Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar, ularning protsessual huquqiy holati



Download 1,29 Mb.
bet28/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

3.2. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar, ularning protsessual huquqiy holati

Fuqarolik protsessual huquqiy munosabat subyektlarining keyingi guruhini odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar tashkil etadi. Guvohlar, ekspertlar, mutaxas-sislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslardir (FPKning 54-moddasi).


Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari haqida shuni aytish kerakki, ushbu shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan farqli ravishda FPKda ko‘rsatilgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlaridan foydalana olmaydilar. Aynan ular ishning hal etilishidan moddiy manfaatdor bo‘lmaganliklari tufayli ham, masalan, taraflarning protsessual huquqlaridan (da’vogarning o‘z arzida bayon qilingan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishi, da’vo talablarining miqdorini oshirishi yoki kamaytirishi, ulardan butunlay yoki qisman voz kechishi, javobgarning da’vogar talabini to‘liq yoki qisman tan olishi, har ikkala tarafning protsessning istalgan bosqichida kelishuv bitimi tuzish orqali ishni yakunlash huquqi shular jumlasidandir) foydalana olmaydilar. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar o‘z tushuntirishlarini og‘zaki yoki yozma ravishda bayon qilishga, yozuvlardan foydalanishga haqlidirlar.
Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar o‘z zimmalariga yuklatilgan protsessual majburiyatlarni bajarishlari lozim. Masalan, guvoh, ekspert yoki mutaxassisning sud majlisiga kelish majburiyati shular jumlasidandir. Agar ushbu shaxslar sud majlisiga sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra kelmasa, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni guvoh, ekspert yoki mutaxassis kelmasa ham ko‘rish mumkinligi haqidagi fikrini eshitib, ishni sudda ko‘rishni davom ettirish yoki ishni ko‘rishni keyinga qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa, u sudga hurmatsizlik qilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 180-moddasiga asosan javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv bo‘yicha ham sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin.
Ekspert yoki mutaxassisning sud majlisiga kelmaganligi FPKning 60 va 62-moddalarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab bo‘ladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish