183
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu farmonni to‘liq
ta’minlash va undagi barcha choralarni amalga oshirish uchun albatta birinchi
navbatda mamlakatimizning barcha hududlarida uzluksiz, sifatli va yuqori
tezlikdagi internetga chiqish xizmatini ta’minlash kerak. Bu haligacha to‘liq
amalga oshirilmadi. Bunga to‘sqinlik qilgan, rivojlanishida qiyinchiliklar tug‘dir-
gan xar hil qog‘ozbozlik va qo‘shtirnoq ichidagi “tekshir-tekshirlar” yuqoridagi
farmonda to‘laqonli yakun topmoqda. Chunki birgina kam quvvatli bazaviy
stansiyani o‘rnatish
kamida bir, bir yarim yil talab qilgan va bu ko‘pchilik ISP
(Internet service provider) lariga o‘z hizmatlarini simsiz texnologiyalar orqali
tezkor suratlar bilan rivojlantirishiga va simli internet bilan ta’minlash murakkab
yoki katta mablag‘ va vaqt talab qiladigan hududlarda internet tarmog‘i bilan
ta’minlashiga to‘sqinlik qilgan. “2020-yil 1-noyabrdan boshlab yopiq binolarda
aloqani tashkil etish maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radio-
chastota doirasida 500 mVt dan oshmaydigan quvvatda ishlaydigan baza stansiya-
laridan foydalanishga ruxsatnomani rasmiylashtirish bo‘yicha talablar (tasniflan-
gan ob’yektlar yaqinida o‘rnatiladigan mobil aloqa
baza stansiyalari bundan
mustasno) bekor qilinsin” - Farmonda bu kabi yangiliklarni ko‘plab uchratish
mumkin.
“Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasi “Raqamli Toshkent” kompleksi
dasturi asosida shaharda WISP (Wireless Internet Service Provider) tarmog‘ini
rivojlantirish yangi texnologiyalardan foydalangan holda zararsiz, kam quvvatli va
kam xarajat talab qiladigan internet xizmatlarini amalga oshirish kerak. Shaharda
bunday xizmatlar yo‘q emas, masalan, “Solo” yoki “Evo” kabi. Ammo raqobat
doimo xalq uchun, oddiy foydalanuvchilar uchun va
qolaversa tashkilot hamda
korxonalar uchun faqat yaxshi tomonga o‘zgarishiga xizmat qiladi. Ko‘rib
turganimizdek, talab taklifdan ancha ko‘p bu oddiy bozor qonuni. Natijada xizmat
haligacha sifatga javob bermayapti. Bu kompleks dastur esa yangi pog‘onaga
chiqish uchun o‘z eshiklarini ochmoqda.
Dunyo va rivojlangan davlatlar tajribasida ko‘rishimiz mumkinki bir qancha
texnologiyalar dunyo bozorida raqobatlashmoqda va yangidan-yangi standart va
qurilmalar simsiz internet provayderlari uchun ishlab chiqarilmoqda. Bulardan
mashhurlari Cambium, Ubiquiti, Mikrotik kabi yirik kompaniyalardir.
WISP texnologiyasi natijasida quyidagilarga erishish mumkin:
Bazaviy stansiyadan 50 kmgacha bo’lgan masofada tarmoq hosil qilish
imkoniyati.
Sodda va tez o'rnatish, qulay foydalanish.
Ma’lumot uzatishda yuqori tezlik.
Shovqinbardoshlik.
Birgina bazaviy stansiya orqali, ko’p foydalanuvchilarni qo’shish
imkoniyati.
Tarmoq ichida ma’lumotlarni davlat darajasida ishonchli himoya qilish.
184
1-rasm. WISP (Simsiz aloqa internet hizmati provayderi)
Simsiz internet xizmatlarini ko’rsatuvchi provayder WISP –
bu abonentlarni
internetga ulashga xizmat qiladigan integratsiyalangan shaharlararo hisoblash
MAN (Metropolitan Area Network) tarmog’idir. Yuqori tezlikdagi simsiz
ma’lumotlar uzatish liniyalari mahalliy LAN (Local Area Network) tarmog’iga ega
bo'lgan kompaniyalar, tashkilotlar, maktablar, universitet
shaharlari va boshqa
muassasalar uchun “nuqta-nuqta” va “nuqta – ko‘p nuqta” larga asoslangan
internetga kirishni ta'minlash uchun ishlatiladi.
2-rasm. CPE (Customer Premises Equipment) Klient qurilmasi ishlash sxemasi
Yuqoridagi ikki chizmadan anglash mumkinki sodda WISP texnologiyasi
asosan AP (Access Point) kirish nuqtasi va CPE klient qurilmasidan iborat.
Shuningdek bunda turli texnologiyalarni ishlatib “mixed” qilib ham ishlatish
mumkin. Ya’ni signalimiz bizga kerakli masofaga yetmasa “bridge” rejimida
retranslatsiya
qilib uzatish, AP qilib yana bir qancha foydalanuvchilar bilan
tarmoqni kengaytirish imkoniyatlari ham mavjud. Albatta texnologiyalardan o’rinli
va samarali foydalanish uchun qurilmalarni xarakteristikasini bilish kerak.
Interfeysi (o’tkazish qobiliyati) va qaysi standartlar bilan ishlay olishini bilish juda
muhimdir. Eng muhimi arxitektura anchagina sodda va optik tolali (wired)
texnologiyaga nisbatan arzon. Shu tomonlama WISP
arxitekturasi Wired ISP dan
ustunlik qiladi.
Hozirda mamlakatimizda WISP hizmatini ko‘rsatuvchi oz sonli, ya’ni Sola va
EVO kabi, provayderlar mavjud. Ular ham
Prezidentimizning 3.02.2018
yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay
sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi
farmoni asosida o‘z tarmoqlarini shaharlarda, aholi gavjum joylarda tashkil
qilishgan va buning natijasida farmonga ko‘ra bir qancha soliq imtiyozlarini qo‘lga
kiritishgan.
185
Hozirgi informatsiyalar davrida ko’rinib turibdiki biror hudud yoki qishloq
joyni rivojlantirmoqchi bo‘lsa, o‘sha hududda albatta yuqori tezlikda keng polosali
tarmoqqa chiqishni tashkil qilish kerak. Bu orqali
mahalliy aholini savodxonligi,
dunyo qarashi va yangi texnologiyalardan foydalanish bilim-ko‘nikmasi
rivojlanadi. Yuqoridagi kabi farmoyishlar ham aynan shu maqsadni, ya’ni
mamlakatimizni barcha hududlarini rivojlantirish, dunyoning rivojlangan
mamlakatlari qatoriga olib chiqish va eng muhimi xalqni hayotini, turmush
darajasini yengillashtirishni ko‘zlagan.
Foydalanilgan internet resurslari.
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son
“RAQAMLI O‘ZBEKISTON — 2030” STRATEGIYASINI
TASDIQLASH VA UNI
SAMARALI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA gi farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH UCHUN
QULAY SHAROITLAR YARATISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA TASHKILIY CHORA-
TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA gi
farmoni
.
3.
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/bepul_wi-fi_tarqatsangiz_-
_soliq_va_boshqa_imtiezlarga_ega_bulasiz
4.
https://lex.uz/acts/-3548467
5.
https://lex.uz/ru/docs/-5030957
Do'stlaringiz bilan baham: