Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


 Uy-joy oid nizolarning taalluqliligi va sudlovliligi



Download 1,29 Mb.
bet162/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

15.2 Uy-joy oid nizolarning taalluqliligi va sudlovliligi


:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash, yordamchi xonalarni qayta qurish va o‘zgartirishga rozilik berish masalalarini hal qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari va ijaraga beruvchilarning vakolatiga tegishli ekanligidan kelib chiqib, bunday masalalar bo‘yicha da’volar sudga taalluqli emasligi ko‘rsatilgan.


Turar-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 104-113-mod­dalarida ko`rsatilgan, ya’ni turar joylar o‘zboshimchalik bilan egal­langan hollarda uyning yemirilish xavfi bo‘lgan hollar bunday uy­larda yashovchilarni xizmat bilan bog‘liq bo‘lgan turar joylardan, yotoqxonalardan va mehmonxonalardan ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlar sudlarga taalluqli bo‘lmasdan, ma’muriy organlarga, ya’ni proku­ratura organlariga taalluqli bo‘ladi. Turar joylarni o‘zboshim­chalik bilan egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslar prokuror sanksiyasi asosida ma’muriy tartibda ko‘chiriladilar (Uy-joy kodeksi 70-moddasi).
Uy-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni qaysilari sudga taalluqli ekanligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlarida tushuntirishlar berib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qaroriga ko‘ra, sudlar quyidagi nizolarni hal etishga vakolatli:
- xususiy va davlat uy-joy fondlariga qarashli turar-joylarni ijaraga beruvchi hamda ijaraga oluvchilar, ularning oila a’zolari o‘rtasidagi uy-joy munosabatlari bo‘yicha vujudga kelgan nizolar;
- uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi bilan fuqarolar o‘rtasidagi uy-joy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar;
- davlat uy-joy fondining turar-joyiga berilgan hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar;
- ijara shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish to‘g‘risidagi nizolar;
- Uy-joy kodeksining 71-74, 79, 85-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha turar-joydan ko‘chirish bilan bog‘liq nizolar;
- fuqarolik huquq majburiyatlari asosida vujudga keladigan uy-joy bilan bog‘liq nizolar;
- yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan vujudga keladigan nizolar.
Davlat uy-joy fondidagi turar-joyni xususiylashtirishni amalga oshirishda fuqaro va mulkdorlarning huquqini himoya qilish munosabati bilan vujudga keluvchi nizolarni sudga taalluqli bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 2-maydagi “Xususiylashtirilgan turar-joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va uni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” gi qarorida ko‘rsatilgan.
Turar joyni almashtirish to‘g‘risidagi nizolar ham sudga taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 107 -moddasiga ko‘ra, turar joyning mulkdori va uning voyaga yetgan oila a’zolari, hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, uy-joy qurilish kooperativi a’zosi va pay jamg‘armasining qismiga huquqi bo‘lgan uning oila a’zolari o‘rtasida turar joyni almashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan bo‘lsa, ulardan har biri egallab turgan joyini turli uylar, kvartiralardagi turar joylarga majburan almashtirishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Uy-joyga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarning sudlovliligi ham o‘ziga xos xususiyatga ega. Ushbu ishlarda xududiy sudlovlilikning mustasno sudlovlilik qoidalari qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 35-moddasiga ko‘ra, imoratga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi, mol-mulkni xatlashdan chiqarish haqidagi, yer maydonidan foydalanish tartibini belgilash to‘g‘risidagi da’volar imorat, mol-mulk yoki yer maydoni joylashgan hududdagi sudning sudloviga taalluqlidir.
Meros qoldiruvchining kreditorlari meros vorislar tomonidan qabul qilinguniga qadar qo‘zg‘atgan da’volar meros mol-mulk yoki uning asosiy qismi joylashgan hududdagi sudning sudloviga tegishlidir.
Demak, yuqoridagi qoidadan ko‘rinib turibdiki, mazkur turdagi ishlar uy-joy joylashgan joydagi sudning sudloviga tegishli bo‘ladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish