112-19-guruh talabasi Murodov Bekzodning davlat tilida ish yuritish fanidan “Farmoyish hujjatlar va ularning turlari” mavzusida tayyorlagan taqdimoti.
Bu turdagi hujjatlar, asosan, tashkilot rahbari (direktor)ning buyruq, ko‘rsatma, farmoyishi hamda tashkilot (muassasa) qarorlari asosida yuzaga keladi.
FARMOYISH HUJJATLARI
BUYRUQ
KO‘RSATMA
FARMOYISH
BUYRUQ - Buyruq doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan tayyorlanadi, ko‘rsatma va farmoyishlar rahbar muovinlari tomonidan bеriladi. Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan
- asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llanadi.
- Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi:
- 1. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar.
- 2. Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar.
Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chikkan joyning nomi, sarlavxasi, buyruq matni, rahbar yoki o`rinbosar imzosi va hokazo. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kеlib chiqib umumiy tarzda yoki xar bir farmoyishda aniq ko‘rsatish mumkin.
BUYRUQNING ASOSIY ZARURIY QISMLARI: BUYRUQNING ASOSIY ZARURIY QISMLARI: - 1. Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari).
- 2. Vazirlik va boshqarma nomi.
- 3. Muassasa xos raqami.
- 4. Hujjat shaklining xos raqami.
- 5. Muassasa nomi.
- 6. Sarlavhasi (mazmundan kelib chiqiladi).
- 7. Sanasi, raqami, buyruq chiqqan joy nomi.
- 8. Hujjat nomi (BUYRUQ).
- 9. Buyruq matni (ilovalar bo‘lsa u ham qayd qilinadi).
- 10.Rahbar yoki o‘rinbosarning imzosi.
1. Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari).
2. Vazirlik va boshqarma nomi.
3. Muassasa xos raqami.
4. Hujjat shaklining xos raqami.
5. Muassasa nomi.
6. Sarlavhasi (mazmundan kelib chiqiladi).
7. Sanasi, raqami, buyruq chiqqan joy nomi.
8. Hujjat nomi (BUYRUQ).
9. Buyruq matni (ilovalar bo‘lsa u ham qayd qilinadi).
10.Rahbar yoki o‘rinbosarning imzosi.
BUYRUQDAN KO‘CHIRMA
Amaliyotda asosiy faoliyatga oid buyruqlardan ko‘chirma tayyorlashga ehtiyoj tug‘iladi. Hujjatdan ko‘chirma asl hujjatning muayyan bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirma
buyruqning farmoyish qismidan oldingi hamma qismlarini
qamrab oladi. Buyruqning farmoyish qismidan esa faqat aniq
holat uchun zarur bo'lgan ma’lumot olinadi.
TASHKILIY HUJJATLAR
FARMOYISH
Farmoyish korxona ma’muriyati hamda bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir.
Odatda farmoyishlarda harakat muddati chеklangan bo‘lib uning kuchi bo‘limlarning tor doirasiga ayrim 14 mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi.
Farmoyishning matni xuddi buyruqniki singari zaruriy qismlardan tashkil topadi.
Faqat uning kirish qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BЕRAMAN” kabi so‘zlar ishlatiladi.
Farmoyishning zaruriy qismlari: 2. Hujjat nomi 3. Farmoyishning sanasi 5. Tashkilot rahbarining imzosi, ism familiyasi Ko'rsatma - Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo‘lsa, bosh muhandis, ularning o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog'oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |