‘zbekiston respublikasi L,1y va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Behi (Айва продолговатая) - Cydonia oblonga Mill



Download 7,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/144
Sana16.12.2022
Hajmi7,98 Mb.
#888201
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144
Bog'liq
O\'rmon dorivor o\'cnvlirlari. Berdiqulov E.T

Behi (Айва продолговатая) - Cydonia oblonga Mill.
Behi R a’noguldoshlar -
Rosaceae
oilasiga mansub. b o ‘yi 1,5-
6 m gacha yetadigan daraxt. Tanasi qoramtir-kulrang p o ‘stloqli, 
sershox. Kesib turilmasa, ildizpoyasidan ko‘plab bachki novdalar 
chiqarib ko‘payib ketadi. Dastlab, ular ko‘z ilg‘amas mayda tukli 
bo ‘ladi, ammo keyinchalik ular to‘kilib ketib, yalang‘och qoladi. 
Barglari tuxumsimon yoki cho‘ziq luxumsimon, pastki tomoni ser- 
tuk kulrang, usti to 'q yashil, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida 
ketma-ket j oyl ashgan.
6-Rasm. Behi (Айва продолговатая) — 
Cydonia oblonga Mill.
Gullari och pushti, besh bo‘lakli, yakka, yirik gulkosachasi me­
vasi uchida saqlanib qoladi. Mevasi har xil shaklda, katta-kichikligi 
ham har xil. Sariq, to ‘qsariq, b a’zan qizg‘ish. Beshta uyachasida 
urug‘i joylashgan. Behi suvsiz, shirin burishtiruvchi ta ’mga ega


bo'lib, hidi yoqimli. Behi aprcl oyida gullab, oklabr- noyahrda mev- 
asi pishib yctiladi.
Behi yovvoyi holda Markaziy Osiyoning jantibidagi i|uruq 
sublropiklarda mintaqasida tog‘ vodiylarida uchraydi. Uning xalq 
seleksiyasi navlari keng tarqalgan. Behi Markaziy Osiyo, Kiivka/, 
Qrim va boshqa iqlim sharoitlari yumshoq yyerlarda mcvali daraxl 
sifatida o ‘stiriladi. Hozirgi vaqtda uning bir qator yangi navlari yc- 
tishtirilib behizorlar tashkil qilingan. Xalq tabobatida mevasining 
o ‘zi, urug‘i ishlatiladi.
Ushbu o ‘simlik urug‘i tarkibida 20% gacha shilliq modda,
0,58% amigdalin glikozidi va boshqa birikmalar bor. Yetilgan mev- 
asi tarkibida 10% gacha qandlar (6,2% fruktoza), 5% atrofida pektin 
va 0,6% oshlovchi moddalar, 3% dan ortiqrok organik (olma, vino 
va limon) kislotalar, efirmoyi, 10-20 mg % vitamin S, temir, mis 
tuzlari va boshqa birikmalar bo ‘ladi.
U rug'ining qaynatmasi o ‘rab oluvchi vosita sifatida m e’da va 
ichak devorlari ta’sirlanishini kamaytirish hamda dori moddalarning 
so‘rilishini (shimilishini) cho‘zishda qoMlaniladi. Bundan tashqari, 
qabziyatda surgi, nafas yo'llari kasal 1 iklarida (ayniqsa bolalar kasal- 
langanda) ko‘krakni yumshatuvchi va balg‘am ko‘chimvchi dori si­
fatida ishlatiladi.
Behi m evasi xalq tabobatida turli k asalliklarni davolash 
uehun qadimdan ishlatib kelinadi. Behi mevasining damlarna va 
qaynatmasini Abu Ali ibn Sino ich ketish kasallikni davolashda lsh- 
latgan. Ishtaha ochuvchi, burishtiruvchi va siydik haydovchi dori 
sifatida ichishga bergan. M eva shirasi bilan qon tupurish, astma va 
boshqa kasalliklarni, urug‘ qaynatmasi bilan o'pka va yuqori nafas 
yo‘llari kasalliklarini davolagan.
Behi mevasi qaynatmasi hamda dimlab pishirilgan behi jigar, 
qon tupurish, yo'tal va boshqa ko'krak kasalliklarini davolash, ovqat 
hazmini yaxshilash, qusish va qon oqishini to ‘xtatish uehun ishlati­
ladi.
Shu bilan birga undan yana siydik haydovchi va burishtiruv- 
chi vosita sifatida, urug' qaynatmasidan esa ich ketishni to ‘xtatish 
maqsadida foydaianiladi. Oziq-ovqat sanoatida behi mevasidan mu- 
rabbo, kompot va konservalar tayyorlanadi.
55



Download 7,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish