Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги бухоро дaвлaт университети


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/191
Sana06.07.2022
Hajmi2,95 Mb.
#744426
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   191
Bog'liq
нутқ ўс..

 
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI 
RIVOJLANTIRISHDA O’YINLARNING AHAMIYATI
 
Buxoro davlat universiteti, Maktabgacha 
ta’lim kafedrasi o’qituvchisi N.N.Hamroyeva , 
14-2MT-20 guruh talabasi Z.N. Fayzullayeva
 
 Annotatsiya: maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola nutqini 
rivojlantirish maktabgacha ta’lim tizimining asosiy vazifasidir. 
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini
o’stirishda oila, bog’cha va o’yinlarning ahamiyati haqida so’z 
boradi.
 Kalit so’zlar: bolalar nutqini o’stirish, bolalar o‘yinlari, 
tafakkurning rivojlanishi.
Аннотация: развитие речи детей в дошкольном образовании 
- ключевая задача системы дошкольного образования. В 
статье обсуждается значение семьи, детского сада и игр в 
развитии речи дошкольников. 
 Ключевые слова: развитие речи детей, детские игры, 
развитие мышления. 
речь. 
Annotation: the development of children's speech in preschool 
education is a key task of the preschool education system. This 
article discusses the importance of family, kindergarten and 
games in the development of speech in preschool children.
Keywords: children's speech development, children's games, 
development of thinking. 
Bolalarning o’yin jarayoni psixik bilish jarayonlarini 
rivojlantirish, irodasi, hissiyoti va qiziqishlari, ta’sirchanligini 
oshirish, bola shaxsini shakllantirish, atrof- muhitda bo’layotgan 
voqea hodisalarga nisbattan qiziqish uyg’otishga yordam beradi.
Bog’cha yoshidagi bolalarning o’yin faoliyati masalasi asrlar 


322 
davomida juda ko’p olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilib 
kelmoqda. Bog’cha yoshidagi bolalar o’zlarining o’yin 
faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg’a qarab borayotgan 
sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga 
intiladilar. Bolalarning o’yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali
yuksak insoniylik xislatlarini tarbiyalash mumkin. Biz bolalarning 
o’yin faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o’yin jarayonida 
ularning barcha shaxsiy xislatlarini yaqqol namoyon bo’lishini 
ko’ramiz. Shuning uchun bolalarning o’yin faoliyatlari ularning 
individual ravishda o’rganish uchun juda qulay vositadir. 
Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqtlari o’yin orqali o’tadi 
o’yin 
maktabgacha 
yoshdagi 
bolalar 
har 
tomonlama 
rivojlanishining muhim vositasi hisoblanadi. Qolaversa, bolalar 
nutqini o’stirishda ham o’yinning ahamiyati nihoyatda kattadir. 
O’yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana 
boshlaydi. Tafakkur esa bolaning bog’cha yoshida juda tez 
rivojlana boshlaydi. Buning sababi birinchidan, bog’cha 
yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko’payishi, 
ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi o’sgan bo’lishi, 
uchinchidan esa, bog’cha yoshidagi bolalarning juda ko’p erkin 
mustaqil harakatkar qilish imkoniyatiga ega bo’lishidadir. 
Bog’cha yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning 
tug’ilishi ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi.
Bola o’z savollarga javob topa olmasa yoki kattalar uning 
savoliga ahamiyat bermasalar undagi qiziquvchanlik susaya 
boshlaydi. Nima yomonligini qanday harakat to’g’ri-yu, qanday 
harakat noto’g’riligini aniqlashga intilishadi. Bu ishda bolalarga 
hamisha yordam berish kerak, ularning bunday harakatlarini 
qo’llab quvvatlash lozim. Bolalar bog’chada asosan syujetli va 
rollarga bo’linib o’ynaydigan o’yinlarni o’ynaydilar. Rollarga 
bo’linib o’ynaydigan o’yinlarda bolalar tevarak atrof- muhitdagi 
narsalarni aks ettiradilar. Ular o’zlarining turli o’yinlarida 
kattalarning oilaviy hayot sharoitiga doir hodisalarni, mehnat 
faoliyatlarini, yirik tarixiy hodisalarni, kishilar orasidagi muloqot 
munosabatlarni, urf- odatlar, bayramlarni aks ettiradi. Aynan ana 
shu syujetli-rolli o’yinlar bolalar nutqini o’stirishda alohida 
ahamiyatga ega, chunki sujetli rolli o’yinlar dialoglardan iborat 
bo’ladi. Dialog esa bevosita nutq bilan bog’liqdir.


323 
Maktabgacha bo’lgan davrda bolalik lingvistlarni shunisi bilan 
jalb qiladiki, bunda o’ganilayotgan predmet (bola nutqi) lingvistik 
jihatdan ko’p qirrali va qiziqarlidir. Bolalar nutqini 
rivojlantirishning metodik masalalarining ishonchli tarzda 
psixologik 
lingvistik 
asoslashda 
zamonaviy 
pedagogik 
tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Bolalarga ona tilini 
o’rgatish va ularning nutqini rivojlanishiga doir ishlar 
maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta’lim- tarbiya ishlari ichida 
alohida o’rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi quyidagi 
quyidagilardan iborat: 
-
bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli – og’zaki 
nutqni adabiy tili me’yorlariga muvofiq holda egallashni to’liq 
ko’rinishda, tushunish va faol nutqqa kirishisgni o’rgatish. 
-
lug’atni boyitish mustahkamlash va faollastirish; 
-
nutqning gramatik to’g’riligini takomillashtirish; 
-
savod o’rganishga tayyorlash. 
Ilk yoshda nutqni rivojlantirish ikki yo’nalish bo’yicha olib 
boriladi: bola nutqini takomillashtirish va uning o’z faol nutqini 
shakllantirish. Odatda faol nutq 2-2,5 yoshlarga kelib paydo 
bo’ladi. Bolaning o’z yaqinlari bo’lgan kattalar bilan muloqotga 
ehtiyoj nutqni o’z vaqtida va to’g’ri rivojlantirishning hal qiluvchi 
sharti hisoblanadi. Kommunikativ funksiya nutqning birlamchi 
vazifasidir. Nutq tug’ma qobiliyat emas, balki hayot davomida 
bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda 
shakllanib boradi. Ana shu shakllanishda bolalar o’yinlari ham 
asosiy o’rin egallaydi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, bolalar hayotida 
o’yinlarning ahamiyati juda ko’p qirrali faoliyat bo‘lib, unda 
kattalarga mansub bo’lgan mehnat ham, turli narsalar haqida 
tafakkur qilish, dam olish va xursandchilik manbalari ham 
mujassamlangandir, ya’ni mana shu jarayonlarning barchasi o’yin 
faoliyati davomida aniq bo’ladi. Qolaversa, o’yin bola nutqin 
o’stirishning asosiy va zaruriy vositalaridan biridir. Bola bilishga 
tashnaligidan atrofdagi o’zining haddi sig’adigan narsalari 
bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo’lgan o’zining 
kuchi ham yetmaydigan, haddi sig’maydigan narsalar bilan ham 
amaliy munosabatda bo’lishga intiladi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish