Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/321
Sana10.07.2022
Hajmi7,61 Mb.
#768599
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   321
Bog'liq
591c3149ad5ef

 
 
 
 
 
INGLIZ TILINI О’RGANISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH 
N.A.Tashatova (Toshkent huquqshunoslik kasb hunar kolleji) 
O’rta asrlarda mamlakatimizda butun dunyoga taniqli olimlaru – fozillar yashab ijod 
etganlari barchaga ma’lum. Bugungi kunda ham ana shunday olimlar, mutaxassislar, umuman 
olganda barkamol rivojlangan shaxs, o’z ishining ustasi bo’lgan kasb – hunar egalari, yetuk kadrlar 
tayyorlash “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da belgilab 
berilgan. Shu sababli ham avvalo o’tmishda allomalar qoldirgan ijodiy meroslari, mamlakatimiz, 
shuningdek, jahon ilm – fanining zamonaviy yutuqlaridan bahramand bo’lish davr talabidir. Bunga 
esa fagatgina chet tillarini mukammal bilish, tilga oid barcha qonun qoidalari boyicha bilim 
egallash zarur bo’ladi. Shu maqsadda chet tillarini o’rganishning yanada samarali yo’llarini izlash, 
turli o’qitish uslublarini yaratish olimlarimiz, izlanuvchi o’qituvchilarimiz oldida turgan dolzarb 
vazifadir. 
Умумий 
огриксизлантириш.Наркоз 
махаллий 
ноингаляцион 
Газсимон 
воситалар 
Эфир, 
хлороформ, 
хлорэтил, 
фторотан, 
пентран, 
трихлорэтилен
Азот 1 оксид, 
циклопропан 
Томир оркали: гексенал, 
тиопентал-натрий, 
виадрил, пентотал 
Апликацион усул 
Вишневский усули 
Утказувчи анестезия 
Суяк ичи анестезияси 
Вена ва артерия ичи 
анестизияси 
Перидурал анестезияси 
Орка мия анестезияси 
Совутиб анестезия килиш 
Инфилтрацион усул
Оғриқсизлантириш
ингаляцион
Суюк 
воситалар


43 
Oliy o’quv yurtlari, akademik litsey hamda kasb – hunar kollejlari talabalariga ingliz tilini 
o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi qo’shimcha vosita va usullardan foydalanish, 
pedagogik texnologiyalarni qo’llash davr talabidir. 
Ingliz tili о’qituvchisi didaktik materiallarni yaratish va yaxlit о’quv jarayonini 
optimallashtirishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. O’qituvchi uchun 
axborot muhiti – Internet: qo’shimcha (tematik, mavzuli, metodik, didaktik) axborotlar olish; til 
о’rganish bо’yicha hamkasblar o’rtasida (ingliz, Leacher.som) axborot almashish; turli masofaviy 
loyihalar, konferensiya, tanlovlarda ishtiroklari; Internet texnologiyalaridan foydalanib, xususiy 
metodik ishlanmalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini beradi. O’qituvchilar ko’р qirrali zamonaviy 
darslik, о’quv qo’llanmalaridan foydalanib, dars jarayoniga tayyorgarlik ko’rsalar ham bu ishlarga 
zarur materiallarni tanlashda ayrim qiyinchiliklarga duch keladilar. Internet esa о’qituvchiga 
mavjud bozordan zarur bо’lganlarni tezkorlik bilan topish, ularni tahlil qilish, o’z shaxsiy nuqtai 
nazaridan kelib chiqishi va muhim xulosalar chiqarishga imkon beradi. 
Zamonaviy о’qitish tizimi hamkorlikda о’qitish va axborot texnologiyalari, internet 
tizimidan foydalanib, loyiha metodikasini qo’llashni talab etadi. Bu metodika о’quvchilarda 
shaxsning о’zligini namoyon etish, о’qitishga yo’nalganlik bilan yondashish, har bir shaxs 
xususiyatlarini, о’qishda egallaydigan о’zlashtirish darajalarini, iqtidorlarini va hokazolarni 
hisobga olgan holda ta’limni induviduallashtirish va samaraliligini oshirishga yordam beradi. 
Kompyuterdan foydalanishda ta’limiy dasturlardan keng foydalaniladi. Ingliz tili о’qitishda 
foydalaniladigan ta’limiy dasturlar talabalarning so’z boyligini kengaytirish, yangi so’zlarni 
о’zlashtirish, talaffuzini rivojlantirish (ko’pgina ta’limiy dasturlarda ish rejimida mikrofondan 
foydalanish ko’zda tutilgan. Ekranda tasvir etilgan predmed va hodisalar nomi avval eshitilib, 
so’ng talaffuz qilinadi, ular taqqoslanib kаmchilik ko’rsatiladi), dialog nutqni о’rgatish, birinchi 
bosqichda dialog bilan tanishish, ikkinchi bosqichda uni takroriy о’rganish, dialogni amalga 
oshirish, yozuvni о’rgatish, ya’ni ingliz tilidagi so’zni to’g’ri yozishga о’rgatish vazifalarini 
amalga oshiradi. 
Ingliz tilini o’rganishda noan’anaviy usullardan keng foydalanilyapdi. Lekin noan’anaviy 
usullar ham oddiydan murakkabga asosida o’tkazilishi kerak. 
Noan’anaviy dars shakllariga ertak, sayohat darsi, Pres – konferense, tele – ko’prik, sud 
yarmarka, bozor kabi darslarni olishimiz mumkin. 
Мasalan, tili o’rganilayotgan mamlakat haqidagi olgan bilim va ko’nikmalarni 
mustahkamlash maqsadida Sayohat darsini tashkil etish mumkin. Bu darsimiz reja asosida 
tayyorgarlik bilan fantaziyamizga mos o’tkazilsa, o’quvchilar faol ishtirok etishsa, o’z samarasini 
beradi. Talabalar London, Amerika, Germaniya, Rim va Parij kabi mashhur mamlakatlarga fikran 
sayohat qilish uchun zarur bo’lgan xaritalar, shaharlarning rasmlari, mashhur kishilarining 
portretlari ramzlarini tayyorlashadi. Darsni jonli o’tkazish uchun qiziqarli odat va an’analarini 
dramalashtirish mumkin. 
Noan’anaviy darsning an’anaviy darsdan farqi, o’qituvchining ijodkorligiga, fantaziyasiga, 
pedagogik moharatiga bog’liq bo’lib, bunday dars tashkil etilishi talabani zeriktirmaydi, 
charchatmaydi. Talaba o’zini erkin his etadi, dars jarayonida o’ynaydi lekin bilim oladi. 
Aniq bir mavzu turlicha talqin etiladi, har xil usullar bilan talaba ongiga singdiriladi. 
Ma’lum metod yoki usulning shakllanishida predmet, ko’rgazmali qurollar, texnik 
vositalar va hissiyot ishtirok etadi. Мasalan, mevalar to’g’risida mavzular o’tilganda, uning rasmi 
yoki o’zini darsga olib kirib predmet usulidan foydalanamiz, ta’mini, rangini aytish orqali sezamiz. 
Bundan tashqari turli o’yin metodlari, harakatli o’yinlar, didaktik o’yinlar dars jarayoniga 
tadbiq etilsa yaxshi samara beradi, talabalarning ingliz tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishlari ortadi 
deb o’ylaymiz. 
Hozirgi vatqda nafaqat ingliz tiliga o’qitish bo’yicha balki barcha fanlarda o’qitishning, 
o’rgatishning yangi – yangi mеtodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko’rish to’g’risida ko’p 
ishlar qilinayapti. Bu hozirgi kundagi ta'lim tarbiya jarayonini yaxshilash uchun hal qilinishi kеrak 
bo’lgan eng muhim muammolardan biridir. 
Avval ingliz tilini o’qitish shu til sistеmasini o’rganish dеb qaralgan bo’lsa, keyingi yillarda 


44 
o’qitishdagi muhim ko’zlangan narsa bu talabalarni ingliz tili nutqini o’stirishdan iborat 
bo’lmoqda. 
Til o’rganish asosan ko’rib, tinglab, tushunishga asoslangan. 
Ingliz tilini o’qitish va o’rgatishni intеnsivlashtirish masalasi yuzasidan mamlakatimizda 
ancha ishlar qilinmoqda. 
Intеnsiv o’qitish so’zining ma'nosi bu – qisqa vaqt ichida talabalarni ingliz tilida nutq 
faoliyatini amalga oshirishga, ya'ni gapirishga o’rgatishdir. Bu asosan o’quvchilarning ichki 
psixologik imkoniyatlariga va xotira zahirasiga tayangan holda amalga oshiriladi. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish