114
15-Amaliy ish
1000 Voltgacha elektr uskunalaridan foydalanishda himoya vositalarini
qo‘llash va sinash.
1.1. Qoidalarning maqsadi va qo‗llanilishi
1.1.1. Ushbu Qoidalar «O‗zbekenergo» Davlat
aksionerlik kompaniyasi
qaramog‗idagi
barcha
qurilish-montaj
tashkilotlari,
trestlar,
zavodlar,
mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun
taalluqlidir.
Ushbu Qoidalarni elektr uskunalarini ta‘mirlovchi, foydalanuvchi, quruvchi
va montaj qiluvchi muhandis-texnik xodimlar va ishchilar egallab turgan lavozimi
yoki kasbi hajmida bilishlari shart.
1.1.2. Qoidalarda himoya vositalarining tasniflari, ularga qo‗yiladigan
talablar bayon qilingan, foydalanish usullari va sinov me‘yorlari bo‗yicha
ko‗rsatmalar keltirilgan.
Mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan himoya vositalarini
ishlatish man qilinadi.
1.1.3. Himoya vositalari, ularni amalga tatbiq qilish
harakteriga qarab ikki
turga bo‗linadi: kollektiv himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalari (GOST
12. 4. 011-75).
Elektr uskunalari konstruktsiyalarining himoya vositasi funksiyasini
bajaruvchi (muntazam to‗siqlar, statsionar yerga ulagich pichoqlar va hokazolar)
qismlari himoya vositalari tushunchasiga kirmaydi.
1.1.4. Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolyatsiyalovchi shtangalar (operativ, o‗lchov, yerga ulagichni o‗rnatish
uchun), izolyatsiyalovchi va elektr o‗lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash
operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‗rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish
ko‗rsatgichi va hokazolar;
1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta‘mirlash ishlarini olib borish uchun
ishlatiladigan izolyatsiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish
ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan
izolyatsiyalovchi
dastakli chilangarlik-yig‗uv asboblari;
dielektrik qo‗lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolyatsiyalovchi
qoplamalar va izolyatsiyalovchi tagliklar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
ko‗chma yerga ulagichlar;
to‗siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
115
Yuqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr
uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‗zoynagi va kaskalar, protivogazlar,
qo‗lqoplar, montyorning himoya belbog‗lari va xavfsizlik
arqonlari kabi shaxsiy
himoya vositalarini qo‗llash mumkin.
1.1.5. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish
mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolyatsiyalovchi shtangalar, izolyatsiyalovchi va elektr o‗lchovchi
qisqichlar, kuchlanish ko‗rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi
kuchlanish ko‗rsatgichlari;
elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‗tkazuvchi
qismlarga tegib turib ta‘mirlash ishlarini olib borishda ko‗llaniladigan
izolyatsiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolyatsiyalovchi narvonlar,
havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan
izolyatsiyalovchi tortqilar, arqonlar,
teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‗ljallangan ko‗chma
minoralar va hokazolar).
1.1.6. Asosiy himoya vositalarining izolyatsiyalovchi qismi dielektrik
xususiyati chidamli bo‗lgan materiallardan (chinni, qog‗ozbakllet quvurlari, ebanit,
getinaks, yog‗och qatlamli plastiklar, plastik va shisha
epoksid materiallar va
hokazolardan) tayyorlanishi zarur.
O‗ziga nam tortuvchi materiallar (qog‗ozbakelit quvurlar, yog‗och va
boshqalar) namga chidamli lok bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz
ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‗lishi kerak.
1.1.7. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‗llaniladigan
qo‗shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik qo‗lqoplar;
dielektrik etiklar;
dielektrik gilamchalar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
izolyatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
dielektrik qalpoqlar;
ko‗chma yerga ulagichlar:
to‗siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1.1.8. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalarida qo‗llaniladigan
asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolyatsiyalovchi shtangalar;
izolyatsiyalovchi va elektr o‗lchovchi qisqichlar;
kuchlanish ko‗rsatgichlari;
dielektrik qo‗lqoplar;
116
izolyatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‗uv asboblari.
1.1.9. 1000 V kuchlanishgacha bo‗lgan elektr uskunalari uchun qo‗shimcha
elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik kalishlar;
dielektrik gilamchalar;
ko‗chma yerga ulagichlar;
izolyatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
to‗siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1.1.10. Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa
ishlarni bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab
olish mazkur Qoidalar
asosida, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari», «Sanoat
chastotasida ishlayotgan o‗zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish
havo tarmoqlari va podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza
qilish me‘yorlari va qoidalari» hamda boshqa tegishli me‘yoriy texnik hujjatlar
bilan, shuningdek, mazkur hujjatlarda talab etilganidek
mahalliy sharoitga qarab
aniqlanadi.
1.1.11. Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qo‗shimcha himoya
vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan
shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam
kuchlanishdan
saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham
ishlatiladi.
1.1.12. Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning
1
eng
Yuqori qiymatida ishlatishga mo‗ljallangan bo‗lishi zarur (GOST 1516.1-76 va
20690-75).
1
Bu yerda va bundan keyin kuchlanish deganda himoya vositalari uchun
mo‗ljallangan kuchlanish sinfi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: