«Foyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta‘limoti
ning asoschisidir. Uningcha, g‗oya
haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o‗zgarish va
taraqqiyot g‗oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. Foyalar
dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam
uchraydi, ular ulkan aql egasi bo‗ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa,
soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.
Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs,
ayniqsa podshoni shaxsi nuqtai nazaridan o‗rgangan. Uning fikricha, podsho haqiqatparvarlik,
oqillik, mardlik, adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‗lishi lozim; umuman olganda, podshoda
insonning barcha qobiliyatlari mavjud bo‗lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal
davlat nazariyasini yaratadi. U davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya, aristokratiya va
demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‗rinishda: qonuniy va noqonuniy yoki zo‗rlik
ishlatishga asoslangan ko‗rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning qonuniy shaklini ma‘qul
ko‗radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar. Platon
o‗zining «Davlat» asarida bu haqda Shunday deb yozadi: «Agar qashshoq va yo‗qsillar o‗z shaxsiy
manfaatlarini qondirishni ko‗zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo‗lga kiritgan bo‗lsalar,
bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat bellaShuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush
uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni
sevguvchi kishilar qo‗liga o‗tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida raqiblar
bellashadi...»
58
.
Aflotunning jamiyat va davlat to‗g‗risidagi ta‘limoti uning dunyoqarashida markaziy o‗rinlardan
birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo‗lib
qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo‗lgan. Aflotun ijtimoiy-
siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib qoldirgan.
«Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to‗g‗risidagi qarashlarini markaziy ta‘limoti
— g‗oyalar nazariyasi bilan uzviy bog‗liq holda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning to‗rtta shakli
mavjud: teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat to‗g‗risidagi orzulari
negizida adolat g‗oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a‘zolarining odil jamiyatdagi
qonunlarga bo‗ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.
Platonning «Dialoglar» asarida
taqdir, qarilik, fazilatlar, oqillik, adolat, sabr-toqatlilik, sovuqqonlik, vijdonlilik, erkinlik, kamtarlik,
olijanoblik, tinchlikparvarlik, engiltaklik, do‗stlik, mehr-muruvvatlilik, e‘tiqod, teran fikrlash kabi
tushunchalarga ta‘rif berilgan
Aflotunning shogirdi va safdoshi
Arastu
(384 — 322 yillar) (asli — Aristotel) qadimgi
Yunonistonning buyuk faylasufi, o‗zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan
mashhurdir. O‗n etti yoshida o‗z ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan
akademiyaga o‗qishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning o‗limiga qadar) Shu erda tahsil olgan.
Keyinchalik Makedoniya podshosi Filippning II taklifiga binoan, uning o‗g‗li Aleksandrga 3 yil
muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik maqomiga
ko‗tarilgan iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo‗lgan. Filippning o‗limidan
keyin Aleksandr taxtga o‗tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli maktab
ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bo‗lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr
tomonidan ko‗rsatilgan himmat va rag‗batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan keyin
58
Платон \\ Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литература, 2001. –С. 782.
99
unga qarshi kuchlar bosh ko‗tarib, Arastuni dahriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin
Evbey oroliga ko‗chib ketgan Arastu ko‗p o‗tmay o‗sha erda vafot etgan.
Arastu zabardast olim bo‗lib, mantiq, psixologiya, falsafa, axloq, notiqlik san‘ati, tabiiy fanlar
bo‗yicha o‗lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni o‗rganishga
qartilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini «Organon» («Qurol») nomli asariga jamlagan.
Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo‗lgan. Amaliy fanlar
shogirdlarga yo‗l-yo‗riq ko‗rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yo‗naltirilgan. U
nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |