Xususan, diniy shiorlar ostida siyosiy hokimiyatga intilayotgan ekstremistik tashkilotlar Markaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga xam salbiy ta’sir o’tkazishga urinmoqda. 2009 yilning 26 mayida Andijon viloyatida sodir etilgan mudxish terrorchilik harakati O’zbekistondagi tinch-osoyishta xayotni, barqaror rivojlanishni ko’ra olmaydigan g’araz niyatli kuchlar o’zlarining razil maqsadlari yo’lida begunoh odamlarning qonini to’kishdan tap tortmasligini ko’rsatmokda. Aqidaparastlik, diniy ekstremizm va terrorchilik - jamiyat barqarorligiga tahdid. Aqidaparastlik (aqida - arabcha - ishonch) muayyan sharoitda, biron-bir g’oya yoki tamoyilga katьiy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan koida va tartiblarni hamda ularni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko’r-ko’rona qo’llash va urinishni anglatadi. Diniy aqidaparastlik o’z aqidasining shak-shubhasiz to’g’riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, din asoslarini buzishda ayblashda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |