Ўзбекистон республикаси фанлар академияси


XX ASR OXIRI XXIASR BOSHLARIDA XORAZMDA



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/141
Sana24.02.2022
Hajmi2,9 Mb.
#240033
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   141
Bog'liq
ortiqov-4118---9225-1-2-20200929

XX ASR OXIRI XXIASR BOSHLARIDA XORAZMDA
HUNARMANDCHILIK RIVOJI 
 
Matvapayeva N.G‟., UrDU magistranti 
 
Hunarmandchilik – milliy an`anaviy mayda tovar ishlab chiqarish bo‘lib, oddiy mehnat 
qurollari yordamida, yakka tartibda va qo`l mehnatiga asoslangan sanoat turi, shunday 
mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomidir. Yirik sanoat ishlab chiqarishning 
vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan hisoblanadi. Kam 
rivojlangan mamlakatlarning xalq xo`jaligida hozir ham muhim o`rin egallaydi [1]. 
Xorazm vohasi azaldan hunarmandchilikning markazlaridan biri sanaladi. O‘lkamiz 
hududida neolit davridayoq hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmog`i hisoblangan sopol 
buyumlar ishlab chiqarish, to`qimachilik soxalari vujudga kelgan. Bunga Kaltaminor madaniyati 
misol bo‘la oladi. 
XIX asrning 60 – yillarida Xivada hunarmandchilikning 27 turi rivoj topgan, 
shaharlardagi bozorlarda hunarmandlarning 556 ta do`koni bo`lgan, 80 – yillarda shaharda 
2528 ta xo`jalik hunarmandchilik bilan shug`ullangan.
Xiva xonligi Chor Rossiyasi mustamlakasiga aylangach, hunarmandchilik metropoliya 
sanoatining raqobatiga duch kelib, o`zining ilgarigi mavqeyini yo`qotgan bo`lishiga qaramay, 
uning ko`p tarmoqlari saqlanib qoldi, chunki u milliy ehtiyojlarni qondiradigan tovarlarni, 
chunonchi, kiyim – kechak, idish – tovoq, turli uy – ro`zg`or buyumlari, mayda mehnat 
qurollarini yaratib, ularni mahalliy bozorga yetkazib berdi.
XIX asr o`rtalariga xos xususiyat shundan iboratki, XIX asr o`rtalaridan boshlab 
vopurushlar hunarmandlardan buyumlarni arzon bahoga sotib olar edilar. Ularni savdogarlarga 
oshirilgan narxlarda sotganlar yoki bozorlarga olib borib sotganlar. Ular hunarmandlar 
tayyorlagan oftoba, gilam, qilich va boshqa har xil mahsulotlarni xalqqa yetkazib berishda 
―savdo vositachilari― rolini o`ynaganlar. O`rta Osiyoning Chor Rossiyasi tomonidan bosib 
olinishi fabrika mollarining kirib kelishiga va ularning shu yerda ishlab chiqarilishiga sabab 
bo‘ldi, bu esa mahalliy hunarmandlar ishiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatdi. Shuning uchun ham 
hunarmandlar mahsulotiga bo`lgan talab pasayib ketdi[2]. Umuman, O`rta Osiyoda 
hunarmandchilikning barcha turlari XX asrning 20 – yillarigacha saqlanib qolgan.
XIX asr oxirlarida o`lkada sanoat ishlab chiqarishi asosan aholining maishiy 
ehtiyojlariga xizmat ko`rsatuvchi mayda hunarmandchilikdan iborat edi. Sanoat ibtidoiy 
bosqichda bo`lib, ko`chmanchi aholi orasida hunarmandchilik: kigiz tayyorlash, uy jihozlari 
ishlab chiqarish, oila ehtiyoji uchun teri va mo`yna ishlab chiqarish keng yo`lga qo`yilgan 
edi[3]. Hunarmandchilikning yashovchanligini ta`minlashda chet eldan keltirilgan xom – 
ashyo, materiallar, kichik uskunalar muhim rol o`ynaydi. Masalan, Germaniyadan ―Zinger― 
firmasining tikuv mashinalari keltirilishi bilan tikuvchilik keng yoyildi.
XIX asrning 2-yarmidan Rossiyadan sanoat mahsulotlarining keltirilishi oshib borgan 
sari mahalliy hunarmandchilik ishlab chiqarishi inqirozga uchray boshladi. 
Xorazm Respublikasida 1920 yillarda mahalliy sanoat korxonalarini asosan 
hunarmandchilik ustaxonalari tashkil etardi. Xiva shahrida 1923 yilda 120 ga yaqin temirchilik 
ustaxonasi, 131 duradgorlik ustaxonasi, 50 bo`yoqchilik hamda 136 terini qayta ishlash kichik 
korxonlari faoliyat ko`rsatib, ularda 2058 hunarmand ish bilan ta`minlangan edi[4]. Bu 


165 
korxonalar Rossiya uchun xom-ashyo tayyorlab berishga ixtisoslashtirilgan bo`lib, Xorazm 
Respublikasi ehtiyojlarini qondira olmasdi. Umuman olganda, XIX asr oxiri va XX asr 
boshlarida Xorazmda hunarmandchilik asosan Chor Rossiyasi bozorlarini ta‘minlashga 
yo‘naltirilgan. Shu bilan bir qatorda yurtimizga hunarmandchilikning yangi tarmoqlari ham 
kirib keldi.
Adabiyotlar: 
1. 
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. – Тошкент: Давлат миллий нашриѐти. 2002.- Б.-
392. 
2. 
Булатoв С. Ўзбек xалқ амалий безак санъати. — Т., ―Меҳнат‖ 1991. Б.-274. 
3. 
Ўзбекистоннинг янги тарихи. Биринчи китоб. Туркистон Чор Россияси
мустамлакачилиги даврида. Т., ―Шарқ‖. 2000. Б.- 235-236. 
4. 
Экономическая история советского Узбекистана (1917 – 1965 гг.) – Т., 1966. -С.- 72. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish