Dutor cholg’usi uchun yaratgan asarlari:
Habibullo Rahimov o’zbek kompozitorlari ichida eng ko’p dutor cholg’usi uchun asarlar yaratgan kompozitorlar sirasidandir. Asarlarining xilma-xil mavzudaligi, ohanglarining o’zgachaligi va takrorlanmasligi bilan boshqa kompozitorlarning asarlaridan tubdan farq qiladi.
”Sharqona Navo“ fantaziyasi bu asar eng mashxur asarlar sirasidandir. Ustozimiz Ulug’bek Yunusov va shogirdlari Oybek Ummatov “Sug’diyona” kamer orkestri bilan birgalikda shu asarni bitta dutorda takrorlanmas darajada ijro etib muhlislar olqishiga sazovor bo’lgan. Bundan tashqari 2019-yil kuz oylarida Qozonda bo’lib o’tgan “Osiyo va Yevropa” festivalida Mohir sozanda, dirijor, pedagog Ulug’bek Yunusov shu asarni ijro etdi. (Haqiqatdan bu asar Ulug’bek Yunusov uchun yozilgandek).
”Turk navosi” dutor tenor va fortepiano uchun yozilgan, asar o’zining ohanglari, ritmi jihatdan juda chiroyli asarlar sirasidandir. Asar dutorchilarimiz tomonidan doimo ijro etilib kelinadi va ko’plab tanlovlarda shartli asar sifatida qo’llaniladi.
“Dutor Sabosi” asari milliy dutorimiz uchun yozilgan bo’lib kompozitor Qo’shtor asaridan ilhomlanib ko’p ovozli shaklga keltirgan. 2001-yil shu asar xalq cholg’ulari tanlovida Dilafruz Ibragimova tomonidan mohirona tarzda ijro etilgan va shu yili O’zbek Radio qoshidagi Kamer orkestr bilan birgalikda oltin fondimizga yozib qoldirilgan.Habibullo Rahimov bundan tashqari dutor uchun ko’plab asarlar yaratdi. “Oq qayin” dutor prima uchun. “Arirang ohanglar” dutor alt va fortepiano uchun. Kompozitor turli janrlarda ijod qildi, nafaqat dutor uchun balki, boshqa ovozlar bilan ham juda yaxshi ijod qildi. Simfonik asarlari, kamer simfonik orkestr uchun asarlar,“Konsert fantaziya” asarini H.Rahimov kompozitorlardan birinchi bo’lib organ cholg’usi, arfa, torli va urma cholg’ular uchun 1976-yil yaratdi. Xalq cholg’ulari orkestri uchun, orkestr uchun asarlari, bu asarlar orkestr repertuarini boyitish bilan birga, musiqa o’quv dargohlari darsligiga kiritilgan.Damli cholg’ular orkestri uchun, 1998-yili Damli cholg’ular orkestri partiturasini o’qish uchun “Majmua” (Xrestomatiya) tuzdi. Musiqali darma va operalari, “Ona qalbi” shoir Jamol Kamolning “Armon” dostoni asosida 1- operasini yaratadi. Librettosini mashxur rejissyor F.Safarov qalamiga mansub. Opera premyerasi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrining kichik sahnasida 1987- yil bo’lib o’tgan. Qo’shiq va romanslari,“Sog’inganda” to’plami1984-yil yaratilgan, bu to’plamga Abu Ali Ibn Sino ruboiylar turkumi, Hamid Olimjonning “Sog’inganda”, Ramz Bobojonning “Uzoqda”, “Yulduzlar”, “Mening sevgim”, “Bo’ron” kabi romanslari kiritilgan. Bolalar uchun qo’shiqlar, Habibullo Rahimov Respublikamizda o’tkazilgan “Eng yaxshi qo’shiq” tanlovining 1992, 1993, 1995 va 1997- yillar sovrindori hamdir.Vatanparvarlik mavzusidagi ‘‘G’alaba bongi”, “Askarlar qo’shig’i’’ (Nazarmat she’rlari), “Turkiston marshi” (J.Kamol so’zi) qo’shiqlari g’olib chiqqan.
Shuningdek, fortepiano uchun “Albomi” ga 16 ta asar, fortepiano uchun 18 ta xalq kuylarini moslashtiradi, “Qashqar rubobi taronalari”, g’ijjak va fortepiano uchun “Ballada”, klarnet va truba uchun “Sonata” lar yaratdi va bularning safiga kompozitor tomonidan yangidan-yangi asarlar qo’shilmoqda.
Habibullo Rahimovning sara asarlari nafaqat O’zbekistonda va Markaziy Osiyo Respublikalarida shuningdek, chet ellarda–Rossiya, Turkiya, Misr, Bolgariya, Fransiya, Yaponiyada ham muvaffaqiyatli ijro etilgan va olqishlarga sazovar bo’lgan. Habibullo Rahimov 1997-yili “Shuxrat” medali bilan mukofotlandi. 2001-yili “O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi” unvoniga sazovar bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |