240
Inson nima va uning mohiyati qanday degan savollarga javob topish uchun yo‗l ochadigan
ba‘zi bir muhim muammolarning ta‘riflanishini ham ilmiy tadqiqotlarning shak-Shubhasiz natijasi
deb hisoblash lozim. Ularning eng muhimi – insonning kelib chiqishi, Shuningdek ong, til, ijod,
axloq, ma‘naviyat va Shu kabilarning tabiatini aniqlashdir.
Ko‗rsatilgan muammolarni anglab etishga ahd qilgan har qanday odam,
hayot nima?
birinchi odam qaerda va qachon paydo bo‗lgan?
inson ma‘naviyatining tabiati qanday?
Erda inson paydo bo‗lishining sababi nimada?
bunda muayyan mantiq, qonuniyat, azaldan belgilangan muqarrarlik mavjudmi yoki
bunga qandaydir tasodif, anomaliya, kimningdir xohish-istagi sabab bo‗lganmi?
hayot kosmik hodisami yoki faqat bizning sayyoramizda mavjudmi?
inson butun Koinotdagi birdan-bir aqlli mavjudotmi?, kabi masalalarni e‘tibordan
chetda qoldirishi mumkin emas.
Bu va boshqa Shunga o‗xshash masalalar echimini topish ustida falsafiy tafakkur ham,
ilmiy
tafakkur ham tinimsiz izlanadi. Ammo tabiatShunoslik uchun ularning aksariyati nafaqat mushkul,
balki echib bo‗lmaydigan, ba‘zi bir hollarda esa umuman ochiq masalalar hisoblanadi, chunki ular
xususida mavjud bilimlar Shu qadar oz, Yuzaki va muammolarga to‗laki, bunday bilimlarga
asoslangan mulohazalar (boshqacha mulohazalar umuman mavjud emas) o‗zining ishonchlilik
darajasiga ko‗ra taxminiy xususiyatga ega bo‗lishi mumkin.
Ammo fan o‗z kuchini yo‗qotgan, yoki, hali kuchga to‗lmagan joyda aniq ta‘riflar, bir
xillashtirilgan til, yagona metodologiya va ishonchli dalillar bilan cheklanmagan falsafa o‗zini erkin
his qiladi. Bu muayyan soha – antropologiyada o‗z ifodasini topadi.
Falsafa «boqiy» masalalarni o‗rganar va butun borliqning dastlabki asoslari va muhim
qadriyatlarini aniqlashga harakat qilar ekan, u uzil-kesil echimlar va shak-Shubhasiz javoblar
olishga da‘vogarlik qilmaydi. Sinovdan o‗tkazilgan dalillar va isbotlangan asoslarning yo‗qligi uni
xijolatga solmaydi,
zero falsafa intuitsiya, g‗oyibona ta‘sir, ilhom, mantiqiy kuchga asoslangan
farazlar, taxminlar, to‗ldirishlar bilan kifoyalanadiki, bu unga mavjud bilimlar va shakllangan
tasavvurlar doirasidan chetga chiqib, aniq isbotlangan ilmiy echimga ega bo‗lmagan narsa yoki
hodisani o‗zgacha tarzda, erkin tushuntirish imkonini beradi. Shu tariqa falsafa insonni bilish
chegaralarini
kengaytirib, uni nafaqat yuqoriroq darajaga ko‗taradi, balki Yangi muammolarni
qo‗yish imkonini beruvchi Yangicha yondashuvlar, o‗zgacha nuqtai nazarlar va eng muhimi – eski
muammolarning Yangicha talqinlari bilan boyitadi.
Shu ma‘noda S.SHeroziyning «Inson nimadan boshlanadi?», degan savolga hech
ikkilanmasdan: «Inson marhumga motam tutishdan boshlanadi», deb javob beradi
84
. Dunyoga
keldimu, bozorga bordim, kafanni oldimu, mozorga bordim
85
.
Shunday qilib, haqiqiy falsafada muayyan masalalar, ayniqsa inson bilan bog‗liq murakkab
masalalar xususida bir xil fikrlash hollari kuzatilmaydi. Bundan farqli o‗laroq, fanda bir fikrlilik u
yoki bu muammoning uzil-kesil echimi topilganidan dalolat beradi. Masalan, «abadiy dvigatel»ni
yaratish masalasi xususida olimlar orasida to‗la bir fikrlilik hukm suradi: hozirgi zamon
tabiatShunosligi qonunlariga muvofiq bunday dvigatelni yaratish mumkin emas.
Ammo fandan
farqli o‗laroq, falsafaning o‗ziga xos xususiyati Shundan iboratki, u har qanday hodisani o‗rganish
va tushunishda tayaniladigan qadriyatlar va mo‗ljallar tizimidan tashkil topadi. Ayni Shu sababli bu
erda u yoki bu faylasufning dunyoni qanday tushunishi, uning hayotga munosabati, ayniqsa, muhim
rol o‗ynaydi. U qaysi aksiomalarni ilgari surishi, qaysi ustuvorliklarni qayd etishi, nimani muhim
deb hisoblashi, nimaga ishonishi yoki ishonmasligidan faylasufning boshqa narsalarga bo‗lgan
tegishli munosabati, uning umumiy va xususiy masalalarga doir falsafiy pozitsiyasi kelib chiqadi.
Shunday qilib, bilimni umumiy maxrajga keltirish an‘anasi uzoq vaqt hukm surgan fandan
farqli o‗laroq, falsafa har xil, Shu jumladan bir-birini istisno etadigan nuqtai nazarlarni ilgari suradi,
84
Қаранг: Саъдий Шерозий. Рубоийлар. –Т.: Шарқ, 1995. –Б.26
85
Саъдий Шерозий. Рубоийлар.–Т.: Шарқ, 1995. –Б. 26
241
ayni bir hodisalar va ob‘ektlarni tushunishga nisbatan har xil yondashuvlarni ta‘riflaydi. Insonni
tushunishga doir turli-tuman falsafiy konsepsiyalarning ko‗pligi ayni Shu hol bilan izohlanadi. Bu
konsepsiyalarda inson azaldan dam umumiy obraz sifatida, dam o‗z individual borlig‗idagi
muayyan odam sifatida, dam boshqa odamlar, jamoa, jamiyat, insoniyat bilan, nihoyat, tabiat,
kosmos bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan aqlli mavjudot sifatida talqin qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: