Ўзбекистон республикаси адлия вазирлиги


Fuqarolik ishlarining sudlovliligi tushunchasi



Download 1,29 Mb.
bet21/220
Sana08.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#438041
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   220
Bog'liq
Фуқаролик проц.ҳуқуқи

2.4. Fuqarolik ishlarining sudlovliligi tushunchasi

Fuqarolik ishlarining sudlovliligi deganda, sudlovga tegishli bo‘lgan ishlarning turlari hamda joylashgan hududiga qarab bir tizimdagi sud bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlanishini belgilab beruvchi fuqarolik protsessal huquqi normalari majmuiga aytiladi.



Fuqarolik protsessual qonunchilik sudlovga tegishliligining quyidagi ikki turini belgilaydi:




Turdosh sudlovlilik deganda, sudlovga tegishli bo‘lgan fuqarolik ishlarining ijtimoiy ahamiyati, murakkablik darajasi va subyektlar tarkibiga qarab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar o‘rtasida taqsimlanishini tushunish lozim.



Mamlakatimizdagi fuqarolik protsessual huquqiga oid darsliklarda ham turdosh sudlovlilik deganda ishning turiga, nizoning predmeti nimadan iborat bo‘lishi va taraflarning kimlar bo‘lishiga qarab chegaralanishi tushuniladi.5
Darhaqiqat, muayyan bir fuqarolik ishi uchun turdosh sudlovlilik qoidalarini belgilash jarayonida ushbu huquqiy munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq normasida belgilangan xususiyatlar muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyat kasb etishi, unda ishtirok etuvchi shaxslarning tarkibi e’tiborga olinishi talab etiladi.
Turdosh sudlovlilik ikki xil mezon bilan, ya’ni ishning turi va da’vo talabining miqdoriga qarab belgilanishi haqida fikrlar ham ilgari suriladi.6 Turdosh sudlovlilikning bu xildagi mezonlar bilan belgilanishi xorijiy davlatlarning fuqarolik protsessual qonunchiligida ko‘plab uchraydi.



Italiya GPKning 7-moddasiga ko‘ra, yarashtiruvchi sudlar 2 582,28 yevrodan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi nizolarni ko‘rishga haqli bo‘ladi, Germaniyada uchastka sudlari 5 000 yevrodan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi nizolarni, Avstriyada tuman sudlari 10 000 yevrodan ortiq bo‘lmagan mulkiy talablardan kelib chiqadigan nizoli ishlarni, Shveysariya Konfederatsiyasida yarashtiruvchi sudlar 500 Fr (frank)gacha bo‘lgan miqdordagi nizoli ishlarni ko‘rish vakolatiga ega. Da’vo undagi talablarning miqdoriga qarab turdosh sudlovga taalluqli bo‘lishi Yevropaning yana bir qator davlatlari fuqarolik protsessual qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan.

Mamlakatimiz fuqarolik protsessual qonunchiligini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, qonunchilikda fuqarolik ishlari uchun turdosh sudlovga taalluqlilik qoidalari bo‘yicha bitta holat nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi FPKning 298-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishni istovchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat yoki Toshkent shahar sudiga beradi.


Sudlovlilikning hududiy sudlovga tegishlilik turi fuqarolik ishlarining hudud bo‘yicha sudlovga tegishliligi haqidagi umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi. Xususan, arizalarning javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga berilishi, tashkilotlarga nisbatan arizalar esa ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga berilishi haqidagi qoidalar shundan dalolat beradi.
Hududiy sudlovlilik turlari:
da’vogarning tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik (FPKning
34-moddasi);
sudlovga tegishlilikning alohida hollari (FPKning 35-moddasi);
kelishilgan sudlovga tegishlilik (FPKning 36-moddasi);
bir-biri-bilan bog‘liq ishlarning sudlovliligi (FPKning 37-38-moddalari).



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish