Birga yashashning imkoniyati yo‘qligidan fuqaroni ko‘chirish to‘g‘risidagi da’volarni sudda ko‘rishga tayyorlashda sud javobgarga nisbatan turmush qoidalarini buzganligi uchun qanday harakatlar qilinganini aniqlashi lozim. Shuningdek sud birga yashash imkon bermayotgan faktni tasdiqlovchi hujjat. Masalan, kasallik yoki kasbiy faoliyat (musiqiy asboblar chalish ).
Turar-joyni bo‘lish to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishga tayyorlashda ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasi ham aniqlanadi, ya’ni mulk huquqiga ega bo‘lgan barcha shaxslar, shuningdek ishning natijasidan manfaatdor shaxslar ishga jalb qilinishi lozim. Uyni natura shaklida bo‘lish faqat (mulkdorlar) umumiy ulushli mulkdorlar o‘rtasida amalga oshiriladi, shuning uchun mulkdorlarni aniqlash lozim va ularni so‘roq qilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |