Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси



Download 5,97 Mb.
bet33/43
Sana08.02.2017
Hajmi5,97 Mb.
#2113
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43
Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.

Oraliq inqirozlar to’liq stikl buyicha yuz bermaydi. Stiklning biron-bir fazasida to’xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi.

Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushish mumkin.

3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo’linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’’ ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi.



Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, etishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo’ladi.
Ayni paytda, dunyoda sodir bўlgan va davom etayotgan moliyaviy iқtisodiy inқirozdan har bir mamlakat ўziga xos chora-tadbirlar bilan chiқishga harakat қilmoқda. ЎZbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tahkidlaganidek,”Bugun biz ўz mustaќilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab tanlab olgan mamlakatni isloћ etish va modernizatsiya ќilish, tadrijiy rivojlanish yўli va mashћur besh tamoyil asosida barpo etiladigan fuќarolik jamiyatini shakllantirish modeli tarixan ќisќa muddatda iќtisodiyotni barќaror rivojlantirishning mustaћkam poydevorini yaratishni tahminladi, jaћon moliyaviy-iќtisodiy inќirozining salbiy oќibatlariga ishonchli ravishda ќarshi turish, dunyodagi sanoќli mamlakatlar ќatorida iќtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yuksak barќaror surhatlariga erishish imkonini berdi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.

Sўnggi 6 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki maћsulot yiliga 8,2 foizdan kam bўlmagan surhatlar bilan ўsib bormoќda. Yalpi ichki maћsulot, 2000-yil bilan solishtirganda, 2,9 barobar, sanoat maћsulotlari ishlab chiќarish 2,6 barobar oshdi, iќtisodiyotga jalb ќilingan investitsiyalar ћajmi 3,4 barobar, jumladan, tўg’ridan-tўg’ri xorijiy investitsiyalar miќdori 20 barobardan kўproќ ўsdi77.


Xulosalar:

1. Iqtisodiy stikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir stikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom etadi.

2. Iqtisodiy stikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan ‘allani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda iqtisodiy stiklning inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.

3. Iqtisodiy stikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.

Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi, ya’ni: urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migrastiyasi, er shari aholisi sonining o’zgarib turishi; ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovastiyalardagi qudratli o’zgarishlar.

4. Internal nazariya iqtisodiy stikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi va quyidagi omillarni ajratib ko’rsatadi: asosiy ka’italning jismoniy xizmat muddati; shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); investistiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi; ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o’zgarishi.

5. Iqtisodiyotning stiklli rivojlanishi sabablarini izohlashda shuningdek sof monetar nazariya, nomonetar nazariya, etarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi, jamg’arish nazariyasi, ‘sixologik nazariya kabilar ham ilgari suriladi.

6. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy stiklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Ularning ko’’chilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari sifatida Kitchin, Juglar, Kuznest, Kondratev stikllarini keltirish mumkin.

7. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y bersada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini nazarda tutib, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlar; iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlar; takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlari.
Asosiy tayanch tushunchalar:

Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishi.

Iqtisodiy stikl – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati.

Turg’unlik (de’ressiya) – ishlab chiqarishning bir joyda de’sinib turishini anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart–sharoitlarning vujudga kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy stikl fazasi.

Jonlanish – iqtisodiy stiklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o’tishini tavsiflovchi fazasi.

Yuksalish – iqtisodiy stiklning iqtisodiyotda to’liq bandlikka erishilishi, ishlab chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to’lovga layoqatli talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi.

Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat.

Agrar inqirozlar – qishloq xo’jaligida ro’y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo’lib, stiklli tavsifga ega bo’lmaydi va sanoat stikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom etadi.


Takrorlash uchun savol va to’shiriqlar:


  1. Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo’llari qanday? Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?

  2. Iqtisodiy stiklning ta’rifini bering va uning har bir fazasining o’ziga xos belgilarini ko’rsating.

  3. Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. Stiklli tebranishlar vujudga kelishining sabablarini ko’rsating.

  4. Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling.

  5. Iqtisodiy stikl asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini ko’rsating.

  6. Iqtisodiy stiklning oqibatlarini baholang.

21-MAVZU. Yal’i ishchi kuchi, UNING BANDLIGI va ishsizlik

Reja:


1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari.

2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yal’i talabi va yal’i taklifi nisbati

3. Ishchi kuchi bandligi to’g’risidagi turli konste’stiyalar sharhi

4. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash.

5. O’zbekistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni

ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari.

Ma’lumki, iqtisodiyotning barcha sohalarida, shuningdek hamma fazalarida ishchi kuchi eng faol omil hisoblanadi. Chunki boshqa hamma omillar ishchi kuchi yordamida harakatga keltiriladi, ularning qiymatlari saqlab qolinib, yangi mahsulotga o’tkaziladi, yangi qiymat shu ishchi kuchi tomonidan yaratiladi.

Shuning uchun mamlakat miqyosida yal’i ishchi kuchining mazmunini, tarkibini, ishchi kuchi bozorini o’rganish muhim ahamiyatga egadir.

Tahlilni ishlab chiqarishning shaxsiy omili va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo’lgan ishchi kuchini takror hosil qilish hamda uning xususiyatlari bilan bog’liq muammolarni bayon qilish bilan boshlaymiz. Tahlil davomida ishchi kuchi bozori va ishsizlik muammolarini batafsil qarab chiqamiz. Bu muammolar o’z ichiga ishsizlikning turlari va uning darajasini aniqlash usullari, ishsizlarni ijtimoiy himoyalash kabi masalalarni ham oladi.


1. Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari.
Ishchi kuchi – bu insonning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, ya’ni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.

Ishchi kuchini takror hosil qilish yoki uni takror ishlab chiqarish deganda eng avvalo o’zining aqliy va jismoniy kuch-quvvatini ishlatib, charchagan ishchining qobiliyatini qayta tiklashi, ya’ni uning ovqatlanishi, kiyinishi, dam olishi va madaniy hordiq chiqarishi tushuniladi. Bu esa ishchi uchun oila, uy-joy va boshqa shart-sharoitlar yaratilishi bilan bog’liqdir. Bundan tashqari ishchi va xizmatchilarning hozirgi avlodi ma’lum vaqt o’tishi bilan qariydi. Ularning o’rinlarini bosadigan o’rinbosarlar ham tayyorlanishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa ishchining oilasi, bola-chaqasi bo’lishi lozim, ularning o’sib-ulg’ayishi, o’qishi, zamon talabiga javob beradigan ishchi kuchi sifatida kamol to’ishi uchun ham shart-sharoit bo’lishi zarur.

Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq etish uning miqdoriy va sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi. Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli bo’lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni bo’lib uning yoshi va mehnatga bo’lgan qobiliyati hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band bo’lgan ‘ensionerlar ham ishlashi mumkin.

Ishchi kuchi resurslarining faol va ‘otenstial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va vaqtinchalik uy xo’jaligida band bo’lganlar ‘otenstial qismi hisoblanadi.

Ishchi kuchini takror hosil qilish insonning jismoniy kuchlari va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz qayta tiklab va ta’minlab turish, ularning mehnat malakasini muttasil yangilab va oshirib borish, umumiy bilim va kasbiy darajasi o’sishini ta’minlash demakdir. Ishchi kuchini takror yaratish xodimlarni ishlab chiqarishga jalb etishni, tarmoqlar, korxonalar, mintaqalar o’rtasida ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlashni, ularning xodimlarga bo’lgan ehtiyojlari qondirilishini va ayni ‘aytda mavjud ishchi kuchining ish bilan to’la va samarali band bo’lishini ta’minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmini yaratishni ham o’z ichiga oladi.

Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy muammo bo’lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari shaklida namoyon bo’ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi aholining tabiiy ko’’ayishi hisoblanadi.

Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisining soni hamda jinsi va yoshi jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o’z navbatida aholining tabiiy harakatlanishiga bog’liq bo’ladi.

O’zbekistonda aholining tabiiy harakati quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi:

Aholining tabiiy harakatlanishi, uni takror ishlab chiqarish xususiyati ko’’gina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizastiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi.

Ular jumlasiga demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta’minlash, homiladorlik va bola tug’ilgandan keyingi ta’tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma’naviy muhitni yaxshilash kiradi.

Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga aholining tabiiy o’sishidan tashqari ishchi kuchi migrastiyasi ham ta’sir qiladi. Ishchi kuchi migrastiyasi murakkab jarayon bo’lib, turli omillar ta’siri ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o’zgarishlar, ishsizlik va h.k.) ishchi kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko’chib o’tishini bildiradi. Migrastiya ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro’y berishi mumkin. Bir mamlakat ichida ro’y bergan migrastiya ichki migrastiya deb atalib, u quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:

1) tugal migrastiya – aholining doimiy yashash joyini o’zgartirishi bilan bog’liq migrastiya;

2) tebranuvchi migrastiya – ishchi kuchining bir hududdan boshqa hududga muntazam davriy ravishda qatnab ishlashi bilan bog’lik migrastiya;

3) mavsumiy migrastiya – mavsumiy ish faoliyati bilan bog’liq migrastiya;

4) tasodifiy migrastiya – ishchi kuchining ba’zi hollarda boshqa hududlarga borib kelishi bilan bog’liq migrastiya.

Ishchi kuchi migrastiyasi shunchaki ro’y bermay, uning negizida ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sabablar yotadi. Ishchi kuchi migrastiyasining iqtisodiy vazifasi sifatida mamlakat bo’ylab mehnat resurslari samarali taqsimlanishini ta’minlash, ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif nisbatini muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi oshadi.

Ishchi kuchi migrastiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi roli va mavqeini yanada yuksaltirishdan iborat.

Ishchi kuchini takror hosil qilish, ularning to’la va samarali ish bilan band bo’lish muammosini ham o’z ichiga oladi. Ish bilan to’la band bo’lishni mutloq ma’noda tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun me’yordagi hol hisoblanadi. Ikkinchidan, ish bilan to’la band bo’lish mehnatga layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida) ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o’zini oilada xizmat ko’rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xo’jalikda mehnat qilishga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug’ullanishga bag’ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to’la band bo’lish uning samaradorligi bilan, mehnat resurslaridan g’oyat oqilona foydalanish bilan qo’shib olib borilishi kerak.

Ish bilan samarali band bo’lish mehnat resurslaridan foydalanishning intensiv turiga tayanmog’i kerak. Bu vazifani hal qilish tashkil etilgan ish joylarining miqdor va sifat jihatdan mavjud mehnat resurslariga muvofiqligini ta’minlashni, ishlab chiqarish hajmini o’stirib borishning ta’sirchan choralarini yaratishni, ish bilan band bo’lish sharoitlari va shakllarini xilma-xil qilishni talab etadi.

Fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi va ishlab chiqarishning intensivlashuvi ishlab turgan korxonalardan ishchi kuchini bo’shatib olish va uni qayta taqsimlash mexanizmiga, aholini ishga joylashtirish, qayta o’qitish va kasb tanlash tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Mulkchilikning turli shakllari, rivojlangan bozor iqtisodiyoti ishchi kuchi resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga sharoit yaratadi, ularni kam samarali sohalardan bo’shatib kadrlarga ehtiyoji bo’lgan yuqori samarali tarmoqlar va korxonalarga qayta taqsimlaydi.



2. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchi yal’i talabi va yal’i taklifi nisbati

Ishchi kuchi bozori – bu xo’jalik faoliyati jarayonida “ishchi kuchi” tovari egalari va uning asosiy iste’molchilari – davlat va tadbirkorlar o’rtasida mehnat sharoitlari va unga haq to’lash miqdorlari, ishchilarning malaka darajasi, ular tomonidan bajarilayotgan ishlarning hajmi, intensivligi va mas’uliyat darajasi bo’yicha tarkib to’uvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning murakkab tizimi.

Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o’ziga xos tovari bo’lgan ishchi kuchining qiymati va iste’mol qiymati (nafliligi) to’g’risida to’xtalib o’tish zarur.



Ishchi kuchining qiymati nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish jarayonlarini etarli darajada ta’minlash uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy ne’matlarning jami qiymatini o’z ichiga oladi. Ishchi kuchi qiymati o’zgaruvchan ko’rsatkich bo’lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki ‘asayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojlarning ob’ektiv ravishda o’sishi; mehnat intensivligining oshishi; o’qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko’’ayishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini ‘asaytiruvchi asosiy omil bo’lib moddiy ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o’sishi hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining ‘asayishiga olib keladi.

Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning ka’ital egasining foyda olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo’ladi.

Ishchi kuchi bozori tovar va ka’itallar bozori bilan birgalikda bozor xo’jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Umumiqtisodiy bozor mexanizmining tarkibiy qismi hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq iqtisodiyot tarmoq va sohalari bo’yicha ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori sub’ektlarining sifat jihatidan farq qiluvchi manfaatlarini o’zaro uyg’unlashtirish va bog’lashni qiymat tamoyillari asosida shakllantiriladi. Bu eng avvalo shu Bilan bog’liqki, ishchi kuchiga talab va uning taklifi o’rtasidagi uzoq muddatli muvozanat holati fag’at nazariy jihatdangina mavjud bo’lishi mumkin. Real iqtisodiy hayotda ishchi kuchi talabi va taklifi nisbati bir qator ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida shakllanadi. Bir tomondan, hech qanday ish turi insonni mutloq qoniqtirishi, inson esa ishga mutloq mos kelishi mumkin emas. Buning natijasida ishchiga ham, tadbirkorga ham ziyon etkazuvchi ishchi kuchining qo’nimsizligi ‘aydo bo’ladi. Boshqa tomondan, ishchi kuchi zahirasining mavjudligi hamda bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan iqtisodiy inqirozlar davrida ishsizlik darajasining oshib ketishi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Shunga ko’ra, ishchi kuchi bozori o’zining maxsus tovari – ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’ziga xos o’rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo’ladi.

Birinchidan, ishchi kuchi bozori bozor iqtisodiyoti ikkita mustaqil sub’ekti – ka’ital egasi va ishchi kuchi egasining uchrashish joyi hisoblanadi. Ularni bozorga o’zaro qarama-qarshi istak va maqsadlar etaklaydi, ya’ni ularning biri ishchi kuchini sotishni istasa, boshqa biri uni xarid qilishni istaydi. Ular o’rtasidagi savdo bitimi ishchi kuchi egasining o’zi bo’yicha emas, balki u mehnat qilish layoqati, undan foydalanish shartlari va davomiyligi bo’yicha boradi. Bitim natijasi bo’lib ka’ital egasi tomonidan sotib olingan ishchi kuchi evaziga to’lanadigan ish haqi miqdori hisoblanadi.

Ikkinchidan, boshqa har qanday tovar bozorlarida bo’lgani singari, ishchi kuchi bozorida ham ishchilar o’rtasida bo’sh ishchi o’rnini egallash borasida raqobat kurashi vujudga keladi.

Uchinchidan, ishchi kuchi bozori ishchi kuchi yal’i taklifining unga bo’lgan yal’i talabdan doimiy ravishda ko’’roq bo’lishi tendenstiyasi Bilan tavsiflanadi. Bu esa bozorda ishchilar band bo’lmagan qismi (ishsizlar)ning ‘aydo bo’lishiga olib keladi.

To’rtinchidan, bozor iqtisodiyotining stiklli rivojlanishi odatda inflyastiya va ishsizlik bilan birga boradi. Bu ikkala jarayon o’rtasida ma’lum o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lib, u ‘irovardida ishchilar ommasi hayot darajasining ahamiyatli darajada ‘asayib ketishi (narxlarning oshishi, ish haqining qisqarishi, to’lovga qodir talabning ‘asayishi va h.k.) orqali namoyon bo’ladi. Muayyan iqtisodiy sharoitlarda ishchi kuchi bozoridagi umumiy holat inflyastiyaning o’sishi uchun asosiy sabab bo’lishi ham, yoki, aksincha, uning o’sishiga to’sqinlik qilishi ham mumkin. Mehnatga layoqatli aholi umumiy sonida ishsizlarning ulushi qanchalik oz bo’lsa, narxlarning inflyastiya ta’siri ostidagi o’sish sur’atlari shunchalik yuqori bo’ladi. Ingliz iqtisodchisi A.Filli’s ishsizlik va inflyastiyaning o’sishi o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatib berib, bu bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq Fili’s egri chizig’i deb nom oldi (2-chizma). Unga ko’ra, inflyastiya darajasini 1%ga ‘asaytirish uchun ishsizlikni 2%ga o’stirish lozim bo’ladi.

W, ‘,%

W – nominal ish haqining o’sish sur’ati;

‘ – inflyastiya darajasi;

U – ishsizlik darajasi.




U,%

2-chizma. Filli’s egri chizig’i.

Ishsizlik va inflyastiya darajasidagi nisbatni tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o’ynaydi. Davlat ish bilan bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o’rtasidagi oqilona nisbatni ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflyastiya darajasini nazorat qilishi, balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirining oldini olishi ham lozim.

Shunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor xo’jaligi tizimida etakchi o’rin tutib, uni yuqori darajada tashkil etmasdan turib iqtisodiyotning samarali amal qilishiga erishib bo’lmaydi.

Bozor iqtisodiyoti tizimida ishchi kuchi bozorining roli u bajaradigan ikkita vazifa orqali belgilanadi. Birinchi vazifasi bevosita mehnat jarayonida ishchining ishlab chiqarish vositalari bilan biriktirish mexanizmi hamda band bo’lmagan ishchi kuchining harakatini samarali tartibga solish bilan bog’liq. Ikkinchi vazifasi esa yal’i ishchi kuchining sifatini yanada takomillashtirgan holda takror ishlab chiqarish orqali amalga oshiriladi.



O’zbekistonda ishchi kuchi bandligini oshirish va aholini ijtimoiy himoyalash borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yildan-yilga ish bilan ta’minlanish darajasi o’sib

3. Ishchi kuchi bandligi to’g’risidagi turli konste’stiyalar sharhi
Ishchi kuchining bandligi to’g’risidagi nazariyalar bir-biridan muammoga nisbatan yondoshuv, qo’llanilgan tadqiqot usullari va vositalari jihatidan farqlanadi. Darslik va o’quv qo’llanmalarda ishchi kuchi bandligi bo’yicha neoklassiklar, keynschilar, monetarizm, institustional-sostiologik va boshqa ilmiy maktab vakillarining qarashlari bayon etiladi.78

Neoklassik maktab konste’stiyasi A.Smitning klassik nazariyasi qoidalari asosida shakllantirilib, D.Gilder, A.Laffer, M.Feldstayn, R.Xoll kabi bir qator olimlarning fikr-mulohazalari orqali namoyon bo’ladi. Bu maktab namoyandalari ishchi kuchi bozorini maxsus qonunlarga bo’ysunuvchi aloqalar tizimi sifatida ko’rib chiqib, ular bozor mexanizmi orqali boshqarilishini ta’kidlaydilar. Ish haqi darajasi ishchi kuchining narxi sifatida ko’rsatiladi va unga bo’lgan talab va taklifga ta’sir ko’rsatib, ular o’rtasidagi nisbat va zarur muvozanatni ta’minlaydi. Ishchi kuchining narxi bozor kon’yunkturasiga tezlik bilan javob qaytaradi, ya’ni bozordagi talab va taklifning o’sishi yoki kamayishiga qarab o’zgaradi. Shunga ko’ra, ishchi kuchi bozoridagi taqchillik yoki taklif ortiqchaligi ish haqi darajasini o’zgartirish orqali bartaraf etiladi. Ishchi kuchi bozorining klassik modeli uning o’zini-o’zi tartibga solish tamoyiliga asoslanadi.

Download 5,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish