1-BOB. FUQAROLIK PROTSESSUAL HUQUQI
TUSHUNCHASI, TIZIMI VA PRINSIPLARI
1.1. Fuqarolik protsessual huquqi tushunchasi va predmeti
Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mustahkamlangan fuqarolik protsessual qoidalarning majmui mustaqil huquq sohasi bo‘lmish fuqarolik protsessual huquqini hosil qiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, fuqarolik protsessual huquqi fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining sud orqali himoya qilinishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |