498
• elektron p
ul (elektron naqd),
• elektron marketing (elektron marketing),
• elektron bank (elektron bank),
• elektron sug'urta xizmatlari (elektron sug'urta).
Bugungi kunda kompyuter tarmoqlarida olib borilayotgan tijorat marketing, bank
va boshqa faoliyat yo'nalishlarini
birlashtirib, Elektron tijorat bilan shug’ullanuvchi
mutaxassislarga keng ish bilan ta'minlash imkoniyatini bermoqda.
Internet-xizmatlarning jadal rivojlanishi elektron tijorat infratuzilmasini tashkil
etish va saqlash, xarajatlarining pasayishini, reklama
xarajatlarini kamayishini
ta'minlamoqda.
Xaridor uchun elektron tijoratning asosiy afzalliklaridan biri bu mahsulot va
uning tanlovi to'g'risida ma'lumot olish uchun vaqtni sezilarli darajada tejashdir.
Elektron tijoratning huquqiy asosi mamlakatimizda elektron operatsiyalarni
huquqiy tartibga solishni ta'minlaydigan normativ-huquqiy hujjatlardir. Elektron
tijoratni amalga oshirish uchun hamma ushbu normativ-huquqiy
hujjatlarga amal
qilishi kerak. Ta'limdagi elektron tijorat Internet orqali taqdim etiladigan tijorat
faoliyatini tavsiflovchi asosiy atamalar va tushunchalarni, tuzilma va munosabatlarni
o'rganishga imkon beradi, apparat va dasturiy ta'minot talablarini,
Internetdan
foydalanish bilan bog'liq huquqiy masalalarni ko'rib chiqadi. Jahon elektron tijorat
bozorining dinamikasi va elektron tijorat rivojlanishining iqtisodiyotga ta'sirini
o'rganadi. Shu sababli, elektron bozorda tijorat muammolarini samarali echimini
ta'minlash yuqoridagi
tushunchalarni bilish, Jahon elektron tijorat bozorining
dinamikasini doimiy o’rganib borishdan iboratdir.
Bugungi kunda eng zamonaviy yo’nalish elektron tijorat sohasidagi faoliyat sizga
har doim tadbirkorlik yangiliklari va yuqori texnologiyalar to'lqinida bo'lishga imkon
beradi. Bundan tashqari, elektron tijorat haqida ma'lumot Internetda tovar va xizmatlar
yoki faoliyatni sotadigan o
‘
z biznesini ochmoqchi bo'lgan deyarli har bir kishi uchun
zarur hisoblanadi. Faoliyatni dastlabki bosqichini masalan, Telegramda tijorat kanalini
ochish bilan boshlash mumkin. Masalan: turli yo’nalishni tanlash mumkin: ta'lim,
bilim, tarix, musiqa, kino, mutaxassislik, yangilik, aforizmlar, psixologiya, IT, dizayn,
avtomobil, qurilish materiallari, kiyim-kechak,
poyabzal, maqollar, kun fotosurati,
testlar, maslahatlar, yangiliklar va boshqalardir.
Telegram kanalini ochamiz
,
“Настройки”
buyrug’iga kiramiz
So
’
ng
“Создать канал”
ni bosamiz
500
Kanalda so’rovnomalar o’tkazish ham mumkin. Buning uchun “Создать
опрос”
buyrug’i tanlanadi. Turli savollar berib kanalga bo’lgan
qiziqishni ortirishingiz
mumkin
Xulosa qilib aytganda, Internet orqali olib borilayotgan tijorat uy sharoitida
ishlashga imkon berib qolmay, o'zini ustida ishlashga, o'rganishga imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari,
mantiqiy fikrlash, ish qobiliyatlari va mijozlar bilan aloqa qilish,
«bozorni his qilish»
va dolzarb tendentsiyalardan qolishmaslik kerakligini o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: