2-MAVZU: Milliy g`oya va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida maktab ta`limining o`rni. (2 soat ma`ruza, 2 soat seminar)
G`oya va mafkura tushunchalari, ularning mohiyati. G`oya – inson tafakkuri mahsuli. G`oyalarning shakllanishi va namoyon bo`lish xususiyatlari. Fikr va g`oya, gipoteza va ijtimoiy bashoratning o`zaro aloqadorligi va farqlari.
G`oyalarning turlari.
Bunyodkor g`oyalar: bunyodkor g`oyalarning shakllari va xususiyatlari. Ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do`stlik, birdamlik, hurfikrlilik, ma`rifatparvarlik, bag`rikenglik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi bunyodkor g`oyalar. Insoniyat jamiyati va sivilizatsiyalar rivojiga ta`sir ko`rsatgan ijtimoiy, siyosiy, ilmiy g`oyalar, nazariyalar, ta`limotlar va mafkuralar. Zardo`sht, Suqrot, Aflotun, Konfutsiy, Al-Forobiy, Navoiy va boshqalarning ilmiy g`oyalari.
Amir Temur davlatining bunyodkor g`oyalarga asoslanganligi. Bunyodkorlik g`oyasi – ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotning garovi.
Vayronkor g`oya va uning reaksion mohiyati. Mustabidlik, bosqinchilik, terrorchilik, aqidaparastlik, jaholatparastlik, irqchilik, millatchilik, mahalliychilik, yovuzlik kabi vayronkor g`oyalar. Ularga qarshi g`oyaviy, mafkuraviy kurash zarurligi. Fikrga qarshi fikr, g`oyaga qarshi g`oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish tamoyili. Vayronkor g`oyalar hukmron bo`lgan joyda ijtimoiy beqarorlikning mavjud bo`lishi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi . Fuqarolarning siyosiy, huquqiy madaniyati fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili. Fuqarolik jamiyatining eng muhim vazifalaridan biri odamlar ongini, ma`anviyatini o`zgartirish ekanligi. Demokratik jamiyat bu, eng avvalo, fuqarolik jamiyati. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni-shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy- siyosiy munosabatlarni uyg`unlashtirishdan iboratligi. Huquqiy davlatning fuqarolik jamiyati bilan uzviy bog`langanligi, u siz shakllanmasligi va rivojlanmasligi.
Fuqarolik jamiyati- real ijtimoiy-iqtisodiy zamin bo`lib uning negizida huquqiy davlatning muxim tarkibiy qismlari vujudga kelishi. Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozimligi. Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini yanada to`laroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat tuzilmalarining huquq va mavqelarini oshirish darkorligi. “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mohiyati. Fuqarolarning o`zlariga o`z hayoti va butun jamiyat hayotini boshqarishda va uni tashkil etishda keng ishtirok etish uchun imkoniyat yaratilishi.
Ta`lim tizimi - insoniyat sivilizatsiyasi, ilmu tafakkurining ko`p asrlik taraqqiyoti mobaynida mislsiz o`zgarishlarga sabab bo`ladigan, bashariyat hayotiy faoliyatini yaxshilash va takomillashtirishga xizmat qilishi. Hozirgi kunda ta`lim tizimini tubdan isloh qilinishi - mamlakatimizda kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyatiga o`tish jarayonidagi muammolar, jamiyatning ma`naviy yangilanishini, ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda, jahon hamjamiyatiga qo`shilishni ta`minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurishda muhim ahamiyat kasb etayotgani.
Do'stlaringiz bilan baham: |