Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Hal qiluv qarorining xulosa qismida



Download 1,29 Mb.
bet134/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Hal qiluv qarorining xulosa qismida taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi to‘liq keltirilishi, da’vo talablarini qanoatlantirilganligi (to‘liq yoki qisman) haqidagi sudning qisqa va aniq xulosasi aks ettirilishi lozim. Shuningdek, sud xarajatlarining taqsimlanishi, sirtdan hal qiluv qarori ustidan shikoyat va protest keltirish muddati va tartibi aniq ko‘rsatilishi lozim.


4-§. Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan ariza va shikoyat berish (protest keltirish) uchun asoslar, uni qayta ko‘rish tartibi
Fuqarolik protsessual qonunchiligida sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bunda ham da’vogarning, ham javobgarning manfaatlari e’tiborga olinib, shikoyat berish (protest keltirish)ning turli usullaridan foydalanish huquqi kafolatlangan. Fuqarolik protsessual kodeksining 285-moddasiga asosan, javobgar hal qiluv qarorini sirtdan chiqargan sudga shu hal qiluv qarori chiqarilganidan keyin 15 kun ichida uni qayta ko‘rish haqida ariza berishga haqli.
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qiladi, ularga ushbu ariza va unga ilova qilingan materiallarning ko‘chirma nusxalarini yuboradi (FPKning 287-moddasi).
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi ariza u kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.Sud arizani ko‘rib chiqib, ajrim chiqaradi. Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi yoki sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi) (FPKning 288-moddasi).
Sud sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqib, o‘zining ajrimi bilan:
arizani qanoatlantirmay qoldirishga;
sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni ilgarigi tarkibdagi yoki boshqa tarkibdagi sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqishni tiklashga haqli (FPKning 289-moddasi).
Agar sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishda sud tarafning sud majlisiga kelmaganligiga uzrli sabablar borligini va bu haqda sudni o‘z vaqtida xabardor qilish imkoniyati bo‘lmaganligini hamda taraf sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarorining mazmuniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan dalillarni taqdim qilayotganligini aniqlasa, sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori bekor qilinib, ishni mazmunan ko‘rib chiqish tiklanishi lozim (FPKning 290-moddasi).
Sirtdan qabul qilingan hal qiluv qarori ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ishni mazmunan ko‘rib chiqish tiklanadi va FPKda nazarda tutilgan qoidalar asosida olib boriladi.Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sud majlisiga kelmagan taqdirda, ish yangidan ko‘rib chiqilganda qabul qilingan hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan deb tan olinmaydi. Javobgar bu hal qiluv qarori sirtdan qabul qilingan qaror sifatida qayta ko‘rib chiqilishini so‘rab, ariza berishga haqli emas (FPKning 291-moddasi).
Sirtdan hal qiluv qarori ham umumiy qoidaga ko‘ra, FPKning
43-bobida ko‘rsatilgan sud hujjatining qonuniy, asosli, va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv qo‘zg‘atish tartibida qayta ko‘riladi hamda sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori ham qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ijro etiladi. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga asosan, sudlar o‘zlari qabul qiladigan sud hujjatlari (hal qiluv qarori, ajrim, qaror) asosida ijro varaqalari beradi va bu bevosita ijro hujjati sanaladi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish