Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/97
Sana01.07.2022
Hajmi1,83 Mb.
#728739
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot 2021-yil Xavfsizlik qoidalari

5 –Amaliy ish 
Kuch transformatorlarini va reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda texnik 
talablar 
 
1. Transformatorni o‗zoq vaqt va ishonchli ekspluatatsiya qilinishini 
ta‘minlash uchun quyidagilar zarur: 
Harorat va yuklama rejimlariga, kuchlanish darajasiga rioya qilish; 
moyning sifat meyorlariga va izolyatsiya qilish xususiyatlariga qatiy rioya 
qilish; 
sovitish, kuchlanishni rostlash, moyni himoyalash qurilmalarini va boshqalarni 
ishga yaroqli holda saqlash. 
2. Bir fazali transformatorlar va reaktorlar baklariga fazalar rangi suriladi. 
Tashqarida o‗rnatilgan uch fazali transformator baklarida quvvati va podstansiya 
bo‘yicha tartib raqamlari ko‗rsatiladi. 
3. Transformator punktlari va kameralari eshiklarining tashqi va ichki 
taraflarida transformatorlarning podstansiya bo‘yicha raqami ko‗rsatilgan bo‗lishi, 
shuningdek tashqi tarafida elektr qurilmalarda qo‗llaniladigan himoya vositalarini 
qo‗llash va sinash qoidalari talablariga muvofiq ogoxlantiruvchi belgilar bo‗lishi 
shart. Eshiklar doimo berkitilib, kulflangan bo‗lishlari shart. 
4. Gazli himoya qurilmasi bilan jixozlangan transformatorlar shunday 
o‗rnatilishi shartki, bunda uning qopqog‗i (bakning echiladigan qismi) gaz relesiga 
nisbatan yunalishda 1-1,5% dan kam bo‗lmagan, moy o‗tkazgich esa 
transformatordan kengaytirishga nisbatan 2-4% dan kam bo‗lmagan kutarilishga 
ega bo‗lishi shart. 
CHiqarish quvuri membrana bilan jixozlanadi va kengaytirgichning Yuqori 
qismi bilan biriktiriladi. Moy o‗tkazgichda, kengaytirgich va gaz relesi orasida, 
jumrak o‗rnatiladi. 
5. Transformatorlarga xizmat ko‗rsatishda moy satxini va gaz relesini 
kuzatish, shuningdek moydan namuna olish uchun qulay va xavfsiz sharoitlar 
yaratiladi. 
Transformatorlar va reaktorlarning Yuqorida (3 m dan ortiq)joylashgan 
elementlarini ko‗rikdan o‗tkazish va ularga texnik xizmat ko‗rsatish, statsionar 
narvonlardan, xavfsizlik qoidalari» ga rioya qilib, bajarilishi shart. 
6. Kengaytirgich 
bilan jihozlangan barcha moy bilai to‗ldirilgan 
transformatorlarda moy haroratini ulchash uchun termometrlar o‗rnatiladi. 
Xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar moyning Yuqori qatlami haroratini, 
kengaytirgichli transformatorlar jixozlangan termosignalizator va termometrlar 
bo‘yicha kuzatishlari kerak, shuningdek sovtol yoki moy bilan to‗ldirilgan 
germetik transformatorlar jixozlangan manovakuummetrlar ko‗rsatkichlari 


35 
bo‘yicha kuzatishlari kerak. Bakdagi bosim 50 kPa (0,5 kgs/sm
2
) dan ortganda 
transformator yuklamasi kamaytirilishi shart, 
7. Transformatorli qurilmalar amaldagi EQTE ga muvofiq yong‗inga qarshi 
vositalar bilan jixozlanishlari shart. 
8. Transformatorlarning ostida moy qabul qiluvchi qurilmalar bo‗lganda, 
ularning drenajlari va moy quvurlari EQTE talablariga muvofiq ishga yaroqli holda 
saqlaniishi kerak. 
9. XL bir elektr qurilma uchun, yuklama grafigiga bog‗lik XLda 
iste‘molchilarni ishonchli ta‘minlashni xisobga olib, bir vaqtning o‗zida 
ishlayotgan transformatorlar soni aniqlanishi kerak. 
Kuchlanishi 
10 
kV 
bo‗lgan 
taqsimlovchi 
elektr 
tarmoqlarda 
transformatorlarning yuklamasini va kuchlanishini ulchash, ekspluatatsiya 
qilishning birinchi yilida kamida 2 marta maksimal va minimal yuklama davrida, 
keyinchalik zaruriyat bo‘yicha o‗tkaziladi. 
10. Ishlamayotgan transformator (reaktor) kengaytirgichidagi moyning satxi, 
GOST 11677-91 bo‘yicha shu vaqtdagi transformator (reaktor) moyining 
haroratiga mos belgida bo‗lishi shart. 
11. Sovitish tizimida moyning majburiy sirkulyasiyasi, transformator 
yuklamasidan qatiy nazar, o‗zluksiz bo‗lishi shart 
Moyning sirkulyasiyasi majburiy bo‗lgan transformatorlarni va reaktorlarni 
ekspluatatsiya qilishga, faqat moy, sovituvchi suv sirkulyasiyasi va sovitgichlarga 
puflash ventilyatorlarni ishlashi tuxtagani haqida signalizatsiya tizimi ishga 
tushirilgandagina ruxsat etiladi. 
Suv bilan sovitiladigan moy sovitgichlar mavjud bo‗lganda moy nasosi 
moyning yurishi bo‘yicha moy sovitgichgacha, o‗rnatiladi. Moy sovitgichlardagi 
moyning bosimi, ulardan o‗tkazilayotgan suvning bosimidan ortiq bo‗lishi shart. 
Majburiy sovitilidngan transformatorlar uchun moy yoki suv sirkulyasiyasi, 
yoki puflash ventilyatorlari to‗xtaganda avariyaviy ishlash rejimiga ruxsat beriladi. 
Ko‗rsatilgan rejimning davomiylign mahalliy yuriqnomalarga muvofiq, sinash 
natijalari yoki zavod ma‘lumotlari bo‘yicha, o‗rnatiladi. 
12. Transformatorlarni moy-suv bilan sovitish tizimi ishga tushirilganda 
birinchi navbatda moy nasosi, sungra esa suv nasosi ishga tushiriladi. 
Uchirishda birinchi suv nasosi, keyin esa moy nasosi uchiriladi. Suv nasosi 
moyning harorati 10°S kam bo‗lmaganda ishga tushiriladi. 
Transformatorlarni ekspluatatsiya qilishda moy quvurlarni, nasoslarni va suv 
magistrallarini mo‗zlashini oldini olish, shuningdek moy sovitish tizimida 
nosozliklarni bartaraf qilish bo‘yicha mahalliy yuriqnomalarga kura choralar 
ko‗zda tutiladi. 


36 
13. Transformatorning nominal yuklamasida moyning Yuqori qatlami harorati 
quyidigilardan Yuqori bo‗lmasligi shart (agar ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan 
zavod yuriqnomalarida boshqa haroratlar keltirilmagan bo‗lsa): 
sovitish tizimi moyli puflab sovitiladigan va moyning majburiy sirkulyasiyasi 
(bundan keyin - DS) bo‗lgan transformatorlarda - 75°S dan, sovitish tizimlari 
tabiiy-moyli (bundan keyin - M) bo‗lganda va moyli puflanadigan (bundan keyin - 
D) bo‗lgan transformatorlarda - 95°S dan; 
moy-suvli sovitish (bundan keyin - S) tizimli transformatorlarda moy 
sovutgichning kirishida moyning harorati 70°S dan oshmasligi kerak. 
Moyni sovitish tizimi D bo‗lgan transformatorlarda uchirilgan puflash bilan 
ishlashga quyidagi xollarda ruxsat etiladi: 
yuklama nominaldan past bo‗lganda va moyning Yuqori qatlami harorati 55°S 
dan ortiq bo‗lmaganda; 
atrof-muxit harorati manfiy bo‗lganda va moyning harorati 45°S dan ortiq 
bo‗lmaganda (yuklamadan qat‘iy nazar). 
Puflab sovitish avtomatik tarzda, moyning harorati 55°S ga etganda yoki 
moyning haroratidan qat‘iy nazar nominal yuklamada. ulanishi shart. 
14. CHulgam shoxobchalarini ko‗zg‗atgichsiz almashlab ulagichlar bilan 
jixozlangan transformatorlarda transformatsiya koeffitsienti tanlanishining 
to‗g‗riligi 1 yilda kamida 2 marta - yuklamaning qishki maksimumi va yozgi 
minimumi kirishi oldidan tekshirilishi shart. 
15. YUklama ostida kuchlanishni rostlaydigan qurilma (bundan keyin - 
YUOR) bilan ta‘minlangan transformatorga xizmat ko‗rsatuvchi korxonaning 
xodimlari, tarmoq kuchlanishi bilan rostlangan shoxobchada o‗rnatilgan 
kuchlanish muvofiqligini saqlab turishlari shart. 
Transformatorlarni o‗zoq vaqt (mavsum davomida), sxemadan YUOR 
qurilmasini chiqarib ishlashi, man qilinadi. 
16. Transformatorlarning YUOR almashlab ulash qurilmasini ishga tushirishga, 
moyning Yuqori qatlami harorati minus 20°S va undan Yuqori bo‗lganda ruxsat 
beriladi, transformator bakidan tashqarida, tayanch izolyatorlarida joylashgan va 
va sun‘iy isitish tizimi bilan jixozlangan kontaktorli almashlab ulash qurilmasini 
esa — atrof-muxit harorati minus 45°S va Yuqori bo‗lganda ruxsat beriladi. 
YUOR qurilmalari ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalari talablariga muvofiq 
ekspluatatsiya qilinishlari shart. 
17. Avariya rejimlarida, transformatorlarni barcha sovitish tizimlarida, avvalgi 
yuklamaning davomiyligi va qiymatidan va atrof-muxit haroratidan qatiy nazar
qisqa muddatga, nominal tokdan ortiq uta yuklanishlariga quyidagi chegaralarda 
ruxsat beriladi: 


37 
Moyli 
transformatorlar 
Tok bo‘yicha uta 
yuklanish, % 
30 
45 
60 
75 
100 
Uta 
yuklanish 
davomiyligi, min 
120 80 
45 
20 
10 
Kuruk transforma-
torlar 
Tok bo‘yicha uta 
yuklanish, % 
20 
30 
40 
50 
60 
Uta 
yuklanish 
davomiyligi, min 
60 
45 
32 
18 

Moyli transformatorlarni nominal tokdan 40% gacha uta yukl- anishiga, sutkada 
umumiy davomiyligi 6 soatdan ko‗p bo‗lmaganda, transformatorlarning barcha 
sovitish qurilmalaridan to‗liq foydalanilganda, ketma-ket 5 sutka davomida ruxsat 
beriladi, agar bunday uta yuklanishlar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalari 
bilan man etilmagan bo‗lsa. 
18. Transformatorlar ruxsat etilgandan ortiq yuklanganda, navbatchi xodim 
mahalliy yuriqnomalarga muvofiq harakat qilib, uni yuksizlantirish choralarini 
qabul qilishi shart. 
19. D sovitish tizimili transformatorlar uchun, barcha ventilyatorlar 
avariyaviy uchirilganida, atrofdagi havo haroratiga bog‗lik holda, nominal 
yuklama bilan quyidagi vaqt oralig‗ida ishlashga ruxsat etiladi: 
Atrofdagi havo harorati, °S 
-15 -10 0 
+10 +20 +30 
Ishlashning ruxsat etilgan 
davomiyligi, soat 
60 40 16 10 6 

Sovitish tizimlari DS va S bo‗lgan transformatorlar uchun quyidagilarga ruxsat 
beriladi: 
a) sun‘iy sovitish to‗xtaganda nominal yuklama bilan 10 minut davomida 
yoki salt yurish rejimida 30 minut davomida ishlashga. Agar quvvati 250 MB A 
dan Yuqori transformatorlar uchun ko‗rsatilgan vaqt tugaganda moyning Yuqori 
katlami harorati 80°S ga etmasa, u xolda nominal yuklama bilan ko‗rsatilgan 
haroratga etgunga qadar, lekin 1 soatdan ortiq bo‗lmagan muddatda ishlashga 
ruxsat beriladi; 


38 
b) ventilyatorlar tulik yoki kisman uchirilganda yoki moyning sirkulyasiyasi 
saqlaniib, suvning sirkulyasiyasi tuxtab kolganda, moyning Yuqori katlami 
harorati 45°S dan oshmaganda, past yuklama bilan o‗zoq vaqt ishlashga. 
Ushbu bandning talablari, agar ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomalarida 
boshqalari aytilmagan bo‗lsa, xaqiqiydir. 
CHulg‗amlarida moy yunaltirilgan sirkulyasiya qilinadigan transformatorlar 
(sovitish tizimi DS) ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomasiga kura ekspluatatsiya 
qilinadi. 
20. YUOR qurilma bilan jixozlangan transformatorlar uta yuklama bilan 
ishlaganda, agar yuklama toki almashlab ulagichning nominal tokidan ortiq bo‗lsa, 
shoxobchalarni almashlab ulashga ruxsat berilmaydi. 
21. Kuchlanishi 110 va 220 kV bo‗lgan avtotransformatorlar cho‗lg‗amlarining 
neytrallari yerga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ulash rejimida ishlashlari shart. 
Neytrallarini sinash kuchlanishlari mos ravishda 100 va 200 kV bo‗lgan 110 va 
220 kV kuchlanishli transformatorlar yerga ulanmagan neytral bilan, agar u 
razryadlagich bilan himoyalangan bo‗lsa, ishlashi mumkin. Tegishli hisoblar bilan 
asoslangan bo‗lsa, neytrali sinash kuchlanishi 85 kV bo‗lgan va razryadlagich bilan 
himoyalangan 110 kV kuchlanishli transformatorlarni yerga ulanmagan neytral 
bilan ishlashlariga ruxsat beriladi. 
22. Yangi yoki kapital ta‘mirlashdan chiqqan transformatorlarni montaj qilish 
vaqtida ularga kuchlanish berilguncha, ularni ko‗rikdan o‗tkazish va Elektr 
uskunalarni SNvaM ga muvofiq sinash amalga oshiriladi. 
Ko‗rik, sinash va qabul qilish natijalari, pasport va bayonnomalarda yozuvlar 
bilan rasmiylashtiriladi. 
23. Transformatorlarni quritishsiz kuchlanish ostita ulash mumkinligi, 
shuningdek quritishning zarurligi RX, 34.51.101- 90, RX, O‗zR 34-301-202-2000 
«Elektr qurilmalari izolyatsiyasini tanlash bo‘yicha yuriqnoma» ga muvofiq 
o‗tkaziladigan sinovlar asosida aniqlanadi. 
24. Transformatorlarni tarmoqqa ulash, odatda to‗liq kuchlanishga turtki bilan 
amalga oshiriladi. 
25. Quyidagi xollarda transformatorlarda kuchlanishni nominaldan ortishiga 
ruxsat etiladi: 
o‗zoq muddat - 5% ga, agar yuklama nominaldan ko‗p bo‗lmaganda va 10% ga, 
agar yuklama 0,25 nominaldan ko‗p bo‗lmaganda; 
qisqa muddat (sutkada 6 soatgacha) -10% ga, yuklama nominaldan ko‗p 
bo‗lmaganda; 
avariya sharoitlarda - transformatorlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha 
namunali yuriqnomaga muvofiq. 


39 
Generatorlar va neytrali shoxobchalanmagan avtotransformatorlar bilan blokda 
ishlayotgan transformatorlar uchun va ketma - ket rostlovchi (volt qo‗shuvchi) 
transformatorlar uchun kuchlanishni o‗zoq vaqt nominaldan 10% ga ortishiga, 
yuklama nominaldan ortiq bo‗lmaganda, ruxsat beriladi. 
Kuchlanishni rostlash uchun neytralida shoxobchalanishlari mavjud bo‗lgan 
yoki ketma-ket rostlovchi transformatorlar bilan ishlashi uchun muljallangan 
avtotransformatorlar uchun kuchlanishning ruxsat etilgan ortipsh ishlab 
chiqaruvchi zavod ma‘lumotlari bo‘yicha anikdanadi. 
26. Transformator (reaktor) ichki bo‗zilishlaridan himoya (gazli, differensial) 
ta‘sirida avtomatik tarzda uchirilganda, shuningdek muvaffaqiyatsiz avtomatik 
qayta ulangandan (bundan keyin - AQU) keyin, transformatorni (reaktorni) faqat 
ko‗rikdan o‗tkazilgandan, sinalgandan, gaz, moy taxlili kilingandan va aniqlangan 
nuqsonlar (shikastlanishlar) bartaraf etilgandan keyin ishga tushiriladi. 
Transformator (reaktor), ta‘siri ichki shikastlanishlar bilan boglik bo‗lmagan 
himoyadan uchgan xolda, u tekshirishsiz, tashqi ko‗rikdan o‗tkazilib ishga 
tushirilishi mumkin. 
Gaz relesi ishlagani to‗g‗risida signal paydo bo‗lganda transformator ko‗rikdan 
o‗tkazilishi va gazning rangi va yonish darajasiga qarab, uni shikastlanish harakteri 
aniqlanishi shart. Gaz relesida sariq yoki ko‗k-qora yonuvchan gaz borligi 
aniqlanganda transformator zudlik bilan uchirilishi shart. Agar reledagi gaz rangsiz 
va yonmaydigan bo‗lsa, transformator ishda qoldirilishi mumkin. 
27. YUOR qurilmasi bilan jixozlangan, yuklanmagan transformatorni salt 
yurish tokini ajratgich (alohidalagich) bilan uchirish zarurati bo‗lganda, iste‘molchi 
tomonidagi yuklama olingandan sung, almashlab ulagich normal kuchlanishga mos 
keladigan holatga quyilishi kerak. 
28. Puflab va moyi bilan tabiiy sovitiladigan transformatorlarni to‗liq yuklama 
bilan, sovuq moyi bilan harorat minus 40°S dan kam bo‗lmaganda ishga 
tushirishga ruxsat beriladi. 
Harorat minus 40 °S dan past bo‗lganda, transformator salt yurish toki bilan 
yoki nominalning 50% idan ortiq bo‗lmagan yuklama toki bilan minus 40°S gacha 
qizdirilishi, sungra yuklama ko‗paytirilishi kerak. 
29. Yo‗qolishlarni kamaytrfish maqsadida, har bir elektr qurilma uchun 
yuklama grafigidan kelib chikib, parallel ishlayotgan transformatorlaning optimal 
sonini aniqlash va unga rioya qilish kerak. 
30. Montaj qilingan zadira transformatorlar doimo ishga tushirilishga tayyor 
holda saqlanishlari shart. 
31. Transformatorlarning parallel ishlashiga quyidagi shartlarda ruxsat etiladi: 
cho‗lg‗amlarining ulanish guruxlari bir xil bo‗lganda; 
transformatorlar quvvatining nisbati 1:3 dan ortiq bo‗lmaganda; 


40 
transformatsiya koeffitsientlarining farqi ± 0,5% dan ortiq bo‗lmaganda; 
qisqa tutashuv kuchlanipshari, parallel ishga tushirilayotgan transformatorlar 
qisqa tutashuv kuchlanishlarining arifmetik qiymatidan ± 10% dan ortiq farq 
qilmaganda; 
ishga tushirishdan oldin transformatorlar fazirovka qilingan bo‗lganda. 
32. Diska tutashuv kuchlanishi turlicha bo‗lgan paralel ishlayotgan 
transformatorlar orasida yuklamani tenglashtirish uchun, transformatorlardan 
birontasi xam uta yuklanmaganligi sharti bilan, tarmoqlanishlarni almashlab ulash 
yuli bilan transformatsiya koeffitsientini katta bo‗lmagan chegaralarda 
o‗zgartirishga ruxsat beriladi. 
33. Past kuchlanish tarafida, chulgamlari nol chikishli yuldo‗z-yuldo‗z sxemasi 
bo‘yicha ulangan kuruk transformatorlarning neytralidagi tok, nominal faza 
tokining 25% idan ortmasligi shart. 
34. Transformatorlarni (reaktorlarni), ularni uchirmasdan turib ko‗rikdan 
o‗tkazish quyidagi muddatlarda o‗tkazilishi shart: 
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‗lgan podstansiyalardagi bosh pasaytiruvchi 
transformatorlarni -1 sutkada bir marta
xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‗lgan podstansiyalardagi qolgan 
transformatorlarni va xodimlarni doimiy navbatchiligi bo‗lmagan podstansiyalar 
transformatorlarini - oyda 1 marta; 
transformator punktlarida -oyda 1 martadan kam emas. 
Mahalliy sharoitlar va transformator (reaktor) holatiga qarab ushu muddatlar 
korxonaning elektr xo‗jaligiga javobgar tomonidan o‗zgartirilishi mumkin. 
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ko‗rikdan o‗tkazish 
(ko‗zdan kechirish) quyidagi lollarda o‗tkaziladi: yomon ob-havo ta‘siridan keyin 
(momokaldirok, haroratning keskin o‗zgarishi, kuchli shamol va boshqalar); 
gaz himoyasi signalga ishlaganda, shuningdek transformator (reaktor) gaz yoki 
(va) differensial himoya ta‘sirida uchirilganda. 
Transformatorlarni ko‗rikdan o‗tkazishda quyidagilar tekshirilishi shart: 
termometrlar va manovakuummetrlar ko‗rsatkichlari; transformator korpusining 
pulati va moy oqishini yo‗qligi, kengaytirgichdagi moy satxini harorat belgisiga 
mosligi va moyli kirishlarda moyning mavjudligi; 
moy sovituvchi va moy yiguvchi qurilmalarning, shuningdek izolyatorlarning 
holati; 
shinalarni va kabellarni holati, kontakt birikmalarda qizishning yo‗qligi; 
signalizatsiya qurilmalarini va o‗tish saqlagichlarini butligi; 
yerga ulash tarmogining pulati; 
moy o‗zluksiz regeneratsiyalanadigan moy tozalash kurilmalari, termosifonli 
filtrlar va nam yutuvchi patronlarning holati; 


41 
transformator xonasining holati. 
35. YUOR siz transformatorlarni uchirib joriy ta‘mirlash quyidagi muddatlarda 
o‗tkaziladi: 
markaziy taqsimlovchi podstansiyalarning transformatorlarini — kamida 2yilda 
1 marta; 
kuchli ifloslanadigan joylarda o‗rnatilgan transformatorlarni — mahalliy 
yuriqnomalar bo‘yicha; 
barcha qolgan transformatorlarni — zaruriyat bo‘yicha, lekin kamida 4 yilda 1 
marta. 
YUOR li transformatorlar va avtotransformatopni joriy ta‘mirlash har yili 
amalga oshiriladi. 
YUklama ostida kuchlanishni rostlovchi qurilmalarning navbatdan tashqari 
ta‘mirlash, zavod yuriqnomalariga muvofiq, almashlab ulash bo‘yicha 
operatsiyalarniig ma‘lum sonidai keyin o‗tkaziladi. 
Transformatorlarni (reaktorlarni) navbatdan tashqari ta‘mirlash, agar uning 
biron-bir elementidagi nuqson ishlamay qolishga olib kelishi mumkin bo‗lsa, 
amalga oshirilishi kerak. Transformatorni (reaktorni) ta‘mirlashga chiqarish 
haqidagi qarorni korxona rahbari yoki elektr xo‗jaligiga javobgar qabul qiladi. 
D, DS va S sovitish tizimlarining joriy ta‘mirlari har yili amalga oshiriladi. 
Transformatorlarni joriy ta‘mirlash bilan bir vaqtda kirishlarni joriy ta‘mirlari xam 
o‗tkaziladi. 
36. Transformatorlarni ishlashdan avariyaviy tuxtatish quyidagi hollarda zarur: 
transformator ichida kuchli notekis shovqin va chirsillash bo‗lganda; 
normal yuklamada va sovitish qurilmasining ishlashida, transformatorning 
normal bo‗lmagan va doimo usayotgan qizishida; 
kengaytirgichdan moy tashqariga otilib chiqqanda yoki chiqarish quvuri 
diafragmasi yorilganda; 
moyning oqishi bilan uning satxi moy ulchagich shishasining satxidap pastda 
bo‗lganda. 
Transformatorlar laboratoriya taxlillari bo‘yicha zudlik bilan moy almashtirish 
zarur bo‗lganda xam ishdan tuxtatiladilar. 
37. Quvvati 160 kVA va undan Yuqori bo‗lgan transformatorlar moyni 
termosifonli va adsorbsion filtrlar orqali o‗zluksiz regeneratsiyalash tizimi bilan 
ekspluatatsiya qilinishlari shart. 
Transformator kengaytirgichidagi moy, atrofidagi havo bilan bsvosita tegishdan 
himoyalangan bo‗lishi shart. 
Moy namlanishining oldini oladigan maxsus qurilmalar bilan jixozlangan 
transformatorlarda, ushbu qurilmalar transformatorning ishlash rejimidan qat‘iy 


42 
nazar doimo ulangan bo‗lishlari shart. Mazkur qurilmalarni ekspluatatsiya qilish 
ishlab chiqaruvchi zavod yuriqnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Moy bilan to‗ldirilgan kirishlardagi moy oksidlanish va namlanishdai 
himoyalangan bo‗lishi shart. 
38. Balansida moy bilan tuldirilgan uskunalari bor korxonalar, eng katta 
sig‗imli apparatning kamida 110% xajmida izolyasion moyning kamaymaydigan 
zaxirasini saqlashi shart. 
39. Transformator moylarining Elektr uskunalarni SNvaM ga munofpq 
profilaktik sinovlari o‗tkazilishi shart. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish