Diniy ekstremistik oqimlar tarkibida jinoyat sodir etgani uchun mahkum etilganlar va ularning oila a’zolari hamda afv tufayli erkinlikka chiqqan fuqarolarning jamiyatdan ajralib qolmasligiga e’tibor qaratish, mazkur masalada ta’sirchan va samarali tadbirlar tashkil etish ham jamiyatda barkarorlikni ta’minlash yo’lidagi ishlarning uzviy qismiga aylanganda ko’zlangan maqsadlarga erishish mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, Markaziy Osiyoning jahon geosiyosiy tizimidagi ahamiyati ortib borayotgan bir paytda mintakada tom ma’noda markaziy o’rin egallagan yurtimizni diniy shiorlarni niqob qilib olgan kimsalardan himoya qilish, asl dinga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirish dolzarb vazifamiz bo’lib qolmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |