydalaniladi.Avvaliga bolalar o`yin
obrazi orqali mehnatga o`rgatiladi. Shu orqali bolalar ishonch bilan
harakat qilishni o`rganadilar. Asta-sekin bu yoshdagi bolalarda o`z-
o`ziga xizmat qilish ko`nikma, malakalari shakllanib boradi.
Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo`lib navbatchilik qiladilar.
Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va
vilkalarni qo`yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo`yib chiqsa,
to`rtinchi bola stolga nonlarni qo`yib chiqishi mumkin. Maktabgacha
ta`lim tashkilotida navbatchilikka o`rgangan bolalar oilada ham
yordamlashadigan bo`ladilar.
Umuman, o`rta va katta yoshdagi bog`cha bolalariga oilada kuchlari
yetadigan
mehnat
topshiriqlarini
berish
kerak.
Bu
ularni
mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari
hosil bo`lishi uchun juda kata imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali
mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda
qiyin bo`ladi. Bog`chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining
turi juda xilma-xildir. Masalan, ilm-fan va tabiat markazidagi
o`simliklarni parvarish qilish, bog`cha hovlisida ishlash, oshxonada va
guruhda navbatchilik qilish, kichkintorlarni kiyintirishga yordam berish
va boshqalar. Shuni ham aytib o`tish kerakki, kichik yoshdagi bog`cha
bolalari o`zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo`lga qo`ya olmaydilar.
Shuning uchun ular mehnatning juda soda turlari bilan, ya`ni
80
o`simliklarga suv qo`yish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va
shu kabilar bilan shug`ullanadilar.
O`rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o`yindan batamom
farqlab unga nisbatan jiddiy munosabatda bo`la boshlaydilar. Ular
mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya`ni mehnatning ijtimoiy
mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lozimligini
tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro`zg`or ishlariga zo`r
ishtiyoq bilan yondashadilar, kichkintoylar uchun qog`ozdan, kartondan
va plastilindan turli o`yinchoqlar yasaydilar,
Xulosa qilish aytish mumkinki, pedagogik jihatdan to`g`ri tashkil
qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama, ya`ni jismoniy,
ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda
katta ta`sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |