Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/203
Sana27.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#584910
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   203
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Анд

Menejment (inglizcha-management)
— bir necha ma'noni 
bildiradi. 
Birinchidan
, menejment ishbilarmonlik faoliyatiga, turmush tarzi va siyosat 
sohasiga ta'sir ko‘rsatuvchi sotsial va iqtisodiy institut deb tushuniladi. 
Ikkinchidan,
menejment xususiy va ijtimoiy bazis sohasida boshqarish mehnati bilan 
shug‘ullanuvchi shaxslar majmuini bildiradi. Uchinchidan, menejment, ijtimoiy ishlab 
chiqarishni boshqarishning texnikaviy tashkiliy, huquqiy, ruhiy va sotsial jihatlarni 
o‘rganadigan fandir. Oxirgi ma'noda u industrial sotsiologiya va boshqarish 
sotsiologiyasi bilan mos keladi. Ma'lumki, industrial sotsiologiya va boshqarish 
sotsiologiyasi boshqarish tizimini, shaxslararo munosabatlar tizimi va mexanizmini, 
mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va motivatsiyasini, tashkiliy faoliyatini o‘rganadi. 
Menejmentning maqsadi — har qanday ijtimoiy tuzumga mos keladigan bosharishning 
umumiy tamoyillarini shakllantirish va ularni amalda ko‘llashdir. Bularga 
boshqarishning maqsad va vazifalarini aniqlash, ularni bajarish uchun konkret 
tadbirlarni ishlab chiqish, vazifalarni bajarishdagi ketma-ketlikni belgilash, ishni 
taqsimlash, tashkilot ichidagi turli bo‘linmalar o‘zaro harajatini mutanosiblash, rasmiy 
ierarxal (yuqori-past) strukturani optimlashtirish (ixchamlashtirish, qulaylashtirish), 
shuningdek rahbarlikning samarali uslubini, sotsial mas'uliyatni aniqlash kiradi. 
Sotsial 
rejalashtirish, 
loyihalashtirish 
va 
prognozlashtirish 
sotsial 
boshqarishning shakllari sifatida qaralishi mumkin.
Sotsial rejalashtirish — sotsial 
boshqarnshning dastlabki bosqichlariga xosdir. Rejalashtirish — o‘ziga xos sotsial 
boshqarish bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy jarayonlar maqsadini, uning ustivor 
tomonlarini, ularga erishishning vosita va maqsadlarini aniqlash, rejalarni ishlab chiqish 
va ularni bajaruvchilarga etkazish, rejalar bajarilishi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. 
Odatda, direktiv va indikativ rivojlantirini farqlashadi. Direktiv rejalashtirish yuqori 
organlar tasdiqlagan ko‘rsatkichlar majburiy bajarilishini taqozo etadi. Indikativ 
rejalashtirishda reja ko‘rsatkichlari yo‘naltiruvchi, axborot tarzida bo‘ladi. Sobiq 
sotsialistik mamlakatlar rejalashtirishni mutloqlashtirganlari uchun, u jamiyat 
rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqqa aylangan edi. Bozor iqtisodi amal qilayotgan ko‘pchilik 
rivojlangan mamlakatlarda indikativ rejalashtirish keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, Fransiya, 
Yaponiya, Janubiy Koreyada rejalashtirish yaxshi samara bermoqda. 1962 yildan beri 
«rejali» rivojlanayotgan Janubiy Koreya jahonda etakchi o‘rinlardan biriga chiqdi. 
Hozirgi vaqtda bu mamlakatda 1990—1994 yillarda fanda eng ko‘p qo‘llanilayotgan 
sohalarni rivojlantirish bo‘yicha reja qabul qilingan va bajarilmoqda. 
Sotsial boshqarishni yana bir shakli sotsial loyihalashtirish tushunchasi hali 
mavjud bo‘lmagan, lekin yaratilishi lozim bo‘lgan, shuningdek, tubdan o‘zgarish lozim 
bo‘lgan ob'ektlarga nisbatan qo‘llaniladi. Sotsial loyihalashtirishni sotsial 
rejalashtirishning ko‘rinishi deb ham aytish mumkin. U ijtimoiy munosabatlar, sotsial 
jarayonlar va aholi yashash sharoitlarni yaxshilash vositasidir. Sotsial rejalashtirish 
mavjud bo‘lmagan yoki tubdan o‘zgarish lozim bo‘lgan ob'ektlarga nisbatan 
«rivojlanish» iborasini qo‘llash qiyin. Ular yaratilgandan so‘nggina rivojlanishi 
mumkin. Sotsial loyihalashtirish sotsial rivojlantirishni emas, balki yangi ob'ektlarning 
dastlabki sotsial holatini loyihalashtirishdir. Undan tashqari, agar sotsial rejalashtirishda 
sotsial jarayonlarning hamma boshlang‘ich sifatiy va miqdoriy ko‘rsatkichlarni aniq 


165 
ko‘rsatilgan ob'ekt bilan ish ko‘rilsa, sotsial loyihada esa bu boshlang‘ich tavsiflar 
mavjud bo‘lib turgan sotsial institutdagidek bo‘lmaydi. 
Sotsial boqarish shakllari orasida sotsial prognozlashtirish alohida o‘rin tutadi. 
Inson va jamiyat faoliyatining bevositagina emas, balki ancha qeyin ro‘y beradigan 
natijalarni ko‘ra bilish va shunga yarasha sotsial rivojlanishni boshqarish zaruriyati 
sotsial prognozlashtirishni keltirib chiqardi. Turli xil mezonlar — maqsadi, vazifalari, 
vaqti, usuli, prognozni tashkil etishi va hokazolarga asoslanib har xil prognozlarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin. Vaqt mezoniga ko‘ra quyidagi prognozlarni qayd qilsa 
bo‘ladi: 
—joriy prognozlar - soatlar, kunlar, hafta va oylar; 
—qisqa muddatli prognozlar- 1-5 yil oralig‘ida; 
—O‘rta muddatli prognozlar - 5-10 yil oralig‘ida; 
—Uzoq, muddatli prognozlar - odatda, keyingi ikki-uch o‘n yillikni
o‘z ichiga oladi; 
—O‘ta uzoq, muddatli prognozlar — uzoq muddatlidan keyingi davr; 
Sotsial prognozlashtirish usullari g‘oyat ko‘p.Ularning eng asosiylari 
quyidagilardir: ekstrapolyatsiya tarixiy analogiya, kompyuterda modellashtirish, kelajak 
senariysi, ekspert baholar. Ekstrapolyatsiya hozirgi ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini 
kelajakka ko‘chirish demakdir. Mazmuni va bajaradigan vazifasiga ko‘ra 
prognozlarning quyidagi to‘rtta asosiy turini ko‘rsatish mumkin: 
1. Qidiruv prognozlari. Bu prognozlar «rivojlanish qaysi yo‘nalishda ketmoqda 
hozirgi tendensiyalar saqlanib qolganda nima ro’y beradi?» degan savolga javob beradi; 
2. Normativ prognozlar. Bunda oldindan aniqlangan normalar, maqsadlar, ideallar 
asosida ijtimoiy xodisalarning kerakli holatiga erishish prognoz qilinadi, buning uchun 
maxsus takliflar — rekomendatsiyalar tavsiya etiladi; 
3. Analitik prognozlar. Kelajakni tadqiqot etish metodlarning ilmiy — bilish 
ahamiyatini aniqlash amalga oshiriladi. 
4. Prognoz ogohlantirishlar. Taxmin qilinayotgan noxush kelajakni oldini olish, 
odamlar ongiga ta'sir etish uchun ishlab chiqiladi. 
Prognozlashtirishning usullari va turlari o‘rtasidagi tafovut qo‘llanish ob'ektiga 
qarab nisbiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar bir vaqtning o‘zida boshqalari 
qo‘llanilishi bilan bartaraf qilinishi mumkin. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish