Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Fuqarolik protsessual huquqining predmetini



Download 1,29 Mb.
bet5/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

Fuqarolik protsessual huquqining predmetini fuqarolik sud ishlarini yuritish sohasida vujudga keladigan fuqarolik protsessual munosabatlar tashkil etib, ushbu munosabatlar fuqarolik ishlari tufayli vujudga keladigan sud va protsessning boshqa ishtirokchilari, sud qarorlarini ijro etuvchi idoralar o‘rtasida yuzaga keladi.



1.2. Fuqarolik protsessual huquqining tizimi

Fuqarolik protsessual huquqining barcha qoidalari bir biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning yaxlit tizimini tashkil qiladi. Ushbu tizimda umumiy va maxsus ahamiyat kasb etuvchi normalar majud bo‘lib, ular birgalikda fuqarolik protsessual huquqining tizimini hosil qiladi. Protsessual normalar sud ishlarini yuritish turlari hamda fuqarolik protsessining barcha bosqichlari uchun umumiy bo‘lgan normalarga ajratiladi. Ular fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalarini aniqlaydi, fuqarolik protsessi prinsiplarini mustahkamlaydi, fuqarolik ishlarida ishtirok etuvchi shaxslar doirasini, dalillar, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari, chaqiruvlari va hokazolarni belgilaydi.


Fuqarolik protsessual huquqining umumiy qismida Fuqarolik protsessual kodeksining “Umumiy qoidalar” deb nomlangan birinchi bo‘limida fuqarolik sud ishlarini yuritishning prinsiplari, sud tartibi, sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish, sudga taalluqlilik va sudga tegishlilik, fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, sudda vakillik, dalillar, da’voni ta’minlash, ish yuritishni to‘xtatib turish, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, sud xarajatlari, protsessual majburlov choralari, protsessual muddatlar, sud xabarnomalari va chaqiruvlari, kelishuv bitimini tuzish kabi institutlar nazarda tutilgan.
Fuqarolik protsessual huquqining maxsus qismi – protsessning turli bosqichlarini (birinchi instansiya sudida ish yuritish, sud qarorlari ustidan shikoyat berish va ularni qayta ko‘rish, sud hujjatlarini ijroga qaytarish) tartibga soluvchi, shuningdek fuqarolik protsessida chet el fuqarolari va tashkilotlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtiroki masalasini nazarda tutuvchi normalar yig‘indisidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, maxsus qismda fuqarolik ishlarining ayrim turkumlarini ko‘rish, hal qilish uchun va fuqarolik jarayonining ayrim bosqichlari uchun maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan huquqiy me’yorlar bayon etiladi.1
Fuqarolik protsessual huquqining yuqorida bayon etilgan tizimi o‘zida Fuqarolik protsessual kodeksining tuzilishini belgilab beradi.


1.3. Fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy, fuqarolik, oila, mehnat, ma’muriy sud ishlarini yuritish, iqtisodiy protsessual va jinoyat protsessual huquqi hamda boshqa huquq sohalari bilan aloqadorligi

Fuqarolik protsessual huquqi mamlakatimiz huquq tizimining tarkibiy qismi sifatida huquqning aksariyat tarmoqlari bilan o‘zaro aloqador hisoblanadi. Ayniqsa, fuqarolik protsessual huquqi moddiy huquq bilan uzviy aloqada bo‘lib, o‘z navbatida moddiy huquq normasida nazarda tutilgan majburiyatlar boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilmagan taqdirda huquqni sud orqali himoya qilishning, boshqacha qilib aytganda, fuqarolik, mehnat, oila, ma’muriy va boshqa majburiyatlarni majburiy ravishda amalga oshirishning muhim shakli sifatida e’tirof etiladi. Undan tashqari, sud yuzaga kelgan fuqarolik ishini moddiy huquq normasi asosida hal etadi. Biroq moddiy va protsessual huquq sohalari o‘zaro mustaqil va tartibga solish predmeti va uslubiga ko‘ra turlicha hisoblanadi. Masalan, muayyan munosabat, xususan mulkiy, shaxsiy nomulkiy, mehnat, oila va boshqa sohadagi ishtirokchilarning


xatti-harakatlari moddiy-huquqiy sohani tartibga solishning predmeti hisoblanadi.

Fuqarolik protsessual huquqini tartibga solish predmetini fuqarolik sud ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi.

Fuqarolik protsessual huquqining moddiy huquq tarmoqlari bilan aloqasi keng va ko‘ptomonlamadir. Moddiy huquqda fuqarolik protsessual tusdagi normalar, xususan isbotlash predmeti, ishning sudga taalluqliligi, sud xarajatlaridan ozod qilish va shunga o‘xshash normalar mavjud. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 268-moddasida mehnat nizosini ko‘rishni so‘rab sudga murojaat qilish huquqi, 269-moddasida bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolari, 277-moddasida xodimlarni sud xarajatlaridan ozod qilish masalalari bayon etilgan. Shuningdek, Oila kodeksining
40-moddasida nikohdan sud tartibida ajratish, 44-moddasida nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalar, 45-moddasida sudning nikohdan ajratish haqida hal qiluv qarorini chiqarishida davlat boji miqdorini belgilash, 62-moddasida otalikning sud tartibida belgilanishi masalalari bayon etilgan.
Sud muayyan fuqarolik ishi yuzasidan o‘z qarorini chiqarar ekan, albatta moddiy huquq normalarini qo‘llaydi. Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanishi sud hal qiluv qarorining bekor qilinishiga olib keladi. Undan tashqari, fuqarolik protsessining vujudga kelish shartlaridan biri – sudga taalluqli bo‘lgan moddiy-huquqiy nizoning (da’vo bo‘yicha ish ko‘rishda) mavjud bo‘lishidir. Boshqacha qilib aytganda, moddiy huquq normalarining buzilishi, basharti sudga himoya qilish to‘g‘risida murojaat qilinadigan bo‘lsa, fuqarolik protsessual huquqini harakatga keltiradi. Mamlakatimiz huquq tizimining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fuqarolik protsessual huquqi boshqa huquq sohalari, xususan konstitutsiyaviy, ma’muriy, jinoyat-huquqiy sohalari bilan ham aloqadordir.
Fuqarolik protsessual huquqining konstitutsiyaviy huquq bilan o‘zaro aloqadorligi quyidagi ikki jihatda ko‘proq namoyon bo‘ladi:

  • har ikki huquq manbalarining umumiyligi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbai hisoblanadi. Shu o‘rinda Konstitutsiyada odil sudlovning eng muhim prinsiplari ham o‘z ifodasini topgan;

  • konstitutsiyaviy huquqning ayrim kichik tarmoqlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Bu yerda gap sudlarning tuzilishi va prokuror nazorati haqida bormoqda. Sudlarning tuzilishi bilan fuqarolik protsessual huquqining ayrim prinsiplari o‘rtasida umumiylik mavjud (xususan, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi va hokazolar).

Sud tuzilishiga oid normalar sud tizimining va odil sudlov sohasidagi vakolatli organlarning tashkil etilishini tartibga soladi. Protsessual huquq normalari esa sud vakolatlarini amalga oshirish tartibi va shakllarini belgilaydi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat bojini to‘lash masalasini tartibga soluvchi normalarning mavjud bo‘lishi fuqarolik protsessual huquqining moliyaviy huquq bilan o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Fuqarolik protsessual huquqi jinoyat protsessual huquqi bilan ham yaqin aloqadadir. Zotan, har ikki tarmoq protsessual hisoblanadi va odil sudlovni amalga oshiruvchi ayni bir organning – sudning faoliyat tartibini belgilaydi. Har ikki tarmoq ko‘plab faoliyatning umumiy prinsiplariga ega (bevositalik, og‘zakilik va boshqalar). Ularning protsessual shakli, ko‘pgina huquqiy institutlari (isbotlash, ishlarni birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish, sud hujjatlarini appellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida qayta ko‘rish va hokazo) bir-biri bilan o‘xshash. Biroq fuqarolik protsessual huquqi va jinoyat protsessual huquqi tarmoq jihatidan ularning mustaqilligini belgilovchi bir qator tafovutlarga ega: fuqarolik sud ishlarini yuritishda ishni ko‘rib chiqishning predmeti fuqarolik ishi bo‘lsa, jinoyat protsessual huquqida esa bunday predmet jinoyat ishidan iborat. Jinoyat protsessual huquqi tizimi nafaqat sud faoliyatini, balki dastlabki tergov organlari faoliyatini ham o‘z ichiga oladi.
Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi o‘rtasida juda ko‘p o‘xshash jihatlar ko‘zga tashlanadi (masalan, prinsiplarning, protsessual shaklning umumiyligi). Jinoyat protsessual huquqi bilan qiyoslaganda ushbu huquq sohalarida ko‘riladigan nizoning xarakteri anchayin bir-biriga o‘xshash. Lekin fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi turli sudlarning faoliyatini tartibga soladi.
Fuqarolik protsessual huquqining boshqa huquq tarmoqlari bilan o‘zaro aloqadorligi huquq tizimining tarkibiy qismlari o‘zaro birgalikda ishlashini nazarda tutuvchi mamlakatimiz huquq tizimining tizimliligi bilan izohlanadi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish