Zbekiston respublikasi mudofaavazirligi



Download 126,2 Kb.
bet5/15
Sana28.07.2021
Hajmi126,2 Kb.
#131450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ботиров Б

Harakatga munosabat: Hozirgi kunda “Islom davlati” tomonidan boshqaruv o‘rnatilgan hududlarda na islomiy va na insoniy tamoyillarga to‘g‘ri keladigan qonunlar joriy qilinmoqda. Jumladan, xristian dini vakillarini “zimmiy” hukmida hisoblab, ulardan “jizya” solig‘ini majburlab undirish, ularga xoch osib yurmaslik, ibodat vaqtida ovoz kuchaytirgichlardan foydalanmaslik kabi taqiqlar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, har qanday musiqiy disklar yoki musiqa asboblarini sotish ham man etilgan. Musulmon ayollarga nisbatan esa o‘ta mutaassibona hukmlar joriy qilinib, ularni buzganlarga o‘rta asr jazo metodlari qo‘llanmoqda. Butun dunyo musulmon ulamolari “Islom davlati”ning faoliyatini tanqid qilib, harakat tomonidan e’lon qilingan xalifalik islom ta’limotlariga zid ekani va uni tan olib bo‘lmasligini ta’kidlamoqdalar.

IShIDning paydo bo‘lishiga 10 ta sabab:

1. Iroqdagi notinchlik.

2. Suriyadagi keskin vaziyat.

3. “Al-Qoida”ni siyosiy maydonda sustlashishi.

4. Katta neft zaxiralarining terrorchi tashkilotlarning tasarrufiga o‘tishi.

5. O‘z vaqtida bu tashkilotga nisbatan pisand qilmaslik kayfiyati bo‘lgani bois.

6. Mutaassib shaxslarning “Islom davlati”ga qo‘shilishi tugamayotgani.

7. Internet - tashkilotning asosiy targ‘ibot vositasi sifatida.

8. Tashkilotning faoliyati o‘ta shafqatsizlikka asoslanganligi va uni namoyish qilishi.

9. “Islom davlati” o‘z tashkilotiga qo‘shilmaganlarni omma oldida jismonan yo‘q qilishni lozim topgani.

10. Jahon siyosiy hamjamiyati hali-hamon bu terroristik tashkilotga so‘nggi qarorini bildirmayotganida.

“Islom davlati” firqasining  xatolari va botil e’tiqodda ekanligini ochiq-oydin isbotlovchsi 20 ta raddiya.  Quyida Alloh  buzg‘unchilikni sevmasligini,  bunday harakatlar islom dini ta’limotiga mutlaqo zid ekanini, sog‘lom e’tiqoddan adashib, zalolatga yuz tutib, barcha buzg‘unchiliklar va fitnalar girdobida o‘ralashib qolgan mazkur tashkilotga qarata Qur’oni karim, hadisi sharif hamda dunyoning mashhur va yetakchi ulamolarining raddiyalarini keltiramiz:



1. Alloh taolo O‘zining kalomi Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:  “Ularga: “Er yuzida fasod (buzg‘unchilik) qilmangiz!”  –deyilsa,  ular:  “Albatta,  biz  chin islohchilarmiz”, – deydilar. Ogoh bo‘lingki, aynan ularning o‘zlari buzg‘unchilardir, lekin (buni o‘zlari) sezmaydilar”.  (Baqara, 11-12). Imom Muslim  rivoyat  qilgan  hadisi sharifda shunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.) (xorijiylar haqida ogohlantirib): “Ular Qur’onni o‘qiganda o‘zlarining foydasiga deb o‘ylaydilar, aslida esa u ularning zarariga yuradi”, – dedilar”.

Dunyoning bir yuz yigirma oltita (126 ta) ulamolaridan iborat olimlar Abu Bakr Bag‘dodiy laqabli Doktor Sa’id Ibrohim Avvadal-Badriyga hamda “Islom davlati” nomi bilan faoliyat yuritayotgan ekstrimistik tashkilotlarga mansub bo‘lgan shaxslarga va jangchilarga “Ochiqxat” yuborishdi. Ushbu “Ochiq xat”da keltirilgan mazkur tashkilot tomonidan sodir etilayongan ayrim xatolarni iqtibos tarzida keltiramiz:



2. Alloh taolo Isro surasida shunday marhamat qiladi: “Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni o‘ldirmang. Haq ila bo‘lsa, mustasno” (33-oyat).  Yana Alloh taolo An’om surasida shunday deydi: “Aytgin: “...Alloh harom qilgan jonni o‘ldirmang. Haq ila bo‘lsa, mustasno. Ushbularni sizga tavsiya qildikki, shoyad, aql yuritsangiz” (151-oyat). Alloh taolo Moida surasida marhamat qiladi: “SHuning uchun ham Banu Isroilga: “Kim bir jonni biror jon sababisiz yoki yer yuzida buzg‘unchilik qilmasa ham o‘ldirsa, xuddi hamma odamlarni o‘ldirgandek bo‘ladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo‘ladi”, – deb yozdik. Batahqiq, rasullarimiz ularga ochiq-oydin hujjatlar olib keldilar. So‘ngra, o‘shandan keyin ham ulardan ko‘plari yer yuzida haddan oshuvchilardan bo‘ldilar” (32-oyat). “Islom davlati” esa juda ko‘p begunoh odamlarni o‘ldirishni o‘zlariga ravo ko‘rmoqda. Qatl etilayotgan insonlar jangchi ham, hatto qurollangan ham emas edilar. Ular sizlardan boshqacha fikrdagi odamlar edi, xolos.

3. Ma’lumki, barcha dinlarda elchilarni o‘ldirish haromdir. Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: “Joriy bo‘lgan sunnatga ko‘ra, elchilar qatl qilinmaydi”.

4. Bu ulkan, muhim, uzun mavzu borasidagi gapni muxtasar qiladigan bo‘lsak, sizlar ayollarni qamoqlardagi, kontslagerlardagi sharoitga solib qo‘ydingiz. Ularni o‘z qarashingizga ko‘ra kiyinishga majburladingiz, ko‘chaga chiqishlarini va ta’lim olishlarini man qildingiz. Holbuki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ilm talab qilish har bir musulmonga farzdir” deganlar. Qur’oni Karimdan birinchi tushgan so‘z “O‘qi!” bo‘lgan. Alloh taolo Niso surasida “Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo‘rqinglar! U bilan o‘zaro so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik(aloqalari)dan qo‘rqing. Albatta, Alloh ustingizdan kuzatib turuvchidir” degan (1-oyat).  Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ayollarga yaxshilik qiling”, deganlar.

5. Sizlar bolalarni urushda, odam o‘ldirishda qatnashishga majburladingiz, ularni shunga o‘rgatdingiz. Alloh taolo Niso surasida marhamat qiladi: “Sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh hamda «Robbimiz, bizni ushbu aholisi zolim shahardan chiqargin, bizga O‘z tomoningdan valiy ato qilgin va O‘z tomoningdan yordamchi bergin”, deyayotgan xo‘rlangan erkagu ayol va bolalar yo‘lida jang qilmaysizlar?!” (75-oyat).

6. Hadlar islom shariatida vojibdir, bundan boshqacha emas. Lekin, hadlarni tatbiq qilish uchun avval ogohlantirish, hushyorlikka chaqirish lozim. Qiyinchilik paytlarda hadlar tatbiq qilinmaydi. Masalan, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ba’zi holatlarda hadlarni qoim qilmas edilar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ochlik yillarida hadlarga amal qilmay qo‘ygani ma’lum va mashhurdir. Barcha shar’iy mazhablarda hadlarni ijro qilish ochiq-oydin bo‘ladi, rahm-shafqat bilan tatbiq qilinadi, ularning shartlari had tatbiq qilishni og‘ir bir ishga aylantirib qo‘yadi.

7. Jangchilaringiz odamlarni faqat o‘ldirish bilan kifoyalanib qolishmadi, balki qatlga xorlash, tahqirlash, masxara qilishni qo‘shishdi. Alloh taolo Hujurot surasida: “Ey iymon keltirganlar! Bir qavm boshqasini masxara qilmasin, ehtimol, ular bulardan yaxshiroqdir” (11-oyat).

8. Shar’iy va fiqhiy jihatdan xalifalik – rahbarlikni anglatadi. Xalifa esa lug‘aviy va shar’an islom ummatining rahbaridir va xalq nomidan ish ko‘ruvchi vakilidir.

Mazkur guruhning (ID) xalifalikni e’lon qilishi uni yo‘lga qo‘yish uchun yetarli emas va bu yuqoridagi shar’iy haqiqatlarga mutlaqo ziddir.



9. Islomda barcha davlat va shar’iy boshqaruv ishlari “sho‘ro” (maslahat kengashi) asosida amalga oshiriladi. Bu borada Alloh taolo: “...Ularning ishlari o‘zaro maslahat (bilan) bo‘lur...”, degan (Sho‘ro,38) va yana “...va ular bilan kengashib ish qiling!...” deydi (Oli Imron, 159). Umar ibn Xattobni, Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib (r.a.)larni xalifalikka saylash maslahat kengashi bilan amalga oshirilgan.


Download 126,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish