Samarali mehnat, oila tinchligi va mahalla ahilligi turmush tarzining muhim omilidir.
Mehnatkeltirar rohat, degan xalq maqoli bejiz to’qilmagan. Ma’lumki mehnatning turlari cheksiz, xilmaxildir. Ularda ba’zi bir namunalar keltirishning o’zi kifoyadir, ya’ni:
1. Iqtidorli o’quvchi, yaxshi o’qib, o’ziga yaxshi kasb-hunar yo’lini tanlaydi, oliy o’quv yurtiga kiradi, uni muvafaqqiyatli tamomlab magistratura, doktaranturada o’qishni yana davom ettiradi, nihoyat olim darajasiga erishadi. Yoki oliy o’quv yurtidan keyin o’zi tanlagan soha bo’yicha unumli mehnat qiladi. 2. Qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi mutaxassis paxta, g’alla, mevasabzavot, chorva boshqa sohalarda ijodkorlik qilib hosilni ko’paytirish va yig’ib olishda, tinmay mehnat qiladi. Uning rohatini faqat o’zigina emas, balki mehnat jamoalari ham baham ko’radi.
3. Ijodkor muhbir, jurnalist, yozuvchi, shoir, rassom, teatr xodimi va h.k. xalq orasida tinimsiz yangiliklarni izlaydi va ularni yaratadi. Natijada maqolalar, kitoblar, sahna asarlari, manzaralar tasviri va boshqa maxsulotlari bilan rohatlanadi, yangi ijodlarga sakraydi.
4. Issiqsovuqlarga bardosh berib baland binolarni qurish, avtomashinalarni haydash va zavodfabrikalarda xalq istemoli mollarini ishlab chiqarish bilan ishchilar o’zlarini baxtli hisoblashadi.
5. Uzoq safarlarga (AQSh, Yaponiya, Yevropa, Arab mamlakatlari va h.k) chiqib, noyob texnik vositalar, turli iste’mol mollarini olib kelib, xalqqa yetkazish, savdotijorat qilishdan ham mehnat samaralarini orttirayotganlar elimiz ichida oz emas. 6. Oilada yosh go’daklarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan onalar, buvilarning mehnatlari ham qadrlidir. Umuman olganda hayotning, ijtimoiyturmush madaniyatimizning mazmuni beqiyos katta, keng ko’lamdan iborat. Tabiiyki har bir sohada mehnat qilish, ayniqsa o’z mehnatlaridan yuqori samaralarga ega bo’lishlik, ruhiy, ma’naviy fazilatlar qatorida salomatlik muhim o’rin egallaydi. Salomatligi yaxshi va jismonan baquvvat, chaqqon kishilargina samarali mehnat qila oladi. Buni barcha kishilar tushunsa, ba’zi bir kishilar o’z sog’lig’ini saqlash, uni yanada yaxshilashga to’la e’tibor berishmaydi. Hatto biron kasallikka (oshqozonichak, jigar, o’pka, asab va h.k.) yo’liqqan bo’lsa ham uni davolashga qunt qilmaydi. Oqibatda ular surunkali (xronik) kasaliga duchor bo’ladi. Ularni davolash esa oson kechmaydi yoki davolab bo’lmaydi. Shu sababdan ham salomatlikni yoshlikdan boshlab mustahkamlash, jismonan chiniqishni doimiy ravishda davom ettirish mehnat samaralaridan bahramand bo’lish, baxt, osoyishta yashashga sabab bo’ladi. Bu esa sog’lom turmush tarzining eng yuqori cho’qqisidir, deyish mumkin bo’ladi.
Xulosa shundaki, o’quvchi yoshlar va talabalar mehnat, kasb-hunarni to’g’ri tanlashda, uning yo’lidagi pastbaland, issiqsovuqlarga chidash yo’llarini tushunishlari lozimdir.
Mehnatsiz rohat bo’lmaydi, tekinga kelgan yoki keladigan «rohatning» umri juda qisqa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |