2.2. Amaliyot davomida bajarilgan ishlar
Men G’ofurov Shoxjaxon Abduraxmon o’g’li ishlab chiqarish amaliyotini bajarish maqsadida Muhammad al-Xoramiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti tomonidan Mudofaa vazirligiga qarashli Jizzax viloyati Paxtakor tumani G’alaba MFY Beruniy ko’chasi 7 uyda joylashgan Mudofaa ishlari bo’limiga 5-iyul sanasida yuborildim.
Men ushbu amaliyotning dastlabki ikki kunida Paxtakor tumani Mudofaa ishlari bo’limi bilan yaqindan tanishib chiqdim. Keying kunlarda esa Mudofaa ishlari bo’limi xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqdim, talab va majburiyatlarini o’rgandim. Xavfsizlik qoidalarida men ushbu tashkilot hududining xaritasini yodda saqlab qolishga harakat qildim va quyidagilarni o’rganib oldim: favqulodda holat ro’y berganda qanday ishlarni qilish kerakligi, xavfni qanday bartaraf etish zarurligini.
Keying hafta davomida Mudofaa ishlari bo’limida ish o’rganish boshladim, u yerda qilinayotgan ishlarni sinchiklab o’rgandim va bularning barchasini amaliyot kundaligiga qayd etib bordim. Ushbu hafta oxirida ish o’rganganligim darajasini bilish uchun suhbat qilindi, va ushbu suhbatdan muvaffaqqiyatli o’tdim.
Men amaliyot davrining keying haftasida Mudofaa ishlar bo’limida bir qator bo’limmalarda ish o’rgandim. U bo’limmalarda quyidagi ishlarni bajardim:
Yoshi chegarasiga yetgan harbiy xizmatga majburlarni kartatekadan saralash va ularni hisobdan chiqarish ishlarini bajardim;
Ushbu hududda yashovchi, ro’yhatga kiruvchi vafot etgan, sudlanganlar va boshqa hududdagi Mudofaa ishlar bo’limiga harbiy hisobdan chiqqan harbiy xizmatga majburlarni saralash va ularni o’z vaqtida hisobdan chiqarish bilan shug’ullandim;
Safarbarlikka chaqiruv rezervi xizmatchilarining pul badalini to’laganlar ro’yhatini kompyuterga kiritib chiqdim;
Oylik ish rejalarini kompyuterga kiritish va bajarilganligi to’g’risida ma’lumot berdim;
Mudofaa ishlari bo’limidagi kompyuterlar xavfsizligini ta’minlash uchun kompyuterlarga antivirus o’rnatishga yordam berdim va mavjud antiviruslarni yangiladim;
Bo’limmalardagi xatlar, dalolatnomalar va ish rejalarini lotin alfavitiga o’girdim;
Harbiy xizmatga majburlarga lotin alfavitida hisob karta ochishga yordam berdim.
Keyingi amaliyot kunlari mobaynida xizmatga chaqiriluvchilar shaxsiy yig’ma jildlarini tayyorlash va ularni saralab chiqish bilan shug’ullandim.
Keying kunlarda, asosan, harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatchilari hujjatlari bilan ishlashni o’rgandim.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida joylashgan Mudofaa bo’limmalari hududiga kiruvchi joylarda istiqomat qiluvchi mudofaa faxriylari ro’yhatini shakllantirdik va vatanimiz O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o’tkaziladigan bayram dasturiga tashrifini taminlab berish uchun faxriylarga taklifnomalar jo’natish bilan shug’ullandik.
Amaliyot davrining so’nggi haftasida ishlab chiqarish amaliyoti bo’yicha hisobot tayyorlandim va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlandi. Amaliyotning so’ngi kuni deb 2021-yil 14-avgust etib belgilandi.
Xulosa
Amaliyot davomida ya’ni 5.07.2021 – 14.08.2021 oralig’ida berilgan mavzular bo’yicha barcha ma’lumotlarni o’rganib chiqdim va amaliy jihatdan o’rgandim.
Men xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, ushbu amaliyot davrida universitetda o’rgangan bilimlarimni o’zimga berilgan tashkilotga borib amaliy jihatdan hayotga tadbiq etib ko’rdim.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda ushbu texnika vositalar va dasturlash tillarini o’rni, inson mehnatini osonlashtirish yo’lida jarayonlarni avtomatlashtirida ishlatilishi muhimdir. Ushbu amaliyotda yuqorida keltirilgan jarayonlar va texnika vositalarini o’rganish davomida katta amaliy jihatdan bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Ushbu amaliyot davrida yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan barcha ishlarni bajarib o’rgandim va hujjatlar bilan ishlash to’g’risida ko’nikmalarga ega bo’ldim.
Talaba: ______________ G’ofurov Shoxjaxon
Amaliyot rahbari: ______________ Mo`minova Sunbula
Do'stlaringiz bilan baham: |