Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

bilan bog‗ladi va uni idrok etish va sezish asosi
36
 deb e‘tirof etdi. 
Ibn Sino ta‘limotiga ko‗ra, in‘ikos faqat aks ettiruvchi tizimga bog‗liq emas. Sezish markazi 
miyaning old qismida, tasavvur qilish markazi – miyaning o‗rta qismida, eslab qolish qobiliyati – 
miyaning orqa qismida joylashgan. «Kitob un-najot» asarida Ibn Sino har bir sezgining fiziologik 
asoslarini tadqiq etar ekan, hissiy bilish jarayonida asablar muhim rol o‗ynashini qayd etadi. 
Uning fikricha, miya asablar vositasida sezgilar va harakatlarni insonning boshqa a‘zolariga 
uzatadi. Asablar miya uchun o‗tkazgichlar bo‗lib xizmat qiladi
37
. Umumiy ma‘lum tasavvurga 
ko‗ra, asablar bosh miyada boshlanadi va ularning tarmoqlari terining Yuza tomonida tugaydi
38

Ko‗rib turganimizdek, Ibn Sino hissiy bilishning fizik va fiziologik asoslarini ilmiy yo‗l bilan 
tushuntirishga harakat qiladi.
Ibn Sino O‗rta Osiyoning boshqa mutafakkirlari kabi tasavvurni ichki sezgilar qatoriga 
kiritadi. Ibn Sinoning falsafiy merosini qiyosiy o‗rganish tabiatni hamda tasavvurning gnoseologik 
funksiyasini tushunishda u asosan yagona yondashuvga tayanganini ko‗rsatadi. Ibn Sino 
tasavvurning kuchi Shundaki, umumiy sezgiga kiruvchi hamma narsa bizning sezgilarimizgacha 
etib boradi,
39
 deb qayd etadi. 
Shunday qilib, Ibn Sino fikriga ko‗ra, tasavvurning gnoseologik funksiyasi Shundan iboratki, 
u tashqi narsalarning obrazlarini gavdalantiradi, hissiy idrok etiluvchi narsalar yo‗qolganidan 
keyin ham ularni xotirada saqlab qoladi.
Ibn Sinoning fikricha, mohiyat uch tarzda namoyon bo‗ladi. Birinchidan – narsa sezgilarda 
ularni kuzatish jarayonida aks etadi. Bu erda narsalarning sezgi organlarida bevosita aks etishi 
32
Қаранг: Ибн Сино. Трактат о разделении существующих вещей. – Т.: Шарк, 1983. – 128-б. 
33
Ибн Сина. Книга исцеления. – Т.: Фан, 1967. – 265-266-б. 
34
Қаранг: Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан.1996 – С 260-261. 
35
Қаранг: Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – С 224. 
36
Қаранг: Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. С– 38. 
37
Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. –С.41 
38
Ўша манба, –Б. 99. 
39
Қаранг: Ибн Сино. Донишнома. – Т.: Фан, 1976. – 264-б. 


84 
nazarda tutilmoqda. Ibn Sino in‘ikos konsepsiyasini bilish jarayoni sifatida qayd etar ekan, bilish 
darajalari to‗g‗risidagi masalani ko‗taradi. Ma‘lumki, bu mo‗ljal Yangi davr falsafasida ishlab 
chiqilgan va nemis klassik falsafasida o‗zining tadrijiy yakunini topgan.
Ikkinchidan – ob‘ektiv borliqda amalda mavjud bo‗lmagan narsaning mohiyati anglanadi
40

Bu erda formal ahamiyat kasb etuvchi va moddiy borliq bilan bog‗lanmaydigan ideallashtirilgan 
ob‘ektlar mohiyatini bilish nazarda tutiladi. Bu mohiyat inson aqlining ijodiy qobiliyatini namoyon 
etadi.
Uchinchidan – narsa obrazi muayyan sharoitlarda biluvchining jonida aniq aks etishi 
mumkin. Bu tamoyilda narsani sezgi bog‗liq bo‗lgan aloqalardan mavhumlashtirish imkonini 
beruvchi abstraksiyaning kuchi qayd etiladi. Bunda narsaning obrazi uning substrati mavjud 
emasligiga qaramay aks etishi mumkin. Shundan kelib chiqib, Ibn Sino oqilona bilishda 
mavhumlashtirish muhim rol o‗ynashini qayd etadi. «Bilish narsa obrazini mavhumlashtirishning 
ayrim o‗zaro bog‗langan bosqichlaridan iborat jarayon bo‗lib, uning natijasida biluvchining 
ongida predmetning mohiyati va xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha vujudga keladi. Bunday 
mavhumlashtirish bosqichlari to‗rtta». 
41
.
Ibn Sino «umumiy sezgi»ni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Uning fikricha, umumiy tuyg‗u – 
bu miyaning old qismida joylashgan kuch bo‗lib, u besh sezgida aks etuvchi barcha shakllarni va 
ular uzatuvchi kuchni mustaqil qabul qiladi
42
. Binobarin, Ibn Sino fikriga ko‗ra, sezgi organlari 
yordamida olingan tuyg‗ular umumiy sezgi vositasida birlashtiriladi va narsaning hissiy obrazi 
yaratiladi.
Obraz deganda alloma narsaning tashqi xususiyatlari va xossalari, materiyaning aksidental 
tomonlari yig‗indisini tuShunadi. Masalan, inson va uning obrazi haqida so‗z yuritar ekan, u 
Shunday deb yozadi: «Uning obrazi bu uning uzunligi, kengligi, sifati, miqdori va uning holati, 
ya‘ni inson bilan bog‗liq barcha narsalardir»
43
.
Ibn Sinoning yuqorida bayon etilgan g‗oyalari ilmiy tafakkur shakllanishining keyingi 
davrlarida rivojlantirildi va Yangi natijalar bilan boyitildi.
Shunday qilib, bilish jarayonining pirovard maqsadi ob‘ektlar mohiyatini bilishdan iborat 
bo‗lgan murakkab jarayondir. O‗rta asr Markaziy Osiyo mutafakkirlari asosan bilish bilinayotgan 
ob‘ektning in‘ikosidir, degan nuqtai nazardan kelib chiqdilar. Bunda insonning sezgi organlari 
bevosita bog‗lovchi bo‗g‗in hisoblanadi, ya‘ni sezgilar yordamida bilinuvchi ob‘ektiv dunyo bilish 
manbai sifatida amal qiladi.
Markaziy Osiyoda ilk o‗rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf ta‘limotidagi komil inson 
maqomi, nafsni tiyish, bag‗rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg‗oniy 
tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy g‗oyalar, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va 
falsafiy qarashlari, fandagi Yangi yo‗nalishlar birinchi galda musulmon Sharqi, qolaversa, butun jahon 
tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh ta‘sir o‗tkazib keldi. 
XIV asrning oxiri-XV asrning boshlarida Amir Temur amalga oshirgan harbiy yurishlar 
natijasida o‗lka mustaqilligi qo‗lga kiritildi. Temur va temuriylar davrida uyg‗onish davrining ikkinchi 
bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnash bosqichi bo‗ldi. Ma‘naviyatga 
homiylik harakati avj oldi. Bunga Samarqandda Ulug‗bek astronomiya maktabining vujudga kelishi, 
rasadxonaning qurilishi, mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqalarning 
fandagi jonbozligi yaqqol misoldir. Bu masala keyingi ma‘ruza uchun mavzu bo‗lib hisoblanadi. 
Afsuski, bu madaniy uyg‗onish mo‗g‗ul bosqini tufayli tanazzulga Yuz tutdi. Amir va 
sultonlar o‗rtasidagi o‗zaro ixtiloflar, noahillik CHingizxon bosqiniga qo‗l keldi. Bu bosqin 
mo‗g‗ullarning 1218 yilda O‗tror shahrini bosib olishi, uning hokimi, Xorazmshohning qaynog‗asi, 
Inolchiqni bandi qilishi va qulog‗iga qaynab turgan kumushni quyib yuborishdek xunrezlikdan 
boshlandi. Mo‗g‗ullarning hukmronligi davrida ana Shunday qonxo‗rlik tinimsiz davom etdi. 
40
Қаранг: Ибн Сино. Избранные философские произведения. – М.: Наука, 1980. – Б.30. 
41
Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – Б.31.
42
Қаранг: Ибн Сино. Донишнома. – Т.: Фан, 1976. – 266-б 
43
Ибн Сино. Донишнома. – Т.: Фан, 1976. – 267-б. 


85 
Ko‗rkam shahar va qishloqlar vayronaga aylandi, iqtisodiyot tanazzulga Yuz tutdi. Ilm-fan, 
madaniyat, jumladan falsafa ilmi ham inqirozga uchradi. 
Xalqimiz mo‗g‗ul bosqinini qattiq qarshilik bilan kutib oldi. Garchand uquvsiz hukmdor 
Muhammad Xorazmshoh saltanatni saqlab qola olmagan bo‗lsa-da, xalqimizning bosqinchilarga 
qarshi kurashi aslo to‗xtagani yo‗q. Ba‘zi tarixiy manbalarga ko‗ra, o‗sha davrda nihoyatda katta 
hududdan 600 mingga yaqin qo‗shin to‗plash mumkin edi. Bu qo‗shin to‗planganida va tajribali 
lashkarboshiga topshirilganida CHingizxon saltanatni bosib olishi gumon edi. Insoniyatning 
o‗tmishini yaxshi biladigan ba‘zi olim va mutaxassislarning fikricha, agar shoh o‗zining yovqur 
o‗g‗li Jaloliddinni avval boshdanoq taxt vorisi etib tayinlaganida va qo‗shinnining ixtiyorini unga 
topshirganida, nafaqat Osiyo tarixi, balki jahon tarixi boshqacharoq yo‗ldan ketishi mumkin edi. 
Afsuski, tarix «Agar unday bo‗lmaganida edi...» qabilidagi tamoyillarni tan olmaydi. 
CHingiziylar bosqini Vatanimiz madaniy taraqqiyotini bir necha asrlar orqaga surib yubordi. O‗sha 
davrda bosqinchilarga qarshi kurashning eng atoqli vakili Jaloliddin Manguberdi esa millatimiz o‗z 
ozodligi uchun olib borgan kurashning timsoli sifatida tariximiz sahifalarida abadiy qoldi. Bu milliy 
qahramonimizning tavallud kuni 1999 yilda keng nishonlangani uning ruhini shod qilish va 
Jaloliddin Manguberdini kurashga otlantirgan ezgu g‗oyalar bizning kunlarimizda amalga 
oshganligining ramzidir. 
Ma‘ruza nihoyasida, alohida ta‘kidlash lozimki, Prezidentimizning «Olloh qalbimizda, 
yuragimizda» tamoyili o‗rta asrlar falsafasini o‗rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buyuk 
ajdodlarimizning bag‗rik engligi, mazhabparastlikka berilmaganligi, ular dunyoqarashida dunyoviy 
va diniy ilmlarning mushtarakligi, sabr-qanoatliligi barchamizga namuna — ibratdir. Bu boy 
ma‘naviy xazina yoshlar ongiga milliy g‗oya va istiqlol mafkurasini singdirishga xizmat qiladi, 
ularni mustaqil fikrlash, do‗stni dushmandan farq qilishga undaydi, yurtim deb, elim deb yashashga 
chorlaydi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish