Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

Аннотация. Если современные инновационные технологии 
успешно используются в науке и образовании, а новое поколение 
учится и растет на этом мировом опыте, нет сомнений в том, 
что будущее нашей страны будет светлым. 
  Ключевые слова: технологические инновации, экономические 
инновации, управленческие инновации, разработка, внедрение и 
внедрение организационных инноваций. 
  
Mamlakatimizda 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy, 
madaniy 
sohalarda 
bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar ta’lim tizimini ham tubdan isloh qilishni 
taqozo 
etmoqda, 
chunki 
mukammal 
ta’lim 
tizimi 
orqali 
respublikamizning kelajak intellektual imkoniyatlarini va uni gullab 
yashnashi hamda rivojlanishini belgilab beruvchi yoshlarni har 
tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda 
asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ta’limda eng muhim 
strategik yo‘nalish ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati 
hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida,ayniqsa ijodkor, 
yuqori salohiyatli mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim 
maskanlarida innovatsion texnologiya ko‘rinishida faoliyat olib borish 
dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan. 
Innovatsiya - ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik 
ishlarning natijasida jamiyat ehtiyojlari va yoki boshqa ijobiy ta’sir 
uchun yaratilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (tovar, ish, 
xizmat va boshqalar), ishlab chiqarish jarayoni, yangi marketing usuli, 
yangi 
ish 
o‘rinlari 
yoki 
tashqi 
aloqalar 
hisoblanadi. 
Loyihada 
innovatsion 
faoliyat 
bilan 
innovatsion 
faoliyatga 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni yaratish nazarda tutilgan. Davlat 
byudjeti mablag‘larini sarflab yaratilgan intellektual mulk obyektlari va 


82 
texnologiyalarga bo‘lgan huquqlarni uni yaratuvchilarga berish tartibga 
solinmoqda. 
Mazkur tartib istiqbolli ilmiy tadqiqotlarning aprobatsiyasi, joriy etish 
va 
sanoatda 
o‘zlashtirishni 
rag‘batlantirish 
mexanizmini 
takolmillashtiradi. 
Innovatsiya 
va 
innovatsion 
faoliyatni 
moliyalashtirish byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu 
jumladan innovatsion va venchur fondlar jamg‘armalari hisobidan 
amalga oshiriladi. Ushbu qonuning qabul qilinishi innovatsion faoliyat 
yuritish uchun huquqiy maydon yaratadi. Innovatsion faoliyat natijasida 
yaratilgan ishlanmalarning hayotga tezroq tadbiq etiladi. Ayni paytda 
Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokamaga qo‘yilgan 
qonun loyihasi jamoatchilik takliflari asosida yanada takomillashtiriladi. 
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini 
innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson 
o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab 
topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, 
quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan 
murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. 
Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha 
sohalarining rivojiga o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi. Ana shu 
rag‘batlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator me’yoriy 
hujjatlar qabul qilindi. Sir emaski, XXI asr - texnika va texnologiya 
asri. Ha, bu nom bejizga berilmadi. Atrof-muhitda sodir bo‘ladigan 
hodisalar uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirdi. Bu qiziqish 
ortidan ilm-fan sohasida misli ko‘rilmagan kashfiyotlar paydo bo‘ldi va 
paydo bo‘lmoqda. Kundan kunga kishini hayratga soladigan yangiliklar 
yaratilmoqda. 
Darhaqiqat, farovon kelajak poydevori hozirda unib-o‘sib kelayotgan 
yoshlar hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuqori bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lib voyaga yetmoqlari muhim omildir. 
Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, 
pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga 
bo‘lgan qiziqish, e’tibor kuchaygan. Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi”da ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot 
bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi 
o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq 
ta’minlash” vazifalari belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizning taraqqiy 
etgan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun aholi ta’limini 


83 
jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg‘or 
pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab 
etmoqda. 
Innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim 
tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular 
ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati 
boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus 
va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va 
texnikaning 
jadal 
rivojlanishi, 
yangi 
texnika 
va texnologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, 
axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat 
muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni 
talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular 
boshqaruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va 
baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. 
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda 
ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo 
etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish 
va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat. 
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy 
ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari 
rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib 
kelmoqda. Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, 
yangilik degan ma’noni anglatadi. 
Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib faol innovatsion 
harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday 
harakatlar 
yo‘lga 
qo‘yilgan 
edi. 
Masalan, 
A.G.Rivin va 
V.K.Dyachenko tomonidan o‘qitishni jamoaviy o‘qitish, D.B.Elkonin, 
V.V.Davidov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi 
innovatsion ta’lim to‘g‘risidagi qarashlar o‘z vaqtida ma’lum ahamiyat 
kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: 
dialektik o‘qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o‘qitishning 
individual yo‘nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” 
(L.V.Tarasov), evristik o‘qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati 
(V.S.Bibler, 
S.Yu.Kurganov), loyihali o‘z-o‘zini 
refleksiya 
(G.P.Shedrovitskaya) va boshqalarni keltirish mumkin. 
Ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar 
va davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik va o‘rta innovatsion biznesning 


84 
xalqaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng 
rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, 
dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi 
tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari tomonidan amalga 
oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga 
ko‘ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-
xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik firmalarga qaraganda ancha 
ko‘pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal 
o‘zlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga 
qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan. 
Universitet va texnika institutlari ishlab chiqarish kompaniyalari va 
firmalar bilan birgalikda patentlangan ishlanmada o‘z ishtiroki ulushini 
belgilab tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirgandagina ilm-
fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni katta samara 
beradi. Yevropa patent idorasi tomonidan berilgan barcha xalqaro 
patentlarning 85 foizi aynan shunday hamkorlikdagi ishlanmalar 
ulushiga to‘g‘ri kelishi ham bejiz emas. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama rivojlangan 
innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari 
samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilmtalab 
mahsulotlar tijoratlashtirilmoqda. Bu jarayonda davlatning ishtiroki, 
iqtisodiyotning real sektori va yetakchi kompaniyalarning innovatsiya 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga egadir. Zero, ilm-fan 
davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini 
tashkil qiladi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish