Oddiy takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Odatda bunday ishlab chiqarish ko’’roq faqat o’z ichki ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan an’anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xos bo’lgan.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir. Bu turdagi ishlab chiqarish barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining asosini tashkil etadi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, uning hajmi iqtisodiyot taraqqiyotida ahamiyatli o’rin tutadi. Shunga ko’ra, milliy mahsulot hajmini aniqlash, uning tarkibi va harakat shakllarini o’rganish doimiy ravishda iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy muammolaridan biri bulib hisoblanadi. Milliy mahsulot turli davrlarda turli malakatlarda turlicha atalib, turlicha hisobga olinishi mumkin. Masalan, sobiq ittifoqdosh res’ublikalar, shu jumladan bizning res’ublikamizda ham oldingi davrda mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig’indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan. Jami ijtimoiy mahsulot ko’rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy ne’matlar yig’indisi hisobga olingan, unda xizmat ko’rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma’naviy ne’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg’i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun’iy ravishda oshirib ko’rsatilgan, iste’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo’lgan.
Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun boshqa qator mamlakatlar bilan birgalikda bizning mamlakatda ham hozir milliy hisob tizimiga o’tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan milliy mahsulot, ya’ni tovarlar va xizmatlar yig’indisi yal’i ichki mahsulot deb atala boshlandi. Yal’i ichki mahsulot - bu ma’lum vaqt davomida, masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste’molchilarga borib etadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymati. Yal’i ichki mahsulot moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari yillik faoliyatining umumiy samarasi bo’lib hisoblanadi.
Oldingi davrlarda ko’’gina mamlakatlarda, hozir ham ayrim mamlakatlarda milliy mahsulot yal’i milliy mahsulot deb atalib, shu shaklda hisobga olingan. Yal’i milliy mahsulot bilan yal’i ichki mahsulotning farqi shundaki, yal’i milliy mahsulotga har bir mamlakat ichidagi va boshqa turli mamlakatlardagi korxonalarida va qo’shma korxonalarida vujudga keltirilgan mahsulotlar (shu mamlakat hissasiga to’g’ri keladigan qismi) hisobga olinadi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan mazkur mamlakat hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo’shma korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. Yal’i ichki mahsulotda esa mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo’shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo’shilib) hisobga olinadi.
YaMM ko’rsatkichiga sof eks’ort (eks’ort va im’ort o’rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog’i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yal’i ichki mahsulot (YaIM) ko’rsatkichidan foydalaniladi. Yal’i ichki mahsulot umumlashtiruvchi iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va xizmatlar jami qiymatining bozor narxlaridagi ifodasini namoyon etadi. U barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi.
Yal’i ichki mahsulot xuddi yal’i milliy mahsulot kabi hisoblanadi, biroq undan xorijiy mamlakatlar bilan hisob-kitoblar qoldig’iga teng bo’lgan miqdorga farq qiladi. Ya’ni, YaIM ko’rsatkichiga mazkur mamlakatning chet ellardagi ishlab chiqarish omillaridan keluvchi tushumlari (omillar bo’yicha daromadlari) hamda mazkur mamlakatda xorijiy investorlar tomonidan olingan omillar bo’yicha daromadlar o’rtasidagi farqni qo’shilsa YaMM ko’rsatkichi hosil bo’ladi.
YaMM va YaIM o’rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:
YaIM hududiy jihatdan hisoblanadi. Bu, milliy mansubligidan qat’iy nazar, muayyan mamlakat hududida joylashgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning jami qiymatidir.
YaMM – bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat’iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymati.
YaMM va YaIMning o’zaro farqini quyidagi chizma orqali yaqqolroq ifodalash mumkin (2-chizma).
Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish
|
Chet ellardagi
milliy
korxonalar
mahsuloti
|
Xorijiy
korxonalar
mahsuloti
|
Milliy
korxonalar
mahsuloti
|
2 trln.so’m
|
10 trln.so’m
|
3 trln.so’m
|
Do'stlaringiz bilan baham: |