Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Андижон Давлат Университети



Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/203
Sana27.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#584910
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   203
Bog'liq
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги Анд

 
Sotsial-etnik munosabatlar 
Millatlar va etnik guruhlarning sotsial-etnik tarkibi. 
Insoniyat xilma-xil sotsial 
etnik birliklardan tashkil topgan. Bugungi kunda 200 dan ortiq mamlakatlarda 2 
mingdan ortiq millat, elat va qabilalar yashamoqda.Ularning so’zlashadigan tillari esa 5 
mingdan ortiqni tashkil etadi. Ammo mana shu tillardan 2 mingtasidan ko’prog’ida 
yozuvlar yo’q. 
Jamiyatning sotsial-etnik tarkibini tadqiq qilish sotsiologiyaning maxsus 
sohasi bo’lib, u etnosotsiologiya deb ataladi. Sotsiologiyaning bu sohasi jamiyatning 
sotsial tarkibiy tuzilishidagi millatlar, xalqlar, elatlar, guruhlarning sotsial rivojlanish
masalalarini o’rganadi. Ularning sotsial-iqtisodiy, sotsial-siyosiy, ma`naviy-
mafkuraviy, madaniy, ta`limiy, diniy va boshqa o’ziga xos qadriyatlarini tadqiq qiladi. 
Etnos tushunchasi
(qadimgi yunoncha so’z bo’lib «xalq» ma`nosini 
anglatadi)- muayyan hududda tarixan tarkib topgan, boshqalardan farqlanuvchi o’z 
madaniyatiga, ruhiy uyg’unlikka va boshqa umumiy xususiyatga ega bo’lgan 
kishilarning nisbatan barqaror birligini anglatadi. Demak, etnosotsiologiyaning tadqiqot 
ob`ekti - eng avvalo xalqlar, millatlar, etnik guruhlarning sotsial tarkibini, boshqa etnik 
birliklardan farq qiluvchi o’ziga xos madaniyati, turmushi, urf-odatlari, tili va boshqa 
shu kabi o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. Millat, millatlararo munosabatlar 
masalasi sotsiologiyadan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot nazariyasi, 
politologiya, axloq va nafasatshunoslik, tarix, etnografiya kabilarning ham o’rganish 
ob`ekti hisoblanadi. 
Etnosotsiologiyada esa millat va milliy munosabatlar, ularning iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy, ma`naviy-mafkuraviy munosabatlardagi o’zaro uzviy aloqadorligi 


146 
nazarda tutilgan holda, konkret etnik muhit doirasida, ijtimoiy jamoalardagi, oiladagi, 
hududiy tartibdagi munosabatlarni etnik xususiyatlari doirasida olib qarab o’rganiladi. 
SHuningdek, millatlararo munosabatlarning jamiyat ijtimoiy hayotiga ta`siri va ularning 
sotsial oqibatlari tadqiq qilinadi. SHu jihatdan etnosotsiologiyaning jamiyatni 
o’rganishdagi ahamiyati kattadir.
Sobiq sovet tuzimi advrida etnosotsiologiya to’laqonli o’z rivojini topmadi. 
Turli millatlar, ellatlar, xalqlar va etnik guruhlarning ijtimoiy taraqqiyotiga bir 
tomonlama yondashildi.
Kelajakda ular o’zaro qo’shilib, yaxlit bir sovet xalqi etnik birligi vujudga 
keladi, -degan xayolda soxta va noto’g’ri mafkuraviy siyosat yurgizilishi oqibatida har 
bir etnik birlikning o’ziga xos boy, go’zal va takrorlanmas qadriyatlari rivojiga siyosiy 
tazyiq o’tkazildi. Bunday siyosiy zo’ravonlik oqibatida etnosotsiologiya sotsiologik 
nazariya sifatida etarlicha qadrlanmadi. 
Sovet davrida muayyan iqtisodiy-siyosiy va mafkuraviy rejim asosida ushlab 
turilgan, boshqarilgan milliy munosabatlar hozirda qaytadan, yangi sotsial munosabatlar 
asosida tiklanmoqda. SHu jihatdan, O’zbekistoning ko’p millatli davlat ekanligini 
e`tiborda tutgan holda, uning hududida istiqomat qilayotgan millat va xalqlarning 
ijtimoiy turmushi, o’zaro aloqasi hamda shu kabi munosabatlarni sotsiologik tadqiq 
qilish muhim ahamiyatga ega. Zero, respublika milliy tarkibining o’ziga xosligi uning 
farqlantiruvchi xususiyatidir. Etnik tarkibda tub aholi ustun mavqeni egallaydi. 
Respublikada yashab turgan aholining 70% dan ko’prog’ini o’zbeklar tashkil qiladi. 
Ayni vaqtda, O’zbekiston hududida o’z madaniyati va an`analariga ega bo’lgan yuzdan 
ziyod millat vakillari yashaydi. Yaqin o’tmishimizda sodir bo’lgan Farg’ona, Andijon, 
O’zgan voqealari qayta takrorlanmasligi uchun, O’zbekistonda bundan keyin ham 
millatlararo hamdo’stlikni rivojlantirish, o’zaro ahil bir oila bo’lib yashash talab etiladi. 
Prezidentimiz I.A.Karimov boshchiligidagi O’zbekiston hukumatining asosiy maqsadi 
ham Markaziy Osiyo hududida har qanday milliy nizolarning oldini olish va 
millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirishdan iborat. 
Ayniqsa, hozirgi kunda sotsial – etnik munosabatlar atroflicha sotsiologik 
tahlilga muhtojdir. Yangilangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida etnik guruhlar 
o’rtasidagi munosabatlar ham qaytadan tarkib topmoqda. SHundan kelib chiqqan holda, 
etnosotsiologiyada ichki va tashqi tadqiq yo’nalishi mavjudligini aytish mumkin. 

Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish