144
Har qanday davlat ijtimoiy siyosatining tarkibiga demografik siyosat ham kiradi.
Demografik munosabatlarga mamlakat aholisining barcha qatlamlari mansub. Ijtimoiy-
demografik tarkibga statistik jihatdan o’rganiladigan aholi o’rtasidagi tug’ilish, o’lim,
nikoh, oilaviy qo’ydi-chiqdilar, shahar va qishloq aholisining migratsiyasi, hududiy
migratsiya kabilar kiradi.
O’zbekiston ijtimoiy-demografik jihatdan nihoyatda murakkab tuzilishga egadir.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar jami 27,5 mln. aholimizning 64 foizini tashkil
etmoqda (I.A.Karimov asarlari. T.16.-234-b.). Tub aholining 51 foizi xotin-qizlar, 9,6
mln. nafari 16 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlardan iborat. Farg’ona
vodiysi
aholisining zichligi juda katta. Andijonda har bir kvadrat kilometr maydonga 485 nafar
odam tug’ri keladi. Bunday demografik holat jamiyat hayotining boshqa barcha
sohalarida ham turli muammolarni keltirib chiqarishi tabiiy.
Aholining yosh jihatdan tarkibiy tuzilishini o’rganish mamlakatning nafaqat
mehnat va ishlab chiqarish potentsialini aniqlashga,
balki uning rivojlanish
dinamikasini ham aniqlashga xizmat qiladi. Bu jihatdan O’zbekiston ba`zi Evropa
va Yaponiya mamlakatlariga nisbatan «yosh» mamlakat hisoblanadi.
Aholi tarkibiiing jinsiy tuzilishini o’rganish ham muhim ahamiyatga ega. Bu
mamlakat ishlab chiqarishini tashkil etish, ayollar uchun qulay mehnat turlarini tashkil
qilish va ish bilan ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xotin-qizlar ijtimoiy
ahvolining o’ziga xos xususiyatlari ularning mehnat bilan bandligi, mehnat turi, oilaviy,
turmush sharoiti va shu kabilarda ko’rinadi. Ularni og’ir jismoniy mehnatdan xalos
etish masalasi hozirda eng muhim masalalardandir. Sobiq sho’ro davrida o’zbek xotin-
qizlari qishloq xo’jaligida ayovsiz ekspluatatsiya qilindi. Natijada, ularning salomatligi
keskin yomonlashdi. Kasalmand, nimjon onalardan hech qachon sog’lom
farzand
dunyoga kelmaydi. O’zbek yoshlarining
har uchtadan bittasi, hatto harbiy xizmatga
qodir bo’lmay qolgan edi. Prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan ilgari surilayotgan
«Sog’lom avlod davlat dasturi»ni hayotga tadbiq etish uchun kurashish millat kelajagini
ta`minlashning eng muhim masalasidir.
Aholining oilaviy tarkibi oila soni, moddiy turmush darajasi,
daromadi, oilaviy
munosabatlarni va shu kabi masalalarni o’z ichiga oladi
. Oilani oziq-ovqat va iste`mol
mollari bilan ta`minlash muammolari davlat ijtimoiy siyosatining asosiy maqsadini
ifoda etadi. Oila tarkibini Sotsiologiyaning maxsus sohasi –
Do'stlaringiz bilan baham: