Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


Mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishda



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/203
Sana27.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#584910
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   203
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Анд

Mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etishda
: Birinchidan, aholining
tafakkur va milliy – tarixiy turmush tarzini, xalq an'analari va urf – 
odatlarini har tomonlama e'tiborga olish, ijtimoiy jihatdan uyushib yashashning
jamoa shakli O`zbеkiston xalqiga tarixan xos bo`lib, uning an'anaviy
turmush tarzi bilan chambarchas bog`liq. 
Ikkinchidan
, rеspublika qulay jug`rofiy – siyosiy mavqеga ega.
O`zbеkiston xududi tarixan eng qadimgi savdo yo`llari tutashgan, tashqi 
aloqalar va madaniyatlarning bir – birini o`zaro boyitish jarayoni avj olgan
joy bo`lib kеlgan. 
Uchinchidan,
o`ziga xos dеmografik vaziyatga ega ekanligi. O`zbеkiston
tug`ilish darajasi va aholining tabiiy o`sishi yuqori bo`lgan mamlakatlar
jumlasiga kiradi. 
To`rtinchidan
, Rеspublika milliy tarkibining o`ziga xosligidir. Etnik
tarkibda tub aholi ustun mavqеni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda rеspublika
hududida o`z madaniyati va an'analariga ega bo`lgan 136 dan ziyod millat
vakillari yashab kеlmoqda.
Bеshinchidan,
tabiiy – iqlim sharoitlarining o`ziga xosligi. O`zbеkistonda
quyoshning yil davomida 250 - 270 kun zеnitda bo`lishi, dеhqonchilik
tarmog`ini rivojlantirish , alohida qimmatli tеxnik ekinlarni va chorvachilik
mahsulotlari еtishtirish imkoniyatini bеradi.
Oltinchidan,
O`zbеkiston Rеspublikasining siyosiy va iqtisodiy 
mustaqilligini himoya qilish, uning qudratli mamlakatlar safiga tеzroq kirib
borish imkonini bеradigan еtarli salohiyatga ega. 
Еttinchidan,
o`tgan yillar davomida ma'lum qadriyatlarga ega bo`lgan
kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligini ham e'tiborga olish kеrak. 
«Sotsial dinamika» tushunchasini ham sotsiologiya fani nomini kashf qilgan 
fransuz mutaffakiri Ogyust Kont ishlab chiqqan
. To‘g‘ri, hamma sotsiologiya 
tizimlarda «sotsial dinamika» atamasini bevosita qo‘llaniladi deb aytish qiyin. Shunday 
bo‘lsada, Kont ta'riflagan bu sotsiologik yondashuv turli xil ijtimoiy tadqiqotlarda 
nazariy yo‘llanma sifatida ishtirok etmoqda. Jumladan, rus-amerika sotsiologi 
P.Sorokin o‘z sotsiologik tizimidagi sotsial genetika yoki genetik sotsiologiya O. 
Kontning sotsial dinamikasiga mos kelishini qayd qilgan edi. Ko‘p sotsial dinamika 
nima? 
O.Kont sotsiologiyasida sotsial dinamika jamiyat hodisalarini o‘rganishdagi 
muayyan yovdashuvni bildiradi. Aslida, dinamika mexanikaning jismlar harakatini va 
harakat bilan uni yuzaga keltiruvchi kuch o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganadigan 
bo‘limidir. Umumiy ma'noda dinamika harakat holatini, narsa-hodisalarning o‘sish, 
o‘zgarish, rivojlanish jarayonini anglatadi. Sotsiologiyani fiziologiyaning bevosita 
davomi yoki «sotsial fizika» deb hisoblagan Kont ijtimoiy voqelikni tabiiy qonunlarini 
topishga harakat qilgan edi. Ana shu vazifani amalga oshirish uchun ijtimoiy voqelik 
ikki yo’nalishda — sotsial statika yo‘nalishida va sotsial dinamika yo‘nalishida 
ko‘rilishi lozim. Sotsial statika ijtimoiy elementlarning o‘zaro muvozanatini, mavjudlik 
qonunlarini o‘rganadi. Ijtimoiy elementlarining o‘zaro uyg‘unligini, ularning o‘zaro 
muvozanatlashgan tarzda mavjudligini jamiyatni yaxlit butunlik deb qarashga imkon 
beradi. Shuning uchun ham jamiyat alohida o‘ziga xos tizim bo‘lib, bunda eng muhimi 
elementlarning o‘zaro aloqasidir. Sotsial statika har qanday jamiyat barqarorlik, 


158 
muvozanat holatini, asosiy tartibotni o‘rgansa, sotsial dinamika jamiyatdagi o‘zgarish, 
rivojlanishning izchilligi, birin-ketinligini ochib beradi. Shunday qilib, sotsial dinamika 
jamiyatning o‘zgarish va rivojlanish holatlarini, ijtimoiy o‘zgarishlarning ichki 
(endogen) va tashqi (ekzogen) omillarini ifodalovchi sotsiologik kategoriya deb 
qaralishi mumkin. Jamiyatni tashkil etuvchi sotsial guruhlar, individlar, tabaqalar, 
qatlamlarning harakatlarini sotsial dinamikaning sotsial mobillik (lotincha mobilis-
harakatchan, o‘zgaruvchan) va sotsial o‘zgarishlar deb ataladigan ko‘rinishlarni 
ifodalaydi. Sotsial mobillik tushunchasini sotsiologik tadqiqotlar doirasiga P.Sorokin 
kiritgan edi. Sotsial mobillik kishilarning muayyan ijtimoiy guruh va tabaqalardan 
boshqalariga o‘tishlarini (sotsial o‘zgarishlar), shuningdek, ayni bir sotsial tabaqa 
doirasida mashg‘ulotlarning almashtirishini anglatadi. Sotsial mobillik tushunchasi 
guruhlar va bir butun jamiyatlar «ochiqligi» yoki «yopiqligi»ni tavsiflash uchun 
ishlatiladi. Intergeneratsion (avlodlar orasidagi) va integeneratsion (avlod ichidagi) 
sotsial mobillik ajratiladi. Sotsial holatning otadan o‘g‘liga (kamdan-kam hollarda 
onadan qiziga) o‘tishi generatsion sotsial mobillikka, sotsial ko‘tarilish yoki sotsial 
pasayish bilan bog‘liq, individual belgilar esa intrageneratsion sotsial mobilikka misol 
bo‘ladi. O‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab vertikal (ko‘tarilish va pasayish) va gorizontal 
sotsial mobillik farqlanadi. Sotsial mobillikning empirik ko‘rsatkichi bo‘lib 
o‘zgaruvchanlik-mobillik barqarorlik-stabillik indeksi xizmat qiladi. Bu indeks 
tekshiralayotgan guruhdagi mobil va stabil shaxslar nisbatidan olinadi. Bundan tashqari, 
mobil (o‘zgaruvchan) shaxslarning jinsi, ma'lumot darajasi, «aqli rasolik koeffitsienti», 
millati, irqi, turar joyi, sog‘-salomatligiga qarab ham sotsial mobil shaxslarning 
miqdoriy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korellyatsiya (mos keluvchi) koeffitsientlar 
hisoblanishi mumkin. Sotsial mobillikni o‘lchashda turli xil imkoniyatlarning 
mavjudligi miqdoriy analiz qo‘llanishidan kelib chiqadi. Sotsial mobillik darajasini 
aniqlash yordamida u yoki bu jamiyatni «an'anaviy», «zamonaviy», «industrial», 
«postindustrial» va hakozolarga bo‘lish mumkin. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish