Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Mirzo Ulug‗bek nomidagi O‗zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Mirzo Ulug‗bek nomidagi O‗zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti
. 1922 yilda 
O‗rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‗zMU) ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetida falsafa 
fanidan o‗quv mashg‗ulotlarining olib borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo‗ldi. 
1935 yilda birinchi «Dialektika va tarixiy materializm» kafedrasi tashkil qilindi. 1944 yilda 
Dialektika va tarixiy materializm kafedrasi tarkibidan «Falsafa» kafedrasi ajralib chiqqan. Aynan 
―Falsafa‖ kafedrasi negizida 1962 yilda ―Ilmiy kommunizm‖, 1967 yilda ―Tabiiy va gumanitar 
fakultetlar falsafa‖ kafedralari tashkil qilingan. Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib borgan. 
1960 yillarda ―Falsafa‖ kafedrasida 45 ta professor-o‗qituvchi faoliyat olib borgan. Bu davrda 
falsafa mutaxassisligi bo‗yicha universitetning o‗zida milliy kadrlar tayyorlash imkoniyati paydo 
bo‗lgan. Professor A.Ayupov, H.Umarov sa‘y harakatlari bilan oliy ta‘lim vazirligida bu masalaga 
ijobiy yondoshilib, universitetning tarix fakultetida 1963-1964 o‗quv yilidan boshlab ―Falsafa‖ 
bo‗limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar etib tayinlangan. O‗quv jarayoning 
respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo‗yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash faoliyati 
boshlangan. 
Shu yillarda ilmiy ishlar rivoj topib yuqori malakali kadrlar etishib chiqa boshlagan. 1962-
1967 yillarda 18 ta falsafa fanlari nomzodi tayyorlangan. 1962-1992 yillar davomida gumanitar 
fakultetlar ―Falsafa‖ kafedrasini boshqargan professor A.T.Ayupov boshchiligida dotsentlar 
G‗.SHoyusupova, A.I.Abdusamedov, K.S.Sadыkov, K.I.Ivanova, I.Rahimov, V.S.Nikitchenko va 
boshqalar dastlab falsafa bo‗limi, keyin falsafa fakultetida milliy kadrlarni tayyorlash ishida katta 
rol o‗ynadilar. O‗sha yillarda falsafa bo‗limi professor-o‗qituvchilari nafaqat o‗quv jarayoni, balki 
ilmiy bilish sohasida faol ishtirok qilganlar. 1974 yilda K.I.Ivanovaning ―Ilmiy bilishda sababiylik 
tamoyili‖ nomli monografiyasi, professor L.E.Garber, A.T.Ayupov, U.Xaydarov, B.To‗ychiev, 
V.G.CHernыxlarning ―Ilmiy bilish mantig‗i va metodlari‖(1986) mavzusidagi turkum asarlari nashr 
qilingan. 
O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.YU.YUsupov, professorlar M.V.Vohidov, 
I.R.Rahimovlar 
1980-2005 
yillarda 
O‗zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy 
taraqqiyotining falsafiy muammolari bo‗yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, darslik 
va o‗quv qo‗llanmalari yozganlar, yosh kadrlarni tayyorlashga o‗zlarining munosib hissasini 
qo‗shganlar. Shu yillar davomida J.Babaevning ―Falsafa asoslari‖ o‗quv qo‗llanmasi, 
E.YUsupovning tahririda ―Falsafa‖ (1985) darsligi, I Raximovning ―Mantiq fanidan seminar 
mashg‗ulotlari‖ (1984) o‗quv qo‗llanmalari nashr qilingan.
Falsafa bo‗limida o‗qitiladigan fanlarning differensiallaShuvi natijasida ―Mantiq‖, ―Falsafa 
tarixi‖ va ―DinShunoslik‖ kafedralari tashkil qilingan. O‗sha yillarda falsafa bo‗limi professor-
o‗qituvchilari nafaqat o‗quv jarayoni, balki ilmiy ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar. 
Mustahkam poydevor yaratilgach, 1979 yilda tarix fakulteti tarkibidan ―Falsafa, iqtisod va 
psixologiya‖ bo‗limlari ajratilib, uchta mutaxassislikni birlashtiruvchi Yangi ―Falsafa-iqtisod‖ 
fakulteti tashkil qilingan va falsafa fanlari nomzodi, professor G.SH.SHoyusupova (1979-1985) 
dekan lavozimiga tayinlandi.
Bu esa o‗sha davrda falsafa fanining yanada chuqur va keng o‗rganilishi yo‗lidagi dadil 
qadam bo‗ldi. Yangi kafedralar tashkil qilinib, falsafani o‗qitishga differensial yondoShuv 
shakllandi. Shu yillarda fakultetda pofessorlar: - M.Xayrullaev, M.Baratov, L.E. Garber, V.N. 
Moroz, M. Nurmatov f.f.n dotsentlar M.Q. Aripov, M.Daliev, E.N. Abramyan, Z.Mo‗minova, 
T.M.Ramazanov, I.R.Ramazanov, R.Nosirov, SH.B.Qahharova, M. Usmonov, I.L. Turchaninov, 
Shuningdek fakultetning bitiruvchi yoshlari M. SHaripov, B.To‗ychiev, E.Mo‗minov, 
A.O‗tamurodov, I.Ergashev, o‗rindoshlik asosida f.f.d. professorlar: M.N. Abdullaeva, H.Aliqulov 
va boshqalar ilmiy pedagogik faoliyat olib borganlar. 
1990 yilda universitetning Yangi Nizomi qabul qilinib, uning keyingi taraqqiyot yo‗llari, 
vazifalari, huquqlari, xalq hayotidagi mavqei Yangi dunyoqarash nuqtai nazaridan belgilab olindi. 
Shu bois 1991 yilda fakultet tarkibidan ―Iqtisod‖ bo‗limi ajraldi, hamda Falsafa, sotsiologiya va 
psixologiya‖ bo‗limlari va 9 kafedradan iborat ―Falsafa‖ fakulteti yoshlar ongiga mustaqillik 
mafkurasining mazmun va mohiyatini singdirish, Yangi dunyoqarashni shakllantirish yo‗lida 
fidokorona mehnat qildilar. 


87 
1989-2007 yillarda ―Falsafa tarixi va mantiq‖ kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan 
professor S.A.Yo‗ldoshev kafedra a‘zolari bilan hamkorlikda Sharq va G‗arb xalqlari tarixi, 
Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi va ijtimoiy axloqiy qarashlarini o‗rganish bilan bir qatorda, 
mantiq fanining keng qamrovli o‗rganilishiga ham alohida e‘tibor qaratib kelgan. Pokiston va Eron 
falsafasini O‗zbekistonda chuqur o‗rganilishiga munosib hissa qo‗shgan. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga 
ko‗ra, Toshkent Davlat universitetiga ―Milliy‖ maqomi berilishi, fakultet professor o‗qituvchilariga 
mas‘uliyat yuklashi bilan bir qatorda Yangi faoliyatga chorladi. Ular falsafiy bilimlarni, 
Yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan yoritish bo‗yicha faol ish olib bordilar.
2002 yilda Yangi ―Falsafa va fan metodologiyasi‖ kafedrasining tashkil qilinishi falsafadagi 
ijtimoiy muammolar bilan bir qatorda, fundamental masalalarning o‗rganilishiga keng imkoniyatlar 
yaratdi. ―Falsafaning umumnazariy masalalari‖ ilmiy maktabiga asos solindi. Bugungi kunda ushbu 
maktab tadqiqotchilari tomonidan ―gerontologiya‖- qarilik muammosi, ―fenomenologiya‖- 
insonning individual ijtimoiy ongiga ta‘sir qiluvchi omillar muammosi, ‖germenevtika‖ - tushunish 
va tushuntirish muammosi, ―tanatalogiya‖ - o‗lim va barhayotlik muammosi, ―epistemologiya‖, 
―fan falsafasi‖, ―Ijtimoiy vaqt‖, ―Sinergetika‖, ―Dialog tushunish vositasi‖ kabi muammolarning 
falsafiy tahliliga qiziqishning kundan kunga ortib borishi Yangi avlod faylasuflarining yuqori 
intellektual salohiyatga egaligi va ayni paytda ularni ilmga yo‗naltiruvchi munosib ustozlar 
borligidan dalolat beradi. 
O‗tgan yillar davomida fakultet bitiruvchilari nafaqat pedagogik faoliyati, balki ilmiy 
salohiyati bilan falsafiy fanlar bo‗yicha Yangi o‗quv adabiyotlarini yaratish jarayonida ham faol 
ishtirok qildilar. I.Saifnazarov muallifligida ―Kurs leksiy po filosofii‖ (2001), ―Ilmiy ijod 
metodologiyasi‖ (2004), ―Fanlarning falsafiy masalalari‖ (2007), I.Rahimov A.O‗tamurodov 
hamkorligida ―Fanlarning falsafiy masalalari‖ (2005), D.Fayzixo‗jaeva va M.SHaripovlar 
hammuallifligida ―Mantiq‖ (2004) o‗quv qo‗llanmalari, S.Mamashokirov tahriri ostida Falsafa 
(2005 lotin tilida), ―O‗zbekistonda Yangi jamiyat qurilishining g‗oyaviy-mafkuraviy masalalari‖ 
(2005), ―Erkin va farovon hayot qurilishining g‗oyaviy mafkuraviy masalalari‖ (2007) o‗quv 
qo‗llanmalari, Q.Nazarov tahriri ostida ―Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ 
(2001), ―Falsafa qomusiy lug‗at‖ (2004), ―G‗arb falsafasi‖ (2004), ―Jahon falsafasi tarixidan 
lavhalar‖ (2005), ―Milliy g‗oya asosiy tushuncha va tamoyillari lug‗ati‖ (2005), ―Milliy g‗oya va 
rahbar mas‘uliyati‖ (2008) kitoblari, yakka muallifligida ―Bilish falsafasi‖ (2005), ―Qadriyatlar 
falsafasi‖ (2004) o‗quv qo‗llanmalari, N.A.SHermuxamedova muallifligida ―Filosofiya i 
metodologiya nauki‖ (2003) o‗quv qo‗llanmasi, ―Falsafa va fan metodologiyasi‖ (2005), 
―Gnoseologiya‖ (2007), Gnoseologiya – bilish nazariyasi (2011) darsliklari, A.Ochildievning 
―Milliy g‗oya va millatlararo munosabatlar‖ (2004), Madaniyat falsafasi (2010), E.Emirovaning 
―Metodika prepodavaniya filosofii‖ (2004), Shuningdek A.Strelsova bilan hamkorlikdagi 
―Vvedenie v spetsialnost» (2008) o‗quv qo‗llanmasi, Parmanov S.A., Noumenko O.A ning 
―Traditsionnыe i alternativnыe filosofskie vzgalyadы o poznanii‖ (2007) o‗quv uslubiy qo‗llanmasi 
kabi qator Yangi adabiyotlarining nashr qilinishi fakultetning katta ilmiy salohiyatga egaligidan 
dalolat beradi. 
O‗zMUning 90 yillik tarixida Falsafa bo‗limining 45 yillik, falsafa fakultetining 30 yillik 
faoliyati o‗z o‗rniga ega. Zero, bugungi kunda Yangilangan tafakkur egalari o‗zbek falsafasining 
nomini dunyoga tanitmoqdalar. Azaliy falsafiy muammolarga Yangicha yondoshmoqdalar. ―Ustoz 
va shogird‖ maktabining Yangi avlodi shakllanmoqda, Yangi ilmiy maktablarga asos solinmoqda. 
Fakultetning 1500 mingdan ortiq bitiruvchilari orasida Shu yillar davomida 40 ta fan doktorlari va 
200 dan ortiq fan nomzodlari ilmiy darajasiga ega bo‗ldilar. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish