“AVTOMOBILNING MOYLASH TIZIMI” MAVZUSINI AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O`QITISH
Bisenov T. Konimex agroservis kasb-hunar kolleji, “Umumkasbiy va maxsus fanlar” kafedrasi
mudiri
Bisenova B. Navoiy davlat pedagogika instituti, “Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi”
kafedrasi katta o`qituvchisi
Hozirgi zamon o`qituvchisi har bir darsga, mavzuga va har bir guruhning o`ziga xos
tomonlariga bog`liq o`qitishning har xil usul va shakllarini tanlay olishi kerak. Shu bilan birga
o`quvchilarning mustaqil ishlarga o`rgatish, ularning izlanishlarini shakllantirish va ayrim
materiallarni keng hajmda berib, tarbiyaviy maqsadga yetishish uchun ham o`qitish shakllarini tanlay
olishi kerak. Bir darsning o`zida qo`llaniladigan usullarni tartib bilan, o`quvchilarni charchatmasdan,
materialni qiziqarli yetkaza bilishni ham eslatish kerak.
Pedagogik bilim va tajribalarning bugungi namunalarining o`qitish usullaridan foydalanish, har
bir real vaziyatlarga ko`ra ularning eng keraklisini tanlab olish va ularning bir nechtasining
yig`indisini shakllantirish ustoz mahoratining birinchi belgilaridan hisoblanadi. O`qitish usullarining
sifatli tanlanishi yaxshi natijaga yetkazishga asos solib, dars samaradorligi va sifatini boricha
orttiradi.
Ta’limda yangi axborot - kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish hozirgi vaqtda eng
dolzarb hisoblanmoqda, sababi har bir sohani o`rganish, izlanish va tajriba orttirish uchun turli
usullardan foydalanish kerak bo`ladi. Shuning uchun bolalar bog`chadan tortib to yuqori saviyadagi
ishlarni o`rganishda hozirda yangi axborot - kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Ta’limning oddiy texnik vositalardan farqli ravishda, AKT o`quvchilarga ko`p sonli tayyor,
qat’iy tanlab olingan, tegishli ravishda tashkil etilgan bilimlarni taqdim etish bilan bir qatorda,
o`quvchilarning intellektual, ijodiy qobiliyatlarini, yangi bilimlarni mustaqil egallash, turli axborot
manbalari bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga imkon beradi.
Elektron darsliklardan foydalanish quyidagi didaktik masalalarni hal etishga yordam beradi:
fan bo`yicha tayanch bilimlarni o`zlashtirish; o`zlashtirilgan bilimlarni tizimlashtirish; nazorat
muhitiga psixologik tayyorlash; juda chalkash savollarga javob berishga o`rgatish; AKT dan
foydalanib, o`quv materiali bilan mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish; o`zini nazorat qilish
199
ko`nikmalarini shakllantirish; umuman o`qishga va fanni o`zlashtirishga motivatsiyani shakllantirish;
o`quvchilarga o`quv materiallari ustida mustaqil ishlashlarida o`quv-metodik yordam ko`rsatish;
qulay ta’lim muhitini va axborot manbalarini mustaqil tanlash va izlash imkoniyatlarini ta’minlash,
ya’ni o`quvchini nazoratlarga qisqa vaqtlarda tayyorlash, shu jarayon davomida unda ko`plab foydali
umumta’lim ko`nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimi bo`g`inidagi ta’lim muassasalari, jumladan kasb-hunar
kollejlari o`qituvchilari oldidagi muammolardan asosiysi: ham chuqur bilim berish, ham hunar
o`rgatish.
Kasb-hunar kollejlarida “Avtomobillarning tuzilishi va texnik xizmat ko`rsatish” fanidan
“Avtomobilning moylash tizimi” mavzusiga 2 soat vaqt ajratilgan.
Bugungi kunda Konimex agroservis kasb-hunar kollejida “Avtomobilning moylash tizimi”
mavzusini amalda qanday o`qitilayotganligi haqida so`z yuritmoqchimiz. Konimex agroservis kasb-
hunar kolleji “Osiyo taraqqiyot banki” krediti bilan jihozlangan bo`lib, kollejda Italiyadan keltirilgan
maket yordamida bu mavzuni demonstration holatda o`qitish mumkin.
Toshkent avtomobil va yo`llar kolleji bilan “Avtomsan” ilmiy ishlab chiqarish va nashriyot-
dizayn markazi tomonidan muallifflar dotsent Jasur Qulmuxamedov, professorlar: Davron Xoshimov
va G`olib Maxmudov, katta ilmiy xodim Aziz Xoshimov, magistrlar: Hasan Dadamuxammedov va
Xurshid Maxmudovlar tomonidan tayyorlangan “Avtomobillarning tuzilishi” elektron o`quv
qo`llanmasida “Avtomobilning moylash tizimi” mavzusi to`liq yoritilgan. Bu elektron o`quv
qo`llanmada mavzu yuzasidan quyidagi fikrlar keltirilgan: “... Dvigatel detallarining ishqalanib
ishlashi ularning yeyilishiga va qizishiga olib keladi. Shuning uchun dvigatelning ishqalanuvchi detal
yuzalariga uzliksiz ravishda moy yuborib turish zarur. Bu vazifani dvigatellarda moylash tizimi
bajaradi. Moylash tizimi dvigatel ishlayotganda uning ishqalanuvchi yuzalariga kerakli miqdorda
moy yetkazib beradi, natijada ishqalanuvchi yuzalar qisman soviydi, yeyilishi ko`payadi va
detallarning yeyilishiga sababchi moyga yopishgan zarrachalar moy bilan birga karterga, tubiga
tushadi va bu moy keyin filtrlanadi...”.
Bu mavzuni faqat darslikdan va unda tasvirlangan suratlar orqali o`qib tushunish juda qiyin.
Masalan, darslikda 1-rasmda moylash tizimining sxemasi keltirilgan deb quyidagi rasm tasvirlangan.
1-rasm
Tasavvur qiling, o`quvchi bu rasmni ekranda bosqichma-bosqich tushuntiradigan tovushli
videolavha yordamidagi taqdimotda ko`rganda qanday vaziyat paydo bo`ladi.
200
Bunday taqdimotni o`quvchi hech qachon esdan chiqara olmaydi va chuqur o`zlashtira oladi.
Bu ma’lumotlarni o`qituvchi o`quvchiga oddiy tarzda yetkazishi ham mumkin, ammo Uilyam
Uord aytganidek, oddiy o`qituvchi - yetkazadi, yaxshi o`qituvchi – tushuntiradi, buyuk o`qituvchi –
ko`rsatadi, ulug` o`qituvchi – ilhomlantiradi deganidek, o`quv materialini demonstratsion va
multimediyali taqdimot ko`rinishida o`qitilishi o`quvchining eshitish, ko`rish, ko`rganlari asosida
mustaqil fikrlash qobilyatini orttiradi, vaqtni to`g`ri taqsimlaydi, o`quv-tarbiyaviy jarayonda
o`quvchining diqqat, xotira, fikrlash faoliyatini faollashtirib, psixologik aniq rejimlar, ta’lim va
pedagogik o`zaro munosabatlarni insonparvarlashtirish, yaxlitlik nuqtai nazaridan ta’lim jarayonini
shakllantirish asosida qurishga imkon beradi.
Bundan tashqari, axborotni chop etish qurilmasidan dars materialini chiqarish orqali qog`oz
nusxasiga aylantirish mumkin.
Bu tovushli videolavhaning boshlanishida avtomobillarning tashqi ko`rinishi va vazifasi har xil
bo`lganligi bilan tuzilishi deyarli bir xilligi haqida so`z yuritiladi va ekranda quyidagi lavgalar
gavdalanadi.
Dvigatelning moylash tizimini o`quvchilarga maket va videolavha yordamida tushuntirib
bo`lgach, o`qituvchi moy nasoslari moyni nasos bilan dvigatel mexanizmlarining ishqalanuvchi
yuzalariga, shuningdek, moyni tozalash va sovutish tizimlariga yuborish uchun xizmat qilishini
ta’kidlab, ularning ishlash prinsipini to`liq tushuntirib, ishlatib, ko`rsatilgan videolavhani namoyish
etishi mumkin.
201
Moy filtrlari moyni dvigatel yeyilishi natijasida hosil bo`lgan metall zarrachalaridan va boshqa
ifloslantiruvchi elementlardan tozalashini, tuzilishini, ishlashini og`zaki bayon etgach, o`qituvchi
yana tovushli videolavhani davomini namoyish etadi.
Mavzu maket, didaktik vositalar va axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida
tushuntirilib bo`lingach, mavzuni mustahkamlash uchun taqdimotda keltirilgan testlar yordamida
mustahkamlanadi.
Yuqoridagi o`qitish asosida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida qaralayotgan
usullarning hammasidan kompleks holda foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Darsni shu holatda o`qitish orqali o`quvchilar konsepsiyani (g`oyani) a’lo darajada
o`zlashtirishlari mumkin. Ushbu vositalar nafaqat o`qitish jarayonini qiziqarli qiladi, balki
o`quvchilarga davomli ta’sir ko`rsatadi, o`quv mashg`ulotini samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |