Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


YER RESURSLARIDAN FOYDALANISH BOSHQARUVIDA



Download 7,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/260
Sana25.02.2022
Hajmi7,67 Mb.
#291106
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   260
Bog'liq
2-qism-toplam-4-5-mart

YER RESURSLARIDAN FOYDALANISH BOSHQARUVIDA 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINI AHAMIYATI 
S.X. Ergashev (magistrant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
Bugungi kunda yer munosabatlari, qishloq va suv xo‘jaligi resurslarini bosh-
qarish samaradorligini oshirish maqsadida raqamli hamda geoaxborot texnolo-
giyalari tizimini joriy etish yuzasidan axborot texnologiyalari va kommunika-
tsiyalarini rivojlantirish vazifalari qo‘yilgan.
Respublikamizda geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida 
sohada yetuk tajribaga ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalarning tajribasi o‘rganildi. 
Hozirgi kunda xorijiy kompaniyalarning yerni masofadan zondlash yo‘ldosh-
lari olgan kosmik suratlarni respublikamiz hududida qabul qilish va ularga ishlov 
berish uchun “virtual” qabul qilish stansiyasi (geoaxborot markazini)ni tashkil 
etish loyihasi bo‘yicha takliflar o‘rganilmoqda. 
Mazkur loyiha - geoaxborot texnologiyalarini transfer qilish va mahalliy 
mutaxassislarni xalqaro darajada tayyorlashni ham o‘z ichiga qamrab oladi. 
Buning natijasida kosmik suratlarni qabul qilish hamda ularga ishlov berish 
orqali geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishlari, noqonuniy qurilishlarning 
oldini olish ishlari samaradorligi ta’minlanadi. 


565 
Shuningdek, qishloq hamda suv xo‘jaligi, tabiiy va texnogen favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish, ekologiya, arxeologiya, shaharsozlik hamda yo‘l 
qurilishi, chegara nazorati, xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi ayrim masalalarni 
hal etish tizimi ham yaratiladi. 
Mazkur yo‘nalishda aholiga qo‘shimcha qator qulayliklarni yaratish, eng 
asosiysi mazkur yo‘nalishda “inson omili”ni cheklash maqsadida davlat xizmatlari 
takomillashtirish muxim ahamiyat kasb etadi. 
Respublikamiz bir qator hududlarida
qishloq xo‘jaligi yerlarni sun’iy intellekt 
yordamida boshqarish bo‘yicha innovatsion loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu 
tajriba (pilot) loyiha qishloq xo‘jaligi yerlari va ularda yetishtiriladigan ekinlar 
xolatini sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish orqali tezkor va aniq 
baholash imkonini beradi. 
Ushbu loyihaning maqsadi “sun’iy intellekt” texnologiyalari yordamida 
Respublikamiz iqlim sharoiti uchun moslashtirish hamda qishloq xo‘jaligi ekin 
maydonlarining xolatini (sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili natijasida aniqlash 
orqali) ob’ektiv baholash hisoblanadi. 
Loyiha doirasida dastlabki bosqichda Respublikamizning bir qator hududlari
tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtirildi. 
Shuningdek, yer egalariga sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida ekinlar 
holatiga tegishli xulosalar beriladi. 
“Monterra” onlayn platformasi orqali qishloq xo‘jaligi yerlarini sun’iy 
yo‘ldoshlardan foydalangan holda, xaritalarning turli xil murakkabliklarini yaratish 
uchun yerning muayyan hududlarini tasvirdan o‘tkazadi va ular keyinchalik 
hosildorlikni tahlil qilish uchun tizimda saqlanadi. 
Bu loyihaning asosiy ustunlik jixatlari quydagilar: 
• qishloq xo‘jaligi sohasida tarixiy tasvirlarni yillar kesimida taxlil qilish; 
• qishloq xo‘jaligi sohasida olingan tasvirlarni ma’lumotlar solishtirish; 
• topografik va kadastr xaritalarini yaratish; 
• qishloq xo‘jaligi maydonlarini relefini tahlil qilish; 
• paxta va g‘alla o‘sish jarayonlarini (vegetatsiya) davrida onlayn kuzatish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi; 
• yer maydonlarida ekilgan ekinlarning turi va holati haqida ma’lumatlarni 
to‘playdi. 
Mazkur platforma hozirgi kunda Davergeodezkadastr qo‘mitasining “Yer 
axborot” tizimi bilan o‘zaro integratsiya qilindi. 
Prezidentimiz yer hisobi va davlat kadastrlarini to‘liq shakllantirish, sohaga 
raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu 
yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
oldiga ham bir qator vazifalar o‘yildi. 
Jumladan, yig‘ilishda, kadastr idoralari zimmasiga yerning hisobi va balansini 
yuritish, yil yakuniga qadar yer turi, konturi, chegarasi va foydalanuvchisi haqidagi 
ma’lumotlar jamlangan axborot tizimini ishga tushirish vazifasi yuklandi. 
Endi yer ajratish to‘g‘risidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy 
hisoblanadi. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh kanallarini ijaraga olish va signallarni 


566 
qayta ishlash tizimini tashkil etishga ko‘rsatma berildi. Bu esa kosmosuratlarni 
yillar bo‘yicha taqqoslash orqali hosildorlikni tahlil qilish, yerlarning meliorativ 
holatini muntazam o‘rganishda qo‘l keladi. 
Qishloq xo‘jaligi maydonlarini elektron tanlov va auksion asosida ajratish 
tartibini joriy qilish, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda yer toifalarini 
optimallashtirish borasidagi ishlar o‘z vaqtida bajarilishida vazirligimiz boshqa 
mutasaddi tashkilot va idoralar bilan yaqindan hamkorlikda ish olib boradi. 
Yerning o‘lchamidan tortib, tahliligacha bo‘lgan amaliy jarayonlarni sun’iy 
yo‘ldoshlar yoki dronlar orqali amalga oshirish mumkin. Shu bois, ushbu 
yo‘nalishda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, jumladan, qishloq xo‘jaligida kartogra-
fiya, yerlarning hisobi, tahlilini raqamlashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Zero, bugun qishloq xo‘jaligini raqamlashtirmasdan turib sohada 
raqobatbardoshlikni oshirish, bu boradagi siyosatni belgilash juda qiyin. 
Mazkur vazifalarning samarali amalga oshirilishi, shubhasiz, respublikaning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, zamonaviy taraqqiyot-
ning yangi qirralarini o‘zlashtirishga xizmat qiladi. 


567 

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish