Odil Yoqubov



Download 53,5 Kb.
Sana14.01.2020
Hajmi53,5 Kb.
#34038
Bog'liq
izzat

Odil Yoqubov

Odil Yoqubov-o`zbek adabiyoti taraqqiyotining 20 asr 50-yillaridan boshlangan yangi bosqichida yetishgan navqiron adabiy avlodning karvonboshilaridandir.

Adibning hayot va ijod yo`li. Odil Yoqubov tabiatatn faol, jamoatchi shaxs. U jamoat islariga hayotini tikkan, shu yo`lda qurbon bo`lgan ota farzandi. Bolalikdanoq 30-yillarning talotumalari, so`ng urush davri suronlari qo`ynida, odamlar orasida mashaqqatli mehnat jabhalarida toblangan, faqat oilaviy hayotdagi ko`rgiliklari emas, el-yurt tashvishlari bilan yonib yashashga o`rgangan. Ikkinchi jahon urushining oxirgi yillarida yoshiga bir yosh qo`shib, o`z arizasiga ko`ra armiya xizmatiga kirib, Uzoq Sharqdagi janglarda ishtirok etgan; uning talabalik yillari, turli tahririyatdagi xizmatlari, “Literaturnaya gazeta”dagi muxbirlik, “O`zbekiston adabiyoti va san`ti”ga bosh muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik, sobiq Ittifoq Oliy Sovetining deputati sifatidagi jo`shqin, fidokorona faoliyati bilan el-yurtda katta shuhrat qozongan. Hozir keksalik chog`ida ham Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika atamashunoslik qo`mitasi raisi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining birinchi vitse-prezidentidek mas`uliyatli va sharafli vazifalarni ado etib kelayotir.

Hayotda yonib yashash, yonib ijod qilish-adibning bosh shiori. Yonib yashagan odamlar-asarlarining bosh qahramoni. Uni elga tanitgan “Muqaddas”, “Er boshiga ih tushsa”, “Izlayman”, “Diyonat”, “Oq qushlar oppoq qushlar”, “Adolat manzili”, “Ulug`bek xazinasi”, “Ko`hna dunyo”, “Bir koshona sirlari” asarlari qahramonlari olovqalb odamlardir, ular bamisoli ko`z o`ngingizda yonib, o`zgalarni kuydirib, yondirib ko`ngil o`kinchlari, armonlari, faryodlar bilan o`quvchi tomoshabin qalbiga o`t soluvchi otash, taftiga dosh berish mushkul alanganing o`zginasidir.

Yozuvchining nasrida zamondoshlar obrazi, davr muammolari talqini

O. Yoqubov adabiyotga o`z tengdosh-zamondoshlari kuychisi, solnomachisi sifatida kirib keldi, asarlarida birinchi galda o`z davrining o`tkir, ijtimoiy-ma`naviy masalalarini ko`tardi. O. Yoqubov harbiy xizmatda ekanidayoq ko`p ijodiy mashqlar qilgan. 1951-yili “Tengdoshlar” degan qissasi bosildi. Shundan keyin o`n yil davomida bir necha asarlar e`lon qildi. Ammo Odil Yoqubovni yozuvchi safatida elga tanitgan asari 1960-yilda yozilgan, 1961-yili e`lon qilingan “Muqaddas” qissasi bo`ldi. Ham ma`yus, ham allaqanday nurli ohanglarga to`la bu sevgi dostoni qizg`in bahs munozaralarga ozuqa berdi. Bu asar shunchaki ikki yoshning sevgi qissasidan iborat bo`lmay, unda sevgi bahonasida insonning inson, el-yurt oldidagi burchi, halollik, adolat, diyonat kabi masalalar ko`tarilgan edi.

Muallif “Muqaddas” qissasida hayotning o`zidan olgan zavqini, o`z yurak dardini, hayajonlarini izhor etdi, o`zi qalamga olgan hodisalarni murakkabligi, ziddiyatlari, chinakam nafosati bilan kitobxonga yetkaza oldi. Qissada ikki yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va tashvishlari nihoyatda samimiy hikoya qilingan. Eng muhimi, yozuvchi aytmoqchi bo`lgan gap kitobxon ko`nglini hayajonga soladigan go`zal bir badiiy shaklni topa olgan. Qissa qahramoni Sharifjon muayyan bir vaziyatda o`z irodasiga, vijdoni e`tiqodiga xilof ravishda xudbinlik ko`chasiga kiradi. O`zgalar manfaatigazid bu hatti-harakat, avvalo, qahramonning o`zi uchun noxushlik olib keladi; eng aziz bisoti-sevgilisidan judo bo`ladi. Sharifjonning qing`ir yo`llar bilan sevgilisi Muqaddas o`rniga o`qishga kirib qolishi bir tasodif. Ammo shu tasodif zamirida yozuvchi hayotning muayyan haqiqati, ziddiyati, falsafasini ko`radi, ya`ni bu dunyoda ko`pchlik manfaatiga zid xatti-harakat o`sha odamning shaxsiy manfaatiga zid tushishi mumkinligini juda nozik va ta`sirchan ifoda etadi.

“Muqaddas” yozuvchining bosh estetik, ahloqiy prinsiplarini tasdiq etuvhi asar sifatida ham qimmatli. “Muqaddas” so`zi faqat qissa qahramoni nomi bilangina bog`liq bo`lmay, yozuvchi asarda zo`r ehtiros bilan ilgari surgan-vijdon, burch, diyonat, imon-e`tiqod g`oyasini ham o`zida ifodalaydi. “Muqaddas”dan tortib “Diyonat”, “Adolat manzili”ga qadar e`tiborga sazovor barcha asarlarida xuddi shu muammo adibning diqqat markazida turadi.



O. Yoqubov zamondoshlari haqidagi “Bir felyeton qissasi”, “Qanot juft bo`ladi”, “Matluba” qissalari, “Er boshiga ish tushsa”, “Diyonat romanlarida ko`pchilikni hayajonga solayotgan katta ijtimoiy masalalarga e`tibomi tortdi. Ayniqsa, «Diyonat» romanida muallif 70-yillarda hayotda keng ildiz otgan turg`unlik mafkurasining zararli oqibatlarini zo`r ijodiy jasorat va rostgo`lik bilan ko`rsatdi. Adib roman ustida ishlar ekan, hayotda ko`p uchratgan, dilida chuqur asorat qoldirgan bir hodisaga o`z munosabatini bildirishni-«katta ishlar qildim» degan bahonada odamlarning boshiga chiqib olgan, qonunchilikni oyoqosti qilishdan ham toymaydigan ulkan xo`jalik rahbari obrazini yaratish, uning parvozi va inqirozini ko`rsatishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. «Men hayotda ko`p adolatsizliklarga sabab bo`lgan bunday rahbarlar haqidagi o`ylarim va ko`rgan-kechiiganlarimni romandagi Otaqo`zi obrazida mujassamlashtirishga harakat qildim»,-deb yozadi muallif.

Ma`lumki, o`zbek adabiyotida 50-60-yillarda ham shunday o`zboshimcha rahbar xodim obrazlari ko`p yaratilgan. Ularning ko`pchiligi nuqul bir yoqlama-salbiy xususiyatlar qorishmasidan iborat. Otaqo`zi ulardan farqli o`laroq, murakkabligi, kuchli va ojiz tomonlari bilan berilgan. Uning bilim, fikr, manfaat doirasi xiyla keng. Erta-yu kech el-yurt ishi bilan band bu rahbar xodim oila, farzandlari, qarindosh-urug`lar taqdirini ham o`ylaydi. Boshda u dilkash, tanti odam sifatida ko`rinadi. Ammo u bora-bora nobop ijtimoiy muhitda o`jar, mag`rur, o`zboshimcha, shafqatsiz, toshbag`ir kimsaga aylanadi. Asarda Otaqo`zi tomonidan o`tkazilgan zug`umlar, o`zboshimchaliklar bilan barobar, bu zug`umlarning aks-sadosi, hayot qarshiliklari tufayli zo`ravon Otaqo`zi boshiga tushgan chigal savdolar, qalbidagi qiynoqlar ham mahorat bilan tasvirlangan.



«Otaqo`zilar qilgan adolatsizliklarni butun borligicha ko`rsatish uchun unga qarshi turadigan nihoyatda pok va halol bir inson, katta shaxs zarur edi,-deydi yozuvchi. -Baxtimga men hayotda faqat Otaqo`zi kabi nohalol kimsalarni emas, Normurod Shomurodovga o`xshagan nihoyatda pok, halol, insofli, diyonatli insonlarni ham ko`p uchratgandim».

Yozuvchi inqirozga yuz tutgan Otaqo`zi bilan barobar Normurod domla hayoti fojiasini ham mahorat bilan ochib beradi. Bu odam uzoq va shonli hayot yo`lini bosib o`tgan. Biroq taqdir uni siylamagan, boshiga ko`p kulfatlar tushgan. U bor kuch-quvvatini, umrini fan, adolat, el-yurt ishiga fido etib, evaziga el-yurtdan hech narsa talab va ta`ma etmaydi. U roman asosida yotgan diyonat, e`tiqodning o`ziga xos timsoli. U e`tiqod, adolat yo`lida hech kimni, hatto o`zini ham ayamaydi. Adolat, diyonat deb u o`zini ko`p qiynoqlarga giriftor etadi, ma`naviy tuban kimsalar bilan olishadi, bu olishuvlar Normurod domla dilini vayron etadi. Domlada diyonat, adolat, e`tiqod yo`lidagi qat`iylik, chuqur insonparvarlik, zabunlarga mehr, hamdardlik tuyg`usi bilan yo`g`rilib ketgan; shuning uchun ham undagi o`jarlik, qat`iylik o`ziga xos joziba kasb etgan.

Muallif Normurod domla obraziga xos yetakchi fazilatlar-diyonat, metindek e`tiqod jozibasini ochish bilan kifoyalanmay, bu xislatlarning ijobiy ta`sir kuchini, qudratini ham ko`rsatishga muyassar bo`lgan. Bir qarashda domla musibatlar girdobida qolgan ayanchli shaxs. Ayni paytda kitobxon bu odam ayanchli, nochor kimsa emasligini anglab turadi. Aslida u mardona, qahramonona ulkan shaxs. Bu adolatparvar, diyonatli, yuksak e`tiqodli odam qarshisida har qanday qing`ir, nopok shaxslar dovdirab qoladi; uning adolati, diyonati, e`tiqodi qarshisida hatto Otaqo`zidek zo`ravon odam ham oxiri bosh egadi. «Diyonat»ning mantiqiy davomi bo`lgan «Oqqushlar, oppoq qushlar», «Adolat manzili» romanlarida ham yozuvchi shu xildagi zamondoshlarining ehtiroslar bilan yo`g`rilgan yorqin obrazlarini yaratgan.

Adib dramaturgiyasi

O. Yoqubov dramaturgiyada ham barakali ijod qildi. 50-yillarda yaratgan «Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim», «Yurak yonmog`i kerak», «Olma gullaganda» dramalari o`z davrida yaxshigina dovruq qozongan edi. 90-yillari adib yana dramaturgiyaga qaytib, Amir Temur hayotining so`nggi kunlari, shaxsiy turmushi haqida asar yaratdi. Boshqa bir zamonaviy dramasi-«Bir koshona sirlari» jamoatchilik tomonidan yuksak baholandi, 2000-yilning eng yaxshi dramatik asari sifatida «Ofarin» mukofoti bilan taqdirlandi.

Drama nomiga qarab, u detektiv-sarguzasht asar emasmikan, degan o`yga borasiz. Darhaqiqat, unda qisman detektiv asarlarga xos ayrim xususiyatlar bor. Dramadagi voqea-mojarolar, asosan, yangi chiqqan tadbirkor millioner xonadonida, uning hashamatli, ko`rkam koshonasida, ayni shu koshona-ulkan moddiy boylik bilan bog`liq holda kechadi. Bu xonadonni maxsus soqchilar qo`riqlaydi, oshpaz-u xizmatchilar xonadon egalari xizmatiga kecha-yu kunduz shay turadi. Bu xonadonning sobiq bekasi kechagi oddiy do`kondor, ko`rkam va shaddod ayol Dilora, uning qo`lida ishlaydigan oddiy tachkachi Sarvar qanday qilib qisqa fursatda bunday hadsiz boylik-martabani qo`lga kiritdi, degan savol, shuningdek, ularning oilaviy tarixi sizni qiziqtiradi, asar davomida bu savollarga javob ham topasiz. Biroq asarni, undagi personajlarni harakatga keltirgan badiiy asos, bosh muammo bu emas. Undagi asosiy narsa moddiy boylik bilan ma`naviyat, o`tkinchi mayllar bilan tabiiy tuyg`ular, boqiy qadriyatlar orasidagi nomuvofiqliklardan kelib chiqqan ziddiyatlardir; aniqrog`i, mazkur drama qalb koshonasi sirlari, shaxs jumbog`i, inson qalbining hech qanaqa andazalarga sig`maydigan turfa jilolari, g`aroyib sinoatlari to`g` risidagi asardir.

Dramada yana bir jumboqqa duch kelasiz. Asar voqealari muhtasham koshona, badavlat xonadonga yondosh qo`shni-mo`jaz, kamtarona, oddiy ziyoli oilasidagi vaziyat bilan barobar kechadi. Bir qarashda bu kamtarona hayot keefrirayotganpokiza oila qo`shni badavlat oilaga qarama-qarshi qo`yilayotganday, bu oilaning turmush tarzi namuna-ideal qilib ko`rsatilayotganday tuyuladi... Biroq dramaturg bunaqa jo`n ibtidoiy talqindan qochadi. Ziyoli oila a`zolarining qo`shni xonadonga munosabati ikki xil: er Sarvarlar turmushidan xazar qiladi, xotin esa bu xonadon a`zolariga chin insoniy munosabatda bo`ladi. Sekin-asta bu ideal-namuna bo`lib ko`ringan oilaning ham o`ziga xos ichki ziddiyat-muammolari ayon bo`la boradi. Buyuk jarroh Darveshali turmush o`rtog`i shifokor Gulnozani har qancha yonib sevmasin, uning ko`yida telbalarcha parvona bo`lmasin, uni o`zgalardan qizg`anmasin, baribir bu dilbar ayolning ko`nglini ololmaydi, unga to`kis baxt hadya etolmaydi. O`n yildirki ular tirnoqqa zor. Gulnoza ham, o`z navbatida, eri va ustozi Darveshalini har qancha hurmat qilmasin, baribir o`zini undan qandaydir begona his etadi. Asarda bular haqida oshkora gap yo`q; bu nozik ruhiy dramatik jarayonni yurakdan his etib turasiz va uning intihosini yurak hovuchlab kutasiz. Uzoq davom etgan bu nozik ruhiy jarayon pirovardida portlashga olib keladi. Sarvar uchun eng og`ir damlarda Gulnoza ham qo`shni, ham shifokor sifatida uning yonida turib, bu samimiy yigitning qalb asrorini o`zicha kashf etadi, unga nisbatan hali sevgi deb bo`lmas, qandaydir ismsiz mayl uyg`onadi, ko`nglida u bilan haj safariga birga ketish istagi tug`iladi. Bundan ogoh bo`lgan Darveshali rashk, alam olovida jazavaga tushib, og`izga olib bo`lmas so`zlar bilan Sarvar va Gulnozaga hamlalar qiladi. Shu tariqa sehrli qo`llari, mislsiz jarrohlik iste`dodi bilan o`zi qayta jon ato etgan odamni o`zi jonidan judo etadi. Bunday shafqatsiz hamlasi bilan, o`z navbatida, Gulnoza qalb koshonasini ham vayron etadi. Shunisi muhimki, bunday shafqatsizlik-dag`allikka nisbatan na Sarvar, na Gulnoza qarshi zarba berish, shafqatsiziik qilish yo`lini tutmaydi. Sarvarning beozor o`limi, o`lim oldidagi vido so`zlari, Gulnozaning beozor, yuksak odob ila izhor etgan o`kinchlari har qanday kuchli javob jazolaridan-da kuchliroq chiqqan.

Drama markazida turgan-Sarvar va Dilora turmush jumboqlari, bu ikki murakkab shaxsning yurak sirlari ifodasi odat tusini olgan talqinlardan yiroq. Sarvarning o`z xotinini taloq qilib, qo`shni ayol Gulnozaga mayl ko`rsatishi qandaydir ma`naviy aynish, boyvachchalik, mol-dunyo tufayli «quturish» oqibati emas. Bu yigit uddaburon xotini orqasida omadi kelib, tadbirkor millionerga aylangan, lekin boylikka xirs qo`ymagan, o`sha samimiy insonligicha qolgan. U tadbirkorlik bobida ham halol yo`ldan boradi, pora bilan ish bitiradigan «ipirindi-sipirindi tadbirkorlarni», «qalang`i-qasang`i afiristlarni jinidan battar yomon ko`radi. Uning ko`ngli nopoklikni, andishasizlik va behayolikni aslo ko`tarolmaydi; «xotinining marhamati bilan boyvachcha bo`ldi» qabilidagi ta`nalarga, erkatoy, ko`hlik xotinning behayo sho`xliklari-yu tantiqliklariga aslo chidolmaydi, bunday turmushga qat`iy chek qo`yadi. Biroq taloq-ajralish hali uning uchun najot, mushkulot chorasi bo`lolmaydi. Orada biri-biridan shirin farzandlar bor. Boz ustiga xotin undan ko`ngil uzib ketolmaydi, ko`ngli tilaganiga esa yetolmaydi. Shu tariqa yigit hadsiz boylik egasi bo`lsa-da, qo`li har joyga yetsa-da, baribir o`zini ojiz-notavon, baxtsiz his etadi; farovon, dabdabali hayot unga aslo tatimaydi.

Masalaning chigal tomoni shundaki, ko`rinishdan erkatoy,
shaddod, yengiltak, tantiq ayol Dilora aslida pok, xiyonat ko`chasiga kirgan emas. Uning rashk, g`azab olovida yongan eriga qarata “Erkalik qilsam qilgandirman, yengillik qilgan bo`lsam qilgandirman. Lekin tepamda xudo, biror it tekkani yo`q jismimga. Jismim pok, vijdonim ham” degan dil so`zlariga ishonmay ilojingiz
yo`q. U alam, achchiq ustida erini, farishta ayol Gulnozani haqoratlar bilan bulg`asa-da, Sarvarning ham, Gulnozaning ham begunoh ekanini yaxshi biladi. U Sarvarsiz turmushni tasavvur ham qilolmaydi; dunyoga kelib ko`rgan eng totli, eng go`zal, eng baxtiyor damlari Sarvar bilan o`tkazgan kunlari ekanligini aslo
unutolmaydi; Sarvarsiz mol-dunyo ham ko`ziga ko`rinmaydi. Diloraning Sarvarga qarata “Sizsiz yorug` dunyo qorong`u menga, jonim. Jonginam, haydamang meni... Shu xonadoningizdan bitta-yu bitta hujra bersamgiz bo`ldi. Bolajonlarim bilan kelib turay. Mayli, boshqa xotin oling. Men xizmatlaringizni qilay. Cho `ri bo`lay, malay bo`lay. Faqat haydamang. Sizni ko`rib yurish bahridan judo qilmang,
men baxti qaroni” degan iltijolarini tinglaganda kishi o`zini qo`yarga
joy topolmay qoladi.

Xullas, Sarvar ham, Dilora ham, Darveshali ham, Gulnoza ham-dramadagi barcha yetakchi personajlar go`zal shaxslar-davrning asl, bokira, baxtli bo`lishga, ehtiromga loyiq odamlaridirlar. Chigal insoniy munosabatlar haqida bahs yurituvchi bu drama qandaydir nurli, bokira bir tuyg`u bilan yo`g`rilgan.

Sarvar bilan Dilora oilasidagi farovonlikni, peshqadam ziyolilar-Darveshali bilan Dilnoza orasidagi o`zaro hurmat-ehtirom, el-yurt ishiga, kasbi-koriga sadoqatni kimlar orzu qilmaydi, deysiz! Nega shunday bo`la turib, u ikki oilada bu xil ko`ngilsizliklar ro`y berdi? Nega bu oila a`zolari baxtsiz? Boshga tushgan savdolarga, turmush chigalliklariga najot topmay o`rtanadilar?! Buni hayot deydilar, ko`ngil ko`chalari deydilar. Bu drama inson hayoti, qalbi naqadar murakkab, sir-sinoatga boy, uni anglash, qadrlash aslida o`ziga xos ilm, yuksak san`at ekanini yana bir karra eslatishi, sizni jiddiy o`y-mushohadalarga undashi bilan qimmatlidir.

Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan
asarlari tarixiy romanlari -«Ulug`bek xazinasi» bilan «Ko`hna dunyo» bo`ldi.

Biz hozir «Ko`hna dunyo» romani haqida so`z yuritamiz. Adabiy tanqidchilikning bahosiga ko`ra, «Odil Yoqubovning «Ko`hna dunyo» romanining markazida Ibn Sino hamda Beruniy taqdirlari, ular yashagan davr turadi. Muallifning xulosalari va umumlashmalari keng, shuning uchun tarixiy materialga ajib aktual ma`no bag`ishlaydi. Zamonlar osha qilingan sayohat teran falsafiy umumlashmalar chiqarishga imkon beradi. Romanda tasvirlangan barcha voqealar hujjatlar bilan cheklab qo`yilmagan. Odil Yoqubov tarixni xuddi ko`rib turadi, tarix bilan bahslashadi, zamondoshlarga uzoq o`tmishdoshlarining tajribalaridan guvohlik berayotganday bo`ladi. U tarixga bugungi davr nuqtayi nazaridan qaraydi».

Bu so`zlarda «Ko`hna dunyo» romanining tub mohiyati ochib berilgan.
Download 53,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish