I.2. Suriya isyoni Yaqin Sharq davlat chegaralarini o‘zgartirish
Image caption Suriyadagi kurd faollari Turkiya bilan chegaradagi shahar ustidan nazoratni qo‘lga olganlar.
Suriya boshboshdoqlik girdobiga cho‘mib, parchalanish yoqasiga kelib qolarkan, bundan aksar Kurdlarning yutib qolish imkonlari kuchaymoqda.
Ammo ko‘p millionli kurdlar yashovchi qo‘shni Turkiya voqealar rivojidan chuqur tahlikada.
Suriya aholisining 10% kurdlar. Ular mamlakat shimolida, Turkiya chegaralarida yondosh mintaqalarda yashashadi.
Ozchilik bo‘lsa-da, uzoq yillar Curiyani boshqarib kelayotgan shia alaviy elitasi boshqa sunniy arablar kabi, kurdlarni ham hokimiyatga yaqin yo‘latmagan.
Ammo agar Bashar al-Assad tuzumi qulatilsa, Suriya kurdlari bu o‘zgarishdan eng ko‘p manfaat topadigan jamoa bo‘ladi, degan qarashlar kuchli.
“Suriya parchalanmoqda va Assad oilasi boshqaruv davridagi holatida qayta birlashishi ehtimoli juda kam” – deydi Amerikalik siyosatshunos Aron Devid Miller.
Do'stlaringiz bilan baham: |