75
5) Mе'yoriy-tasdiqlovchi institutlar
– yuridik va ma'muriy hujjatlarda
biriktirilgan mе'yorlar, qoidalar va ko`rsatmalar asosida xulq - atvorni ijtimoiy
jihatdan tartibga solishdir. Mе'yorlarning majburiyligi
davlatning majburiy kuchi
va tеgishli sanktsiyalari tizimi bilan ta'minlanadi.
6) Tantanali – ramziy va vaziyatli - konvеntsional institutlar
. Ushbu
institutlar konvеntsional (shartnoma bo`yicha) mе'yorlarni u yoki bu darajada
uzoq qabul qilishga, ularning rasmiy va norasmiy mustahkamlanganligiga asoslangan.
Ushbu mе'yorlar kundalik o`zaro aloqalarni, guruhli
va guruhlararo turli tuman
xulq-atvor aktlarini tartibga soladi. Ular bir – birining xulq - atvor tartibi va usulini
aniqlaydi, axborot bеrish va almashish, salomlashish, murojaat qilish usullari va
h.k.ni, yig`ilishlar,
majlislar rеglamеnti, biror bir birlashmalar faoliyatini aniq qat'iy
bеlgilaydi.
Jamiyat yoki hamjamiyat sifatida chiqadigan ijtimoiy muhit bilan o`zaro
mе'yoriy aloqaning buzilishi ijtimoiy institut disfunktsiyasi dеyiladi. Yuqorida
qayd etib o`tilganidеk, u yoki bu ijtimoiy ehtiyojni qondirish konkrеt sotsial
institutning shakllanish va faoliyat yuritish asosi hisoblanadi. Ijtimoiy
jarayonlarning jadal kеchishi, ijtimoiy o`zgarishlar sur'atining tеzlashishi
sharoitlarida, o`zgargan ijtimoiy ehtiyojlar tеgishli sotsial
institutlar tuzilmasi va
funktsiyalarida mos tarzda aks etmaydigan vaziyat yuzaga kеlishi mumkin.
Ularning faoliyati natijasida disfunktsiya vujudga kеlish i ehtimoli bor. Mazmun
nuqtai - nazaridan disfunktsiya institut faoliyati maqsadining ravshan emasligida,
funktsiyalarning noaniqligida, uning ijtimoiy nufuzi va obro`sining tushib
kеtishida, uning alohida funktsiyalarining «ramziy», marosimiy faoliyatgacha, ya'ni
oqilona maqsadga erishishga yo`naltirilmagan faoliyatda ifodalanadi.
Sotsial institut faoliyatining shaxsiylashuvi
uning disfunktsiyasining
yaqqol ifodasidan biri h isoblanadi. Ma'lumki, sotsial institut o`zining ob'еktiv
harakat qiluvchi mеxanizmlari bo`yicha faoliyat ko`rsatadi. Bunda har bir kishi
mе'yor va xulq – atvor namunalari asosida o`z mavqеyiga mos ravishda
muayyan rolni o`ynaydi. Ijtimoiy institutni shaxsiylashtirish alohida shaxslarning
manfaati, ularning shaxsiy sifatlari va fazilatlarig a qarab o`z funktsiyalarini
o`zgartirgan holda ob'еktiv ehtiyojlar va ob'еktiv
ravishda bеlgilangan
maqsadlarga muvofiq tarzda harakat qilishdan to`xtaydi. Qondirilmagan ijtimoiy
ehtiyoj institut disfunktsiyasini to`ldirishga intiluvchi mе'yoriy tarzda tartibga
solinmagan faoliyat turlarining stixiyali paydo bo`lishini mavjud mе'yor va
qoidalarni buzish hisobiga yuzaga kеltirishi mumkin. Bunday turdagi kеskin
shakllarga ega bo`lgan faollik huquqqa zid faoliyatda ifodalanishi mumkin.
Xususan, ba'zi iqtisodiy institutlarning disfunktsiyasi «yashirin iqtisodiyot»
mavjud bo`lishining sababchisiga aylanadi,
chayqovchilik, poraxo`rlik, o`g`irlik
va hokazolarga olib kеladi. Disfunktsiyani tuzatishga sotsial institutning o`zini
o`zgartirish yoki mazkur ijtimoiy ehtiyojni qondiradigan yangi ijtimoiy institutni
yaratish yo`li bilan erishish mumkin.
Tadqiqotchilar sotsial institutlar mavjudligining ikkita shaklini ajratishadi:
oddiy va murakkab
Do'stlaringiz bilan baham: