Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети


Prezident I.Karimov Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi (2010 yil



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/203
Sana27.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#584910
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   203
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Анд

Prezident I.Karimov Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi (2010 yil 
12 noyabrda) “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirsh 
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” yuzasidan ma`ruza qilib,
uning oltinchi yo’nalishi sifatida “Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni 
liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish” masalasini qo’ydi. Unda mamlakatimiz 
mustaqil taraqqiyotining dastlabki bosqichida qo’lga kiritilgan yutuqlarga to’xtalgan 
holda, yana qanday vazifalar oldimizda turganligiga izoh berib o’tdi. Ya`ni, 
1991-2000 
yillarda ulkan o’zgarishlarni amalga oshirishda asosiy e`tibor markazlashtirilgan 
ma`muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotining 
asoslarini, avvalambor, qonunchilik bazasini shakllantirish uchun sharoit 
yaratishga qaratilganligi,
Bular Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, 
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida”, “Banklar va bank 
faoliyati to’g’risida”, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”, “Chet ellik investorlar 
xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risidagi” qonunlar qabul 
qilindi. Islohotlarning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
kafolatlari to’g’risida”, “Xususiy korxona to’g’risida”, “Valyutani tartibga soliy 
to’g’risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi 
qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va boshqa iqtisodiyotni isloh qilish bo’yicha 
umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun xujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi va 
xayotga tadbiq etildi. 
69
Karimov I.A. Biz kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T.7. – T.: «O`zbеkiston», 1999, 381-bet. 
70
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbеkiston sharoitida uni bartara f etishning yo`llari va 
choralari. – T.: «O`zbеkiston», 2009. -56 - b. 


169 
Navbatdagi vazifa sifatida, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, 
tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida bir qator ustuvor vazifalar 
belgilanib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirib borish yuzasidan takliflar o’rtaga 
tashlandi. YA`ni, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar xuquqlarining 
kafolatlari to’g’risidagi” Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish, “Tadbirkorlik faoliyati 
soxasidaberish tartib-qoidalari to’g’risida” gi Qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish, 
kichik biznes va tadbirkorlikni kengaytirish maqsadida biznesning yangim tashkiliy-
xuquqiy shakli sifatida oilaviy-biznesni qonuniy belgilab qo’yish, bank-moliya sohasiga 
xususiy kapitalni jalb qilish, “Raqobat to’g’risida” gi yangi qonunni ishlab-chiqish va 
qabul qilish zarurligi qayd etildi. 
“Hozirgi kunda mamlakatimizda ichki mahsulotning 80 foizdan ortig’ini nodavlat 
sektor ta`minlamoqda. 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to’g’risida” gi Qonun, o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq 
qonunosti xujjati unga uyg’unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko’rib chiqishni 
va yangi tahrirda qabul qilishni talab etmoqda”. Snoska.... 
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur`ati va mantiqiy 
talablaridan kelib chiqqan holda erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada 
rivojlantirishga xizmat qiladigan “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti 
almashuvi to’g’risida”, “Garov reestri to’g’risida”, “Rieltorlik faoliyati to’g’risida”, 
“Investitsiya va pay fondlari to’g’risida”, “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni 
modernizatsiya qilish to’g’risida” gi va boshqa bir qator yangi qonunlar qabul qilishni 
xayot taqozo etmoqda. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish