Yer shari taraqqiyotining turli davrlarida hosil bo’lgan



Download 28,71 Kb.
Sana06.01.2022
Hajmi28,71 Kb.
#323558
Bog'liq
ko'mir va neft haqida


KO’MIR
Yer shari taraqqiyotining turli davrlarida hosil bo’lgan. Ko’mir paydo bo’lishining eng uzoq davom etgan bosqichi bundan 250 000 000 yil ilgari boshlangan va taxminan 35 000 000 yil davom etgan Pensilvan davriga to’g’ri keladi. Yer ostidagi ko’mirning qolgan qismi bir million yildan 100 million yilgacha mu-qaddam shakllangan.

U davrlar qanday voqea-hodisalar ro’y bergan va ko’mir qanday hosil bo’lgan? Ko’mir Yer qobig’ida tog’ jinslari orasida uzunligi bir necha kilometrgacha va qalinligi uch metrgacha bo’lgan qatlam holida joylashgan. Ko’mir changalzor bot-qoqlarda, issiq namxush iqlim sharoitida bundan yuzlab million yillar ilgari o’sgan qadimgi daraxtlar va o’simliklarning qoldiqlaridan vujudga kelgan.

Bunday botqoqlarda tez o’suvchan qamishlar va bahaybat qomatli paporotniklar govlab o’sgan. Bir zamonlarga kelib, ular halokatga yuz tutgan va botqoqlar qa'riga cho’kkan. Bu ularni chirib ketishdan saqlab qolgan. Bakteriyalar daraxtlarning ayrim qismlarini qayta ishlagan, ulardan paydo bo’lgan gaz havoga uchgan. Daraxtlarning asosan ugleroddan iborat qora kuyindi qismi ajralib qolgan. Keyinchalik xuddi shu qism ko’mir qatlamiga aylangan.

Daraxtlarning qora kuyindi qismi ustida g’ovlab-gurkirab o’sgan giyohlar dunyosi bu qatlamlarning qalinligini bir necha metrgacha ko’tarilishiga sabab bo’lgan. Oxir-oqibatda botqoq joylarni suv bosgach, bu jarayon to’xtaydi. Natijada ko’mir qatlamlarini suvosti cho’kmalari va qum qoplagan.

Payti kelib, yuqori qatlamlarning zilday bosimi ostida qatlamlar bag’ridagi suyuқlik siқib chiқarilib, қotishқoқ massaning o’zi qolgan va u asta-sekin sovub, ko’mirga aylangan. Ayrim o’rinlarda bu jarayon bir necha marta takrorlangan. Qoldiqlardan hosil bo’lgan qachlarni suv bosib, tag’in botqoqliklar tug’ilgan. Tag’in o’simlikar dunyosi paydo bo’lgan va yana suv ostida qolgan. Shu tariqa qattiq qotishma holidagi cho’kindi va qum bosqinlari bilan ajralgan ko’mir qatlamlari yaralavergan.

Daraxtning ko’mirga aylanishi uchun necha ming yillar talab qilinadi. Ko’mir daraxtdan paydo bo’lganligi oson tasdiqlanadi. Ko’mirning bag’rida paporotnik, daraxt qobiqlari, shuningdek toshga aylangan daraxt tanalari va to’nkalarining asorati saqlanib qolganini aniq-tiniq kuzatish mumkin.

 

NEFT

Neft insoniyatga katta foyda keltiradi. Uning yordamida biz yorug’lik va issiqlikka erishamiz, u avtomobillar, traktorlar, tayyoralar va kemalarni harakatga keltiradi. Neftsiz barcha dvigatellar ishqalanish sababli to’xtab qoladi.

Neftdan texnikaviy spirt, parafin, yonilg’i, moylash yog’i, smola, asfalt va boshqa mahsulotlar olinadi. Neft nima? Bu so’z lotin tilidan olingan bo’lib, «tosh yog’i» degan ma'noni anglatadi. U qanday hosil bo’lgan? Olimlar neftni olis o’tmishda okeanlarning iliq suvida o’sgan va Yer yuzini qoplagan o’simliklar chi rindisi hamda hayvonlar jasadidan paydo bo’lgan, deb hisoblashadi.

Hayvonlar va o’simliklar halokatga uchrab, okeanlar tubiga cho’kib, to’planib qolgan. Davrlar o’tib, ularning ustini million tonnalab qum va cho’kindilar yopgan hamda cho’kindi va qum bosimi ostida ular qattiq jinslar tusini olgan. O’simliklar va hayvonlarning qoldiqlari qoramtir suyuqlikka aylanib okean zaminidagi jinslarning kovaklariga to’plangan. Yer qobig’ining ko’chishi oqibatida dengiz tubining bir qismi quruqlikka aylangan. Bu suyuqlikning birmuncha miqdori ham yer sirtiga ko’tarilgan va insoniyat tomonidan topilgan.

Odamzot neftdan ko’p ming yillar davomida istifoda etib kelmoqda. Qadimda xitoyliklar va misrliklar uni dori-darmon sifatida ishlatishgan. Miloddan ancha oldin Qadimgi Hindistonda neftdan o’z kulbalarini yoritish va isitish maqsadlarida foydalanishgan.

Uzoq o’tmishda neftdan mash'alalar yondirishgan, uni g’isht tayyorlashda boshqa xomashyolarga aralashtirishgan, neft bilan suv o’tkazmasligi uchun savatlar va kemalar tagini moylashgan. Neft amerikalik ҳindularning ham xilma-xil ehtiyojlariga asqotgan. Amerikaga oq tanlilar ilk bor kelishganida ular hindulardan «tosh yog’i» vositasida ayrim xastaliklarni davolashni o’rgandilar.



Yer bag’ridan tortib olinadigan neftdan amalda hech joyda foydalanib bo’lmaydi. Uni albatta qayta ishlash kerak. Buning sababi shundaki, neft tarkibida qattiq, suyuq va gazsimon moddalar mavjuddir.

Agar neft qizitilsa, uning tabiat tomonidan yaratilgan tarkibidagi moddalarida o’zaro ajralishlar yuz beradi. Neft ichidagi moddalar qaynab, turli darajadagi haroratlarda bug’lanadi. Avvalo benzin, keyin parafin, undan so’ng gaz, moy va boshqa moylovchi xomashyolar ajralib chiqadi.
Download 28,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish