Zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi


O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim soxasida olib boriladigan davlat siyosatinining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat



Download 0,66 Mb.
bet22/25
Sana14.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#365628
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1 2 MAKTABGACHA TALIM VA TARBIYANING MEYORIY HUQUQIY HUJJATLARI

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim soxasida olib boriladigan davlat siyosatinining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

har bir bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga bo‘lgan huquqi amalga oshirilishini ta’minlash;

bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiyaga to‘liq qamrab olinishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

bolaning rivojlanishida, maktabgacha ta’lim va tarbiya olishida oilaga har tomonlama yordam ko‘rsatish;

bolalarning, shu jumladan alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

ta’lim va tarbiya berishning muqobil shakllarini yaratish hamda rivojlantirish;

maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish;

maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish maqsadida zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiruvchi organlar quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi);

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;

o‘z tasarrufida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

Qonunning 10 moddasida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi:

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

o‘z vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi hamda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etadi, qayta tashkil etadi va tugatadi;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatiga uslubiy jihatdan rahbarlikni amalga oshiradi;

maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi;

ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiradigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlanishini, shuningdek ularning moddiy-texnika bazasi jihozlanishini hamda mustahkamlanishini tashkil etadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining malakasiga doir talablarni belgilaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi statistika ma’lumotlarining hisobi yuritilishini hamda tahlil qilinishini ta’minlaydi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;

bolaning qonuniy vakillariga uslubiy, maslahat yordami va boshqa yordam ko‘rsatadi;

maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga investitsiyalar hamda grantlarni jalb etish choralarini ko‘radi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” Qonunida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish asoslari belgilab berilgan. Qonunning[ОКОЗ:

1.13.00.00.00 Таълим. Фан. Маданият / 13.01.00.00 Таълим / 13.01.03.00 Давлат таълим стандартлари. Таълим дастурлари. Таълим жараёни]

28-moddasida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti aks ettirilgan.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun majburiydir.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti kamida besh yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini, maktabgacha yoshdagi bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya berish sohasidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlarini loyihalashtirishda, qurishda, jihozlashda va ularning faoliyatini tashkil etishda hisobga olinishi shart.

O‘zbeksiton Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazrliging 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish xujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i chiqarildi. Mazkur buyruqda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilarining ish xujjatlari ro‘yxati belgilab berilgan.

2020 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti” 802-son qarori bilan tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, davlat standaritining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

-Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari;

-Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi;

-Maktabgacha tashkilotlarini o‘yinlar to‘plami, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik, reabilitatsiya vositalari bilan jixozlash me’yorlari.

“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘rsida”gi Qonunning 29-moddasida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi belgilangan. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi bolani to‘laqonli har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini ta’minlaydi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi:

bolaning bilim jihatidan va intellektual rivojlanishini;

bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlikni;

bolalarni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi millatlar va elatlarning urf-odatlari va an’analari bilan tanishtirishni;

bolaning ijtimoiy moslashuvini;

alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan pedagogik-tuzatish (korreksiyalash) va tibbiy-psixologik ishlar amalga oshirilishini;

bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashni ta’minlashi kerak.

Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarini tuzatishga (korreksiyalashga) hamda reabilitatsiya qilishga muhtoj bo‘lgan bolalarning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishi maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan yakka tartibdagi rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

“Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTT davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotiining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.

MTT davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo‘llash uchun majburiy:


  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

  • maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlari;

  • maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlariga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;

  • maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish