Sayohatlar (turizm). Sog’lom turmush tarzi yo’lida insonlar soyasalqin, tabiatning go’zal manzarali, ayniqsa tog’li joylarda hordiq chiqarishga otlanadilar. O’zbekistonning Farg’ona vodiysi, Toshkent viloyatining tog’li xududlari, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining o’rmon xo’jaliklari, qo’riqxonalarida xushmanzarali joylar juda ko’p. Ularda o’quvchiyoshlarning yozgi dam olish oromgohlari, talabalarning sog’lomlashtirishsport maskanlari va mehnatkashlarining dam olish uylari joylashib, har yili yozda ularda o’n minglab kishilar hordiq chiqarishadi. Bunda tog’, daryo, ko’l, o’rmonlarga sayrsayohatlar qilish dam olish va sog’lomlashtirishning asosiy mazmunini tashkil etmoqda. Maxsus ishlab chiqilgan yo’l yurishlar (marshrutlar) bo’yicha piyoda yurish sharoitlarida balandliklarga chiqish, undan tushish, adir va soylarda yugurish, zilol suvlarda cho’milish, ba’zi to’siqlardan (ariq, jar, qiyalik, qoyalar va h.k.) o’tishda turli xil amaliy faoliyatlar, harakatlarni bajarishga to’g’ri keladi. Sof havoda yurish, yotib dam olish, uxlash va quyosh issiqligida toblanish, cho’milish va toza buloq suvlaridan ichish jismonan chiniqishni ta’minlash bilan birgalikda, sayohatchilarni tabiatga bo’lgan qiziqishi, uni o’rganishi, ekologik muvozanatlarni saqlashni taqazo etadi. Xulosa, sayohatlar madaniy dam olishning sevimli tadbirlaridan biridir. Bu jarayonlar tarixiymadaniy obidalar, muhitlarga sayr qilishda ham o’ziga xos mazmun mohiyatga egadir.
Xalq milliy o’yinlari. Aholining turmush farovonligi faqat istiqomat qilish bilangina chegaralanmagan. Har bir millatning o’ziga xos madaniy urfodatlari, an’anaviy bayramlari bo’ladi. Bunda xalq sevgan o’yinlardan keng foydalanadilar.
O’zbekistonda to’ylar, an’anaviy bayramlar va turli madaniy marosimlar juda ko’p. Ularda kurash, ko’pkari (uloq), poyga va boshqa turli xil harakatli o’yinlar tashkil etilmoqda. qishloqlardagi katta to’ylar kurashsiz va ko’pkaripoygasiz o’tkazilmaydi. Bu qishloq aholisining madaniy turmush farovonligi va sog’lom turmush tarzining mazmunidir.
Navro’z, Mustaqillik kuni, Hosil bayrami va boshqa turli xil ommaviy bayramlar va musobaqalarda kurash, poyga, qo’l kuchini sinash, arqon tortishish tosh (gir) ko’tarish, yelka urishtirish va juda ko’p milliy harakatli o’yinlar namoyish etilmoqda, bahslar, musobaqalar o’tkazilmoqda. Bular ham aholining sog’lom turmush tarzining yuqori pog’onalarga ko’tarilayotganligidan belgi hisoblanadi.
Umuman olganda, xalq milliy o’yinlari tobora ommalashish yo’li bilan kishilarning sog’lom turmush tarziga tobora kirib bormoqda.
Xulosa shundaki, jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o’yinlari sog’lom turmush tarzining muhim omillari sifatida xizmat qilib, ular aholining salomatligini yaxshilash, o’quvchiyoshlar va talabalarning jismoniy barkamolligini ta’minlash vositalariga aylanmoqda. Demak, sog’lom turmush tarziga yetish uchun jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |