43
2006 yil noyabrida Prezident Islom Karimov Xiva shahrida Ma`mun
akademiyasining
1000 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda «Ilmu ma`rifat ziyosi hech qachon
so’nmaydi» mavzuida nutq so’zladi.
1995 yilning aprel` oyida tashkil topgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish Akademiyasi hamda 1996 yilning may oyida
tashkil etilgan Bank-moliya Akademiyasi hokimiyat
va boshqaruv organlari
xodimlarini, iqtisodiy tuzilmalar mutaxassislarini sifat jihatdan yangi darajada
tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish bo’yicha bosh muassasalardir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish
Akademiyasidagi jarayon kadrlarni siyosiy, madaniy, ma`naviy
hamda kasb jihatdan
tayyorlash majmuini o’z ichiga oladi. Akademik ta`lim tinglovchilarda milliy va
umuminsoniy qadriyatlar, keng aql-zakovat,
chuqur bilim va mulohaza, tashabbus,
muammolarni hal etishga ijodiy yondashuv asosida hozirgi zamon tafakkurini
shakllantirishga qaratilgandir.
1995 yil 3 oktyabrda Prezidentimiz Islom Karimov Davlat va jamiyat qurilish
akademiyasining ochilishi marosimida so’zlagan nutqida ta`kidlaganidek, «Akademiya-
bu oddiy o’quv yurti, kadrlar, hattoki, rahbar kadrlar tayyorlaydigan bilim dargohigina
emas. U
yangi tafakkur shakllanadigan, o’zimiz to’plagan va boshqa mamlakatlarda
to’plangan ilg’or tajribalar o’rganiladigan, tahlil qilinadigan va tahsil beriladigan
markaz bo’lib qolishi kerak» (Asarlar: T.4.-42-b.).
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1995 yil 2 noyabr kuni Raspublika bir
guruh olimlari – mamlakat fanlar akademiyasi vakillari bilan uchrashuvda “Fan
ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo’lmaydi” xususidagi nutqida “Ayniqsa
fundamental
fanlarga alohida e`tibor berish kerak. CHunki fundamental fanlar taraqqiyot asosidir”,
degan edi. Mustaqillikning 18 yili davomida davlatimiz asosan respublika uchun
ustuvor ilmiy-texnik yo’nalishlari bo’yicha tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlab kelmoqda.
Buning uchun Fan va texnologiyalar markazida o’tkazilayotgan tanlovlar natijalariga
ko’ra grantlarni amalga oshirish uchun etarli mablag’ ajratilmoqda. Iqtidorli yoshlarga
nafaqat respublikada, balki rivojlangan xorijiy mamlakatlarda barcha sohalar bo’yicha
o’z bilimi va tajribalarini oshirib borishlari uchun etarli shart-sharoit yaratib berilgan.
Vazirlar Maxkamasining 1992 yil 21 iyuldagi «Fan va innovatsiya faoliyatini
rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora tadbirlari to’g’risidagi 337-
son» va 2002 yil 4 martdagi «Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish
chora tadbirlari to’g’risidagi» 77-son Qarorlariga muvofiq
Fan va texnologiyalar
markaziga har yili ilmiy tadqiqot institutlari hamda oliy o’quv yurtlarining yosh
olimlarini malaka oshirish hamda ilmiy stajirovka o’tish uchun rivojlangan xorijiy
davlatlarning ilmiy markazlariga va oliy o’quv yurtlariga yuborish vazifasi yuklatilgan.
O’zbekiston olimlari fundamental, amaliy tadqiqotlar
va innovatsiya ishlari
sohasidagi 25 davlat ilmiy-texnika dasturi bo’yicha ishlar olib bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: