Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/159
Sana25.02.2022
Hajmi2,22 Mb.
#271793
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI
QO`LLASH USULLARI 
G`afurova N. Navoiy viloyat XTXQTMOI 
Mamlakatimizda o`sib kelayotgan yosh avlodning intellectual ehtiyojlarini qondirishga, 
madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni saqlashga qaratilgan yangi, zamonaviy ko`rinishdagi axborot-
kutubxona tizimini yaratish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bu borada, ayniqsa axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarini rivojlantirishning
qonunchilik asoslarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Xususan, 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-
kutubxona ta’minlashni tashkil etish to`g`risida”gi PQ-381-sonli qarori, 2011-yil 23-fevraldagi
“2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va 
axborot-resurs xizmatini yanada sifatli rivojlantirish chiralari to`g`risida”gi PQ-1487-sonli qarori


196 
hamda 2011-yil 13-aprelda qabull qilingan “Axborot-kutubxona faoliyati to`g`risida”gi Qonun 
asosida zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog`ini tashkil qilishni 
takomillashtirish, yosh avlodning intelektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-ahloqiy 
qadriyatlarni saqlab qolishga yo`naltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish, 
shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart sharoitlar 
yaratish vazifasini, sohada tub o`zgarishlarni amalga oshirish, mavjud muammolarni ijobiy hal 
qilish vazifalarini kun tartibiga qo`ydi.
Bugungi kunda zamonaviy talablarga ko`ra viloyatlarda faoliyat yuritayotgan axborot-
kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlari, hududiy tayanch axborot-resurs markazlarida 
kitobxonlarga axborot texnologiyalari asosida xizmat ko`rsatishning bir qancha turlaridan 
foydalanish yo`lga qo`yilgan. Masalan: 
- so`rov asosida axborotlar to`plash va taqdim etish; 
-kutubxonalarda bo`ladigan o`zgarishlar, yangiliklarni kutubxonalar saytlariga kiritish 
orqali kitobxonlarga yetkazish; 
-yangi kelgan kitobxonlar bilan ishlash, kutubxonaga a’zo qilish, Internet ma’lumotlari, 
axborotlar izlashda yordam berish va to`g`ri yo`l ko`rsatish; 
-yangi kelgan nashrlarning oylik ko`rgazmalarini uyushtirish; 
Nusxalarni ko`chirish, ko`paytirish, kamyob va noyob nashrlarning skanerlash orqali elektron 
nusxalarini yaratish va boshqa xizmatlar tashkil qilindi. 
Axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlari faoliyatini rivojlantirish va 
bevosita kutubxona texnologiyalarini takomillashtirish, elektron kutubxonalarni yaratish
kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishni, ilg`or texnika va texnologiyalarni kutubxonalar 
faoliyatiga tadbiq qilish, kutubxonachilik xizmati sifati va samaradorligini oshirishni taqazo etadi.
Bu borada kutubxonalarda xalqaro talablarga javob beradigan avtomatlashtiruvchi tizim 
asosida elektron katalog bazasini shakllantirish, mustaqil ravishda elektron bibliografik resurslarini 
yaratish, fondlarni to`ldirish, to`liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantirish ya’ni 
raqamlashtirilgan holda yaratish, kitobxonlarga taqdim etish kabi bir qator ishlarni tashkil qilish, 
jarayonlari olib borilmoqda 
Kutubxonalar texnologiyalarini avtomatlashtirilishdan ko`zlanayotgan asosiy maqsadlar: 
-xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish va kitobxonlar ehtiyojini yanada to`liq qondirish 
asosida foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish sifatini yuksaltirish; 
-kutubxonadan foydalanuvchilar va kutubxona xodimlarining mehnat qilishlari uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish ; 
-fondlarni saqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish; 
-kutubxona xodimlarini katalog, kartotekalar, turli buyurtmalarni, xatlarni, hisobotlarni 
tayyorlash, bibliografik ro`yxatlar tuzish va boshqa bir qator vazifalarni bajarishdan ozod qilish va 
boshqalar. 
Kutubxonadagi asosiy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilish quyidagi inkoniyatlarni 
yaratadi: 
-axborot qidiruv tezligini oshirish; 
- bazaga ma’lumotlarni bir marotaba kiritish va ulardan hujjatlarni qidirishda ko`p maqsadli 
foydalanish; 
-tanlangan axborotlarni bosib chiqarish; 
-ma’lumotlar massivlarini boshqa foydalanuvchilarga uzatish; 
-nashrlarni tayyorlash va boshqalar. 
Bugungi kunda fan, madaniyat va ta’lim ehtiyoji uchun samarali kutubxona-axborot xizmati 
ko`rsatishga elektron va avtomatlashtirilgan kutubxonalar tashkil etish muhim o`rin tutadi. 
Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishda asosiy e’tibor yakka, ommaviy va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko`rsatish shakllari va 
usullarini o`zlashtirish, uni samaradorligini oshirish yo`llarini egallash zaruratini keltirib 
chiqaradi.Bunday xizmat shakllarini nafaqat yirik kutubxonalari, oily ta’lim muassasasi axborot-


197 
resurs markazlari, Viloyat axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlarida, balki 
umumta’lim maktab kutubxonalarida ham tashkil qilish zaruratini keltirib chiqaradi. 
Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxona markazlarida axborot-kommunikatsiya xizmati 
ko`rsatish bir tarafdan texnologik jarayonlardan iborat bo`lsa, ikkinchi tarafdan bu ishlar ijodiy, 
pedagogik, psixologik xarakterga egadir. Axborot-kutubxona xizmatini takomillashtirishdan 
maqsad, axborot-kutubxona muassasalarida keng aholi va jamoatchilikka tezkor axborot xizmatini 
tashkil qilish, kutubxona faoliyatida samaradorlikka erishish, kishilarni rad javobisiz axborot-
kutubxona muassasalari va kutubxona xodimlari xizmatidan bahramand qilishdan iborat. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish